1. Markaziy Osiyodagi eng qadimgi falsafiy qarashlar 1-masala


Temur va temuriylar davri falsafasi



Download 25,49 Kb.
bet3/3
Sana12.06.2022
Hajmi25,49 Kb.
#657009
1   2   3
Bog'liq
2-MAVZU

4. Temur va temuriylar davri falsafasi.


4 masala.Temur va temuriylar davri huddi maqul bosqinchilaridan ozod bo'lgan xalqimizning milliy dahosi eng yuksak cho’qqiga ko'tarilgan davrdir. Bu davr falsafasi xalqimizning sohibqiron Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va mustaqillikni saqlash hamda mustahkamlash uchun amalga oshirgan buyuk ishlarining ifodasidir. Bu xalqimizning markazlashgan davlat tuzish, milliy davlatchiligini tiklash va barqaror qilish, yashash orzularining ushalgan davridir. Uning falsafasida ana shu jihatlar yaqqol ko'zga tashlanadi va bu meros bugungi milliy ong va istiqlol mafkurasining falsafiy negizlari orasida alohida o'rin tutadi.
Madaniyatparvar va millatparvar Amir Temur va temuriyzodalar o'sha davr ma'naviy taraqqiyoti uchun siyosiy va iqtisodiy asoslarni to'la-to'kis yaratgan arboblar edi.
Temo'rning o'lkan xizmatlaridan muhimi shuki, u madaniyat va ilm homiysi sifatida mashhur bo'ldi, o'z saroyiga olimu fuzalo arboblarini to'pladi. Hoja Afzal, Jalol Hoqiy, Mavlono Xorazmiy, Mavlono Munshiy va boshhalar uning saroyida ilm-fan va badiiy ijod bilan mashg’ul bo'ldilar. Temur hukmronligi davrida ichki va tashqi savdo kuchaydi. Ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Rusiya, arab mamlari bilan aloqalarning kuchayishi Temur saltanati iqtisodiy qudratini oshirdi. Temur va temuriylar davrida islom dini va tasavvufga katta e'tibor berildi. Islom dini o'sha davrda asosiy mafkura bo'lib, markazlashgan davlat barpo etishda, iqtisod, madaniyat va ilm-fan sohasidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda nazariy asos bo'lib xizmat qildi. Temur o'z faoliyatida unga tayanib ish ko'rdi.
Temuriylar davrida tasavvuf ta'limoti keng quloch yoydi. Sohibqiron tasavvuf qoidalaridan mamlakatdagi salbiy illatlarni yo'qotishda, turli janjal va nizolarni bartaraf qilishda, haqiqat va adolat o'rnatishda, insonparvarlik g’oyalarini tarqatishda foydalangan.
Temuriylardan Shohruh, Ulug’bek, Husayn Boykaro, Bobur Mirzolar davlatni boshqarishda, din va tasavvuf qoidalariga amal qilishda, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishda uning an'analarini izchil ravishda davom ettirdilar.
XIV-XV asrlarda Movarounnahr va Xurosonda ilm-fanning ko'p sohalarida yuksalish yuz berdi. Jahonga mashhur olimlar, tabiatshunoslar va shoirlar yetishib chiqdi. Tibbiyot, riyoziyot, handasa, tarix, adabiyot, jugrofiya, pedogogika, mantiq., falsafa, axloqshunoslik va boshhalarga e'tibor berildi. Ayniqsa, badiiy adabiyot va adabiyotshunoslik tez rivoj topa boshladi, ularda o'sha davrning muhim ijtimoiy muammolari va insonparvarlik g’oyalari olga surildi. «Gul va Navro'z» muallifi Lutfiy (1366-1465), «Behro'z va Bahrom» asarini yozgan Binoiy (1453-1512), «Tazkirat ush-shuaro» (shoirlar haqida tazkira) ning muallifi Davlatshoh Samarqandiy, «Yusuf va Zulayho», «Mahzan ul-asror» hazinasi) asarlarining mualliflari Durbek (XIV-XV Haydar Xorazmiy hamda Tamal Hujandiy (1402 yilda vafot etgan), Hofiz Xorazmiy (XIV-XV asrlar), Ismat Buhoriy (§65-1436), Yaqiniy (XV asr), Xiloliy (XV asr), Atoiy (XV asr) va boshhalar o'sha davrda yashab ijod etdilar.
Bu davrda tarix faniga e'tibor kuchaydi, yirik tarixnavislar paydo bo'ldi. Temuriylar davrida Abdurazzoq Samarqandiyning (1413-1482) «Matlaa as-sa'dayn va majma' al-bahrayn» («ikki dengizning qo'shilishi»), Hofizi Abruning «Zubdat at-tavorih» («Tarixlarning sarasi»), Muyiniddin Isfizoriyning «Ravzat al jannat- gat fi avsof madinat», Fosih Havofiyning «Mujmali fosihiy», SHarafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»si, Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma»si va boshhalar mashhur edi.
O'sha zamonning eng mashhur tarixchilari Mirhond va Xondamir edilar. Uning asosiy tarixiy asari 7 jilddan iborat bo'lib, «Nabiralar, podshohlar va xalifalar tarjimai xollari haqida poklik bog’lari» deb ataladi. U olti jildini yozib vafot etadi, ettinchisini nabirasi Xondamir yozib tugatadi.
