Trubali o‘tkazgichlarning sinflanishi
10.1- jadval
Guruhi
|
Muxitning nomlanishi
|
Truba o‘tkazgichini to‘ldiruvchimuxit parametrini miqdori, turkumi
|
I
|
II
|
Ishchi bosim,
MPa
|
Xarorat,oC
|
Ishchi bosim,
MPa
|
Xarorat,oC
|
A
|
Zaharli hususiyatli mahsulotlar:
kuchliharakatlanuvchi zaharli modda va tutayotgan kislota
zaharli hususiyatli boshqa maxsulotlar
|
Istalgan
1,6 dan yuqori
|
-70dan ÷ +700gacha
-70dan ÷ +700gacha
|
-
1,6 gacha
|
-
-70dan ÷ +350gacha
|
B
|
Yoqilgi va aktiv gazlar, issiq va engilalangalanuvchi suyuq moddalar
|
Istalgan
|
350-700
|
2,5-6,4
|
250-350,
-70÷0
|
V
|
Qizitilgan(to‘yintirilgan) suv bug`i
|
Istalgan
|
450-660
|
3,9 gacha
|
350-450
|
G
|
Issiq suv va to‘yingan suv bug`i
|
18,4 yuqori
|
120 yuqori
|
8,0-16,4
|
120 yuqori
|
D
|
Yonmaydigan suyuqliklar va bug`lar, inert gazlar
|
Istalgan
|
450-700
|
6,4-10.0
|
350-450,-70÷0
|
Trubali o‘tkazgichlarga qo‘yiladigan asosiy talablar.
Avtomatlashtirish vositalari va asboblarni ishonchli ishlashi truboo‘tkazgichlarni holatiga bogliqdir. Ularni holati loyihalash jarayonida texnik topshiriq talablarini, atrof muhitni shartlari, muhit hususiyatlari va mexanik ta`sirlar mumkinligiga bog`liqdir.
Trubali o‘tkazgichlarni loyihalashda hisobga olish zarur bo‘lgan asosiy talablar quyidagicha shakillanadi:
1. Trubali o‘tkazgichlar quyidagi imkoniyatlarni ta`minlab berishi kerak:
texnologik qurilmani to‘xtatmasdan asboblarni, avtomatlashtirish vositalari va trubali o‘tkazgichni o‘zini o‘rnatish, zozlash va ishlatish vaqtida tekshirish va sinash;
asboblarni, avtomatlashtirish vositalari va trubali o‘tkazgichni o‘zini texnologik qurilmani to‘xtatmasdan havo bilan puflash va yuvish;
asboblarni, avtomatlashtirish vositalarini va impulsli trubali o‘tkazgichlarni suyuqliklar bilan to‘ldirish;
asboblardan, avtomatlashtirish vositalaridan va suyuqliklar bilan to‘ldirilgan trubali o‘tkazgichlardan har-hil gazlarni chiqarish;
asboblardan, avtomatlashtirish vositalaridan va gaz bilan to‘ldirilgan trubali o‘tkazgichlardan suyuqlik kondensatlaridan tozalsh.
2. Trubali o‘tkazgichlar to‘plangan gaz va kondensatlarni oqimini hosil qilish uchun talab qilingan og`ish bilan o‘rnatiladi, bu asbob va avtomatlashtirish vositalarini beto‘xtov ishlashini ta`minlaydi.Bunung uchun nam gazlar bilan to‘ldirilgan trubali o‘tkazgicharning eng pastki nuqtasida kondensatni va gaz bilan to‘ldirilgan truba o‘tkazgichlarni yuqori nuqtasida gazni chiqarib yuborish uchun tqurilma ko‘zda tutigan.
Manometrlar uchun impulsli o‘tkazgichlar nishobi -1:50, difmanometrlar uchun-1:10 dan kam bo‘lmasligi kerak.
3.Avtomatlashtirish sistemalarini truboo‘tkazgichlari texnologik qurilmani va tayanch konstrukstiyalarni tebranishiga mexanik chidamli bo‘lishi kerak.
4. Yongin va portlash havfi bor xonalarga, kuchli tok o‘tkazuvchi zanjirlar yaqiniga o‘rnatilgan trubali o‘tkazgichlarni ikki oxirgi qismigan erga ulanish hosil qilsh kerak. Qisimlarga ajralab ulanadigan joylarda po‘lat yoki mis simlardan bir-biriga ulaydigan(peremichka)ni hisobga olish kerak.
