Noma’lum qo‘shiluvchini topish uchun yig‘indidan ma’lum qo‘shiluvchini ayirish kifoya. 1-sinf kitobida noma’lum qo‘shiluvchi darcha orqali ko‘rsatilgan:
Quyidagi ko‘rinishdagi masalalar ustida ishlash bilan tushuntirish olib borish tavsiya qilinadi:
“Hovuzda 4 ta o‘rdak suzib yurgan edi. Yana bir necha o‘rdak kelib qo‘shilgandan keyin, hovuzdagi o‘rdaklar 8 ta bo‘ldi. Nechta o‘rdak kelib qo‘shilgan?”
“Oziq-ovqat do‘koniga 9 quti konfet va pecheniy keltirildi. Konfetlar 6 quti bo‘lsa, necha quti pecheniy keltirilgan?”
7) Ayirishning hadlari. Noma’lum kamayuvchi va noma’lum ayriluvchini topish. Ayirishning to‘g‘riligini tekshirish
Do'stlaringiz bilan baham: |