7. Quvurlar va armaturalarini loyihalsh
Issiqlik tarmoqlarda gaz va elektr payvandlash usuli bilan ulanadigan po‘lat quvurlar qo‘llaniladi. Po‘lat quvurlardan asosan elektr payvandli to‘g‘ri va spiralsimon chokli va choksiz issiqligicha sovuqligiga deformatsiyalanib 3, 4, 5, 10, 20 markali va pastlegirlangan po‘latdan yasalgan quvurlardan foydalaniladi. Elektr payvandli quvurlar shartli diametri 1400 mm gacha, choksizligi esa 400 mm gacha chiqariladi. Issiq suv ta’minoti tarmoqlarida, shuningdek, suv gaz o‘tkazuvchan po‘lat quvurlar qo‘llanilishi mumkin.
Issiqlik tarmoqlarida qo‘llaniladigan armatura vazifasiga ko‘ra berkitish, rostlash, saqlash, drossellash (bosimni kamaytirish), kondensatni ajratish va nazorat o‘lchash turlarga bo‘linadi.
Berkitish armaturalari asosiy armaturaga kiradi, chunki ular issiqlik tarmog‘ida keng ishlatiladi. Qolgan armaturalar asosan issiqlik punktlarida, nasos va drossel stansiyalarida o‘rnatiladi.
Berkitish armaturalarning asosiy turlariga ventil va zulfinlar (zadvijkalar) kiradi. Zulfinlar odatda suvli tarmoqlarda, ventillar esa - bug‘li tarmoqlarda qo‘llaniladi. Ular po‘lat va cho‘yandan fanetsli va muftali ulash uchlari bilan, shuningdek, bevosita quvurlarga payvandlash uchlari bilan turli xil shartli diametriga ega bo‘lgan holda ishlab chiqariladi.
Quvurlar va berkitish –rostlash armaturalar shartli bosim Ru va shartli diametrlar Du bo‘yicha tanlaniladi.
9-rasm. Ventillar:
a–oddiy; b-«Kosva»-turdagi; v-to‘g‘ri oqimli; 1-egar; 2-klapan; 3-korpus; 4-shpindel; 5-salnikli zichlagich.
Shartli bosim Ru deganda 200S haroratda uzoq vaqt davomida quvur yoki armatura ishlatilishi ruxsat etilgan eng yuqori ortiqcha bosim tushuniladi. Issiqliktashuvchisini harorati o‘sishi bilan ruxsat etilgan bosim kamayadi va bu haqiqiy ruxsat etilgan bosim ishchi bosim deyiladi. Ishchi Rrab bosim bilan shartli bosim orasidagi bog‘linish
Rrab=εRu
Bu erda ε-haroratga ko‘ra qabul qilinadigan koeffitsient.
SHartli diametr Du quvur yoki armaturaning nominal ichki diametrini bildiradi. Ma’lum bir shartli diametrga ega bo‘lgan quvurlar doimiy tashqi diametr DT ga va turli xil devor qalinligi S va ichki diametri Du ega bo‘ladi. Masalan, Du=400mm. li quvurning tashqi diametri DT=426mm. ga, devor qalinligi S=9mm. bo‘lganda ichki diametri Di=408mm. ga va S=6mm. bo‘lganda Di=414mm. ga teng bo‘ladi.
10-rasm. Suriluvchan shpindelli po‘lat ponasimon zulfin:
a-bir diskli; b-ikki diskli elektr uzatmali; v-ikki diskli flanetssiz; 1-zulfin korpusidagi zichlovchi halqa; 2-aylanib o‘tish yo‘li; 3-maxovik; 4-gayka; 5-salnikli zichlagich; 6-shpindel; 7-korpus; 8-zichlashtiruvchi pona; 9-bo‘shatuvchi pona; L-zulfinning qurilish uzunligi.
GOST 8732-78 bo‘yicha chiqariladigan choksiz quvurlarning tashqi diametri 32dan 426gachadir GOST 10706-76 va GOST 8696-74 bo‘yicha chiqariladigan elektrpayvandli to‘g‘ri va spiralsimon chokli quvurlarning tashqi diametrlari 426dan 1420gachadir, bunda devor qalinligi S 6 mm. dan 14 mm. gacha o‘zgaradi.
Quvurlarning talab etilgan devor qalinligi issiqlik tashuvchisining ichki (ishchi) bosimiga qarab aniqlanadi
bu erda -issiqlik tashuvchisining ishchi bosimi, Pa; DT-quvurning tashqi diametri, mm; [σ]-quvur materialining issiqlik tashuvchisining ishchi haroratidagi ruxsat etilgan zo‘riqishi, Pa; -chokning mustaxkamligi koeffitsienti; S-quvurning hisobiy qalinligiga qo‘shimcha, mm.
Do'stlaringiz bilan baham: |