5. Yog` bilan to‘ldiradigan truba o‘tkazgichlar kislorodli qurilmali honalarga joylashtirishga ruxsat berilmaydi.
Impulsli trubali o‘tkazgichlar chizmalarini loyixalash.
Impulsli trubali o‘tkazgichlarni loyihalash sxemalarida suyuqliklar va gazlarni o‘lchash natijalariga ta`sir ko‘rsatuvchi ayrim fizik protsesslarini hisobga olish kerak bo‘ladi.
Misol uchun, barcha suyuqliklar o‘ziga gazni eritib singirtirish hususiyatiga ega, gaz miqdori qancha ko‘p singdirilsa suyuqlik bosimi shuncha yuqori bo‘ladi.
Suyuqlik bosimini pasayishida erib qo‘shilgan gaz ajralib chiqadi va nato‘g`ri o‘rnatilgan trubalarning yuqori nuqtasida “havo qopchalari” hosil bo‘ladi.
Gazlar zichligi suyuqliklar zichligidan bir necha barobar oz bo‘ladi, shuning uchun bosimda gidrostatik o‘zgarish bo‘ladi, bu o‘z navbatida asboblarni noto‘g`ri ko‘rsatishga sabab bo‘ladi.
Gazlarda, qoidaga asosan, suv bug`lari ham mavjud bo‘lganligi sababli harorat o‘zgarganda ular kondensiyalanadi. Agar truba noto‘g`ri o‘rnatilgan bo‘lsa, trubaning pastki nuqtasida “suvli tiqinch” hosil bo‘ladi va bu asboblar ko‘rsatishida hatolik olib keltiradi.
Impulsli trubalar joylashgan honani harorati trubalar joylashgan muxitni harorati bilan bir hil bo‘lishi kerak. Agarda teng bo‘lmasa, qoidaga asosan, o‘lchanayotgan muhitning harorati past bo‘ladi, shuning uchun trubali o‘tkazgichdagi o‘lchanayotgan muhitning zichligi bosimni o‘lchash joyidagi zichlikdan yuqori bo‘ladi. Shuning uchun, asbob bosimni o‘lchash joyidan yuqorida o‘rnatilgan bo‘lsa va trubalarni noto‘gri o‘rnatilgan bo‘lsa o‘lchash muhitida konvekstion harakat sodir bo‘ladi. Bu harakat asbobni sezgir elemntini ruxsat berilgan haroratidan ortiq qizishiga olib keladi, bu sezgir elemntini taranglashish hususiyatini o‘zgartiradi va asbobni noto‘g`ri ko‘rsatishiga olib keladi.
Suyuqlik va gaz bilan toldirilgan impuls trubali o‘tkazgichlarni sxemalarini qurishda ko‘rib chiqilgan fizik jarayonlarni hisobga olgan quyidagi tarzda ifodalanadi:
1.Suyuqliklar uchun:
agarda asbob bosimni o‘lchash joyidan pastda joylashgan bo‘lsa, unda impuls trubali o‘tkazgichni pastga yonaltirish maqsadga muofiq bo‘ladi;
agarda asbob bosimni o‘lchash joyidan yuqorida joylashgan bo‘lsa, unda impuls trubali o‘tkazgichni boshdan gorizontal bo‘yicha nishob bilan pastga yonaltiriladi, bu gazni bosimni o‘lchab olish joyidan chiqishini ta`minlaydi;
agarda impuls trubali o‘tkazgichda yuqori nuqtasiga ega bo‘lsa, u bosimni o‘lchash joyi hisoblanmasa, unda gazlarni yiguvchi va gazlarni chiqarib yuboruvchi maxsus qurilmalar o‘rnatish kerak bo‘ladi.
2.Gazlar uchun:
agarda asbob bosimni o‘lchash joyidan yuqorida joylashgan bo‘lsa, unda impuls trubali o‘tkazgichni yuqoriga yonaltirish maqsadga muofiq bo‘ladi;
agarda asbob bosimni o‘lchash joyidan pastda joylashgan bo‘lsa, unda impuls trubali o‘tkazgichni boshdan gorizontal bo‘yicha nishob bilan yuqoriga yonaltiriladi, bu kondensatoqimi bosimni o‘lchab olish joyidan chiqishini ta`minlaydi;
agarda impuls trubali o‘tkazgichda pastki nuqtasiga ega bo‘lsa, u bosimni o‘lchash joyi hisoblanmasa, unda maxsus nam yiguvchi va kondensatni chiqarib yuboruvchi maxsus qurilmalar o‘rnatish kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |