Faylning to`liq nomi
Faylning to`liq nomi deb, faylning ushbu [Disk:][ Yo`l /] Fayl
nomi ko`rinishiga aytiladi. Demak, faylning to`liq nomi — disk nomi,
fayl joylashgan kataloggacha bo`lgan yo`l va fayl nomidan tashkil
topar ekan. Bu erda disk nomi ko`rsatilmasa joriy disk, agar yo`l
ko`rsatilmasa joriy katalog tushuniladi. Masalan:
A:/a.txt — A: diskning joriy katalogidagi a.txt faylini;
A:/a.txt — A: diskning tub katalogidagi a.txt faylini;
User/a.txt —joriy katalogning User katalogidagi a.txt faylini
bildiradi.
Formatlash
Disk/disketalarni formatlash deb, yangi yoki oldin ishlatilgan
disk/disketalarning sirtlarini keraklicha yo`l va sektorlarga ajratish,
hamda yaroqsiz joylarni aniqlab berishga aytiladi. Formatlash
jarayonida oldingi yozilgan barcha yozuvlarning buzilishi, ba`zi
hollarda hattoki qayta tiklab bo`lmaydigan darajada tozalanishi
kuzatiladi. Buyruqning umumiy ko`rinishi quyidagicha bo`ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |