1913-yilda daniyalik fizik N.Bor klassik nazariyaga zid bo‘lgan farazlarni ilgari surdi. Bu farazlar Borning kvant postulatlari deb yuritildi. Borning ikki postulatida atomda energetik sathlarining mavjudligi, ularning diskretligi va elektronning yuqori energetik sathdan pastki energetik sathga o‘tganida atom energiya chiqarishi ko‘rsatildi. Bor nazariyasi vodoroddan keyingi element geliy atomi spektridagi qonuniyatlarni mutlaqo tushuntira olmadi. Bor nazariyasi yarim klassik va yarim kvant nazariya edi. Lekin Bor nazariyasi fan rivojlanishida muhim o‘rin tutdi, mikrodunyo hodisalariga klassik fizika qonunlarini qo‘llash mumkin emasligini ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |