Issiqlik tarmoqlarida quvurlar soni bo‘yicha bir quvurli yoki ko‘p quvurli bo‘lishi mumkin. Iste’molchini issiqlik energiyasi bilan ta’minlash bir pog‘onali yoki ko‘p pog‘onali bo‘lishi mumkin. Bir pog‘onali issiqlik tarmoqlarida iste’molchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi (1.-rasm). Iste’molchilarning issiqlik tarmoqlariga ulanish joylari kiritish tugunlari (vvod) deyiladi. Har bir binoning kiritish tugunlariga issiq suv ta’minotining isitgichlari, elevatorlar, nasoslar, armaturala, issiqlik tashuvchining parametrlari va sarflarini rostlovchi nazorat-o‘lchov qurilmalari o‘rnatiladi. Shu sababli kiritish tugunlari ko‘p hollarda mahalliy issiqlik punkti deb ataladi. Agarda kiritish tuguni alohida, masalan texnologik qurilma uchun barpo etilsa, bu holda individul issiqlik punkti deyiladi.
Ko‘p pog‘onali tizimlarda (2-rasm) issiqlik manbai va iste’molchi orasida markaziy issiqlik punktlari (MIP) yoki nazorat-taqsimlash punktlari (NTP) joylashtiriladi. Ushbu punktlarda issiqlik tashuvchining parametrlari mahalliy iste’molchilarning talabiga qarab o‘zgartirilishi mumkin. Mazkur markaziy issiqlik punktlari yoki nazorat-taqsimlash punktlari kvartal yoki tumandagi iste’molchilarning kerakli parametrdagi issiqlik bilan ta’minlash uchun nasos va suv isitish qurilmalari, rostlovchi va himoyalovchi armaturalar, nazorat-o‘lchov qurilmalari bilan jihozlanadi.
2-rasm. Ikki pog‘onali issiqlik ta’minoti tizimining sxemasi:
1-magistral quvurlar; 2-tarqatuvchi tarmoq; 3-taqsimlovchi tarmoqlar; 4,5-binolarga isitish va ventilyasiya uchun tarqatish; 6-texnologik jarayon uchun tarqatish tarmog‘i
Nasos va suv isitish qurilmalari yordamida magistral quvurlar (birinchi pog‘ona) to‘liq yoki qisman taqsimlovchi tarmoqlardan (ikkinchi pog‘ona) gidravlik ajratiladi. MIP yoki NTPlardan issiqlik tashuvchi kerakli parametrlarda ikkinchi pog‘onaning umumiy yoki alohida quvurlari yordamida har bir binoning mahalliy issiqlik punktiga uzatiladi.
2. Suvli issiqlik ta’minoti tizimlarida iste’molchilarning ulanish tizimini loyihalashtirish
Issiq suv bilan ishlaydigan isitish tizimlarining issiqlik bilan ta’minlash, markaziy qozon qurilmalari va issiqlik markazlari yordamida amalga oshiriladi. Suv bilan isitish qurilmalari tizimining asosiy issiqlik manbasi mahalliy suv isitish qozonlari bulib, ularni (mahalliy issiqlik ta’minoti) isitiladigan binoda yoki undan ajratilgan alohida binoga o‘rnatiladi.
Qozon qurilmalarining turlari ishlab chiqarilayotgan issiqlik quvvatiga, issiqlik tashuvchilarning turiga qarab ularni mahalliy va markazlashtirilgan qozon qurilmalari suv yoki bug‘ ishlab chiqaruvchi qozonlar, kichik, o‘rta va yirik qozon qurilmalari kabi turlari mavjuddir.
3-rasm. Ikki quvurli suvli issiqlik ta’minoti tizimlarida mahalliy issiq suv ta’minotining tizimilarining ulanish sxemalari:
A-yopiq tizimlarda: a-isitgichning parallel ulanishi; b-isitgichning ikki pog‘onali ketma-ketli ulanishi; v-isitgichning ikki pog‘onali aralash ulanishi; B-ochiq tizimlarda: g-isitish va issiq suv ta’minotiga issiqlik sarfini bog‘lanmagan rostlashli bevosita ulanishi; d-isitish va issiq suv ta’minotiga issiqlik sarfini bog‘langan rostlashli bevosita ulanishi; K-suv tarqatuchi kran; V-havo krani; O-isitish pribori; E-elevator; P-isitgich; S-aralashtirgich; VV-vodoprovod suvi; RR, RT-sarf va harorat rostlagich; PI, PII-isitgichning birinchi va ikkinchi pog‘onasi.
Issiqlik qurilmalari texnikasini rivojlanishida mahalliy qozon qurilmalari urnini asta-sekinlik bilan markazlashtirilgan isitish bulimlari bilan almashtirilishi lozim. Bunda yuqori haroratga ega bo‘lgan suv ishlatilib, ular (IEM) issiqlik elektr markazida, markaziy isitish bulimlarida ishlab chiqariladi.
Binolarning issiqlik ta’minoti binoning maqsadga muvofiqligiga bog‘liq holda QMQ ga asosan me’yoriy harorat sharoitini tashkil etish uchun issiqlik tashuvchining turi qabul qilinadi.
Masalan, turar-joy jamoat jumladan, o‘quv muassasalarida, idoralar, muzey, kutubxona kabi binolarda issiq suvning harorati 950-700S (ikki quvurli isitish tizimlarida), kasalxona, bolalar va davolash muassasalarida isitish uchun issiq suv harorati 1050-700S qabul qilinadi (bir quvurli isitish qurilmalarida).
Sanoat binolari va xo‘jalik, sport, restoran, vokzal, tomoshaxona va xokazo binolarda yuqori haroratli issiq suv bilan ishlaydigan issiqlik qurilmalarini o‘rnatish mumkin.
4-rasm. Ikki quvurli issiqlik ta’minoti tizimlarida mahalliy isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarining ulanish sxemalari.
Isitishi tizimlarining bog‘liq bo‘lgan sxemalari: a-aralashtirishsiz; b- elevatorli; v-nasosli; g-isitish tizimining bog‘liq bo‘lmagan sxemalari; issiq suv ta’minoti tizimi sxemalari; d-yuqoridagi bak-akkumulyatorli; e-pastki bak-akkumulyatorli; v-havo jumragi; O-isitish pribori; R-kengaytiruvchi bak; A-akkumulyator; K-suv tarqatuvchi kran; D-o‘lchash diagrammasi; E-elevator; N-mahalliy tizimining sirkulyasiya nasosi; S-aralashtirgich; PK-asosiy qozon; TP-issiqlik ta’minoti isitgichi; SN, PN-tarmoq va qo‘shimcha nasoslar; RP, RR, RT-qo‘shimcha, sarf va harorat rostlagichlari; OK-qaytuvchi klapan; PU-nasosning ishga tushiruvchi qurilmasi; τ1, τ2-boruvchi va qaytuvchi quvurlar.
Issiqlik elektr markazidan IEM va yirik tuman yashash massivlari qozon qurilmalaridan uzoqda joylashgan iste’molchilarga katta hajmda issiq suv olib borish uchun yuqori haroratga ega kam hajmda issiq suv yuborish maqsadga muvofiqdir. SHuning uchun o‘zoqda joylashgan iste’molchilarga bevosita o‘zatiladigan quvurdagi issiq suv haroratini 1500S gacha ko‘tarib, tranzit issiq suv quvurlari uchun esa 1800S gacha haroratni ko‘tarish imkoniyatiga ega bo’lamiz.
a) Isitish qurilmasidan qaytib kelayotgan suvni aralashtirmay ulanishi sxemasi. Bunda isitish qurilmasidagi issiq suvning harorati issiqlik quvuridagi issiq suv haroratiga teng;
b) Qaytib-kelayotgan suvni elevator yordamida aralashtirish usuli;
v) Tarqatuvchi va qaytaruvchi quvurlardagi kundalang ulovchi quvur bulimiga qo‘yilgan nasoslar yordamida aralashtirish usuli;
g) issiqlik almashtiruvchi va isiqlik hosil qiluvchi uskuna yordami bilan ulanish sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |