Doimiy bo’lgan talab. Ko’pchilik korxonalarda tovar yetkazib berish mavsumiy, kundalik va hattoki soatbay tebranishga ega. Bu korxonalarning asosiy fondlarini kam yoki ko’p yuklash muammoasini tug’diradi. Masalan, jamoa transportining asosiy qismida «tig’iz vaqtda» yo’lovchilar haddan ziyod ko’p bo’ladi. Bu vaziyatda marketingning vazifsi - o’zgaruvchan (egiluvchan) baholar yordamida, rag’batlantirish va boshqa ta’sir qilish usullari orqali talabning vaqt bo’yicha tebranishini tekislash yo’llarini izlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |