Karrali nisbatlar qonuni –kimyoning asosiy qonunlaridan biri.Ikki element oʻzaro birikib, bir birikma hosil qilsa, bu birikmalardagi bir necha elementning massa miqdoriga toʻgʻri keladigan ikkinchi element miqdori oʻzaro oddiy karrali sonlar nisbatida boʻladi; mas, metan (CH4) tarkibida 75% uglerod va 25% vodorod boʻlib, unda 1 massa qism vodorodga 3 massa qism uglerod toʻgʻri keladi, yaʼni 3:1. Etilen (C2H4) tarkibida esa 85,71% uglerod va 14,29% vodorod bor; bu moddada 1 massa qism vodorodga 6 massa qism uglerod toʻgʻri keladi, yaʼni 6:1. Demak, bu birikmalardagi uglerod miqdorining vodorod miqdoriga nisbati 3:6 yoki 1:2 ga toʻgʻri keladi. Bu qonunni 1803 y.da ingliz kimyogari va fizigi J.Dalton aniqlagan.[1]
Do'stlaringiz bilan baham: |