Shredinger taklifi 1924-yilda Lui de-Broyl elektron va boshqa zarralarning to‘lqin xossasiga ega ekanligi to‘g‘risida o‘z gipotezasini taklif qildi. 1926-yilda esa E.Shredinger de-Broyl gipotezasi asosida to‘lqin mexanikasini rivojlantirdi va o‘zining to‘lqin tenglamasini taklif qildi. Bu tenglama Shredinger tenglamasi deb ataldi. To‘lqin mexanikasi mikrodunyo hodisalarini klassik nuqtai nazardan tushuntirib bo‘lmasligini ko‘rsatdi. To‘lqin mexanikasi bilan parallel ravishda V.Geyzenberg tomonidan kvant mexanikasi matrisa shaklida rivojlantirildi. Shredinger bu ikki shaklning ham ekvivalentligini isbotladi. Kvant mexanikasi atom to‘g‘risidagitasavvurlarni chuqurlashtirdi, atomning “Elektron bulut” modeli yaratildi va hozirgi zamon atom tushunchalariga yaqinlashtirdi.
Shredinger
Do'stlaringiz bilan baham: |