4.Yuqori darajadagi dasturlash tillari
Yuqori darajadagi dasturlash tillari haqida so'z borar ekan, eng avvalo
ularning tarixiga nazar tashlab o'tishni lozim deb bildim.
Dastlab 1950-yillarda yuqori darajadagi dasturlash tillarining yangi
avlodi paydo bo'ldi. Yuqori darajadagi til bizga qudratli va murakkab dasturlarni
yaratishga imkon beradi. Bundan tashqari, aksariyat yuqori darajadagi dasturlash
tillarida oson tushuniladigan so'zlardan foydalaniladi. 1950-yillarda yaratilgan eng
yuqori darajadagi tillardan biri COBOL dasturlash tili hisoblanadi.
Ushbu dasturlash tilida monitorda "Salom dunyo!" xabarini aks ettirish
uchun dasturchi quyidagi ko'rsatmalarni yozish kerak bo'lgan. Masalan
DISPLAY "Salom dunyo!"
Hozirgi kunda bunday dasturlash tillariga ko'plab misollar keltirishimiz
mumkin. Ada, BASlC, FORTRAN, COBOL, Pascal, С, С++, С#, Java, Python,
Visual Basic v boshqa tillar shular jumlasidandir.
Endi, Ushbu dasturlash tillariga qisqacha izoh berib o'tamiz:
ADA. 1970-yillarda asosan Amerika Qo'shma Shtatlarining mudofa
vazirligi tomonidan qo'llaniladigan dasturlar uchun yaratilgan dasturlash tili
hisoblanadi. Til nufuzli tarixiy shaxs grafinya Ada Lavlasning nomi berilgan.
BASIC. 1960 yillarning boshlarida yangi boshlovchilar o'rganishi uchun
juda oson dasturlash tili hisoblanib, universal ramziy kodlash tizimi (Beginners
Allpurpose Symbolic Instruction Code) hisoblanadi.
FORTRAN. Matematik hisob-kitoblar uchun 1950-yillarda ishlab
chiqilgan Formulali tarjimon (FORmula TRANslator) birinchi yuqori darajadagi
dasturlash tili hisoblangan.
PASCAL. Bu dasturlash tili 1970 yilda yaratilgan va dastlab dasturlashni
o'rgatish uchun mo'ljallangan. Ushbu til matematik, fizik va faylasuf Blez Paskal
nomi bilan atalgan.
C va C++. C va C ++ bu kuchli umumiy maqsadli tillar hisoblanib, Bell
Laboratories tomonidan ishlab chiqilgan. C tili 1972 yilda, C ++ tili esa 1983 yilda
chiqarilgan.
C # "o'tkir" deb talaffuz qilinadi. Ushbu dasturlash tili Microsoft
tomonidan 2000 yilda Microsoft.NET platformasi asosida dasturlarni ishlab
chiqish uchun yaratilgan.
Java. U 1990-yillarning boshlarida Sun Mikrosystems tomonidan yaratilgan
va bitta kompyuterda veb-serverdan yoki Internet orqali ishlaydigan dasturlarni
ishlatish uchun ishlatiladi.
JavaScript. U 1990-yillarda yaratilgan. Uning JavaScript nomiga ega
bo’lishiga qaramay, Java bilan hech qanday aloqasi yo'q.
Hozirgi kunda eng ommabop, eng ko'p foydalanuvchiga ega, eng sodda deb
tariflanayotgan PYHTON ni eslamasdan iloji yo'q. Python bu universal
professional dasturlash tili bo'lib uni har qanday turdagi dasturiy mahsulotlar ishlab
chiqish maqsadida foydalanish mumkin.
Nazorat savollari
Dasturlash tillari rivojlanishi
Mashinalar tillari.
Assembler tili
Do'stlaringiz bilan baham: |