Xondamirning muhim risolalari» Makorim ul-axloq.», «Habib us-siyar», «Vazirlar uchun qo'lanma» va boshhalardir.
X1V-XV asrlarda mantiq, tabiy-ilmiy fanlar, ayniqsa falakkiyot, falsafa va axloqshunoslikka katta e'tibor berildi. Mantiq ilmining yirik vakillaridan biri Sa'diddin Taftazoniydir (1322-1392). Yoshligidan ilohiyot fanlari, arab tili, nutq san'ati va mantiq bilan shugullanadi. Taftazoniy madrasalarda mudarrislik qildi.
Taftazoniy 40 dan ortiq risolalarning muallifidir. Muhimlari: «Tahzib al-mantiq val-kalom» («Mantiq va kalomga sayqal berish») «Muhtasar al-maoniy» (Ritorikaga oid «qisqacha ma'nolar»), «Al-irshod al-hodiy», (Arab tili gramatikasiga oid «Yo'l boshlovchi rahbar»), «Al-makosid at-tolibin» («Falsafa va kalomga oid «Tolibi ilmlarning maqsadlari») va boshhalar. Taftazoniy o'tmish olimlarinint juda ko'p asarlariga sharhlar ham bitgan.
Taftazoniy iroda erkinligiga to'htalib, har qanday ezgu ishlar Xudoning mohiyatidan kelib chiqadi. Xudo yaratuvchi sifatida insonlarni yomon hatti-harakatlar qilishdan saqlaydi, insonni ko'proq hayrli ishlar qilishga chorlaydi, gunoh, ishlardan qochishga da'vat etadi, deb aytadi.
O'sha davrning yana bir atoqli allomasi Mir Sayyid Sharif Jurjoniydir.
Jurjoniy 50 dan ortiq risolalarning muallifi bo'lib, ularning aksariyati mantiq, fiqh, falsafa va tabiatshunoslikning muhim muammolariga bag`ishlangan. Olimning «At-ta'rifot» («Ta'riflar»), «Odob ul-munozara» («Munozara olib borishning qoidalari haqida risola»), «Sugro» («Kichik dalil bo'la oladigan hukm»), «Kubro» (Katta dalil bo'la oladigay hukm»), «Avsat dar mantiq», («Mantiqda o'rta xulosa»), «Risolayi vujudiya» («Borliq haqida risola») va boshqa asarlardir
Mutafakkir risolalarida borliq, modda va uning shakllari, jismoniy va ruhiy munosabatlar, maniqiy fikrlash, til va tafakkurning o'zaro aloqasi, koinot, inson, aql va bilish masalalari yoritiladi. Jurjoniy, huddi Taftazoniy singari, hamma narsa va jismlar bir-biriga sabab-oqibat nisbatida bo'ladi, deb hisobladi. Oddiy narsalar asosida to'rt unsur, ya'ni suv, olov, va tuproq yotadi. Metall, o'simliklar va hayvonot dunyosi to'rt unsurning qorishishi nagijasida paydo bo'ladi.
Jahon ilm-fani taraqqiyotiga katta ulush qo'shgan buyuk falakiyotchi olim va davlat arbobi Muhammad Tarag’ay Ulug’bek ( 1394-1449). Ulug’bekning ulkan ishlaridan biri uning Samarqandda, Kuhaq tepaligida, Obi Rahmat arig’ining bo'yida rasadxona barpo etganligidir. Ushbu rasadxona qurilishi 1424 yilda boshlanib, 1429 yilda tugallandi. Olimning eng muhim asari «Ziji jadidi Ko'ragoniy» deb ataladi. Undan tashqari, Ulug’bek matematikaga oid «Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola», astronomiyaga bag`ishlangan «Risolayi Ulug’bek» va tarixga oid «To'rt ulus tarixi» kitoblarini yozdi. Ulug’bek mantiq ilmi, fiqhshunoslik, musiqa va adabiyot nazariyasini yaxshi bilar edi. Olimning «Ziji» ikki qism, muqaddima va 1118 yulduzning o'rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat.
Ulug’bek sayyoralarni o'rganishga turli uslublarni qo'llaydi, bular kuzatish, eksperiment, jonli mushohada, isbotlash, kiyoslash, induksiya, deduksiya va boshqalardir. Shuni aytish lozimki, Ulug’bek kuzatish va ulchash asboblari takomillashmagan bo'lsa ham, quyosh va oy harakatlarini, ularning tutilishi va vaqtlarini to’gri hisoblab chiqdi. U o'z atrofiga qobiliyatli olimlarni to'pladi, o'zga mamlakatlardan iqtidorli olimlarni taklif etdi.
Ana shunday olimlardan biri Giyosiddin Jamshid al-Koshiy bo'lib, u yirik riyoziyotchi va falakiyotchidir. Uning asarlari «Miftoh ul-hisob» («Hisob kaliti»), «Risola al-muhitiya» («Doira haqida risola») va boshhalardir. XVI asrdan boshlab Yevropa mamlakatlarida uning kashfiyotidan foydalana boshladilar.
Tarixda Ali Qushchi nomi bilan mashhur bo'lgan Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Ulug’bekning shogirdidir. U ilmiy ishlarini falakiyot va riyoziyot sohasida olib bordi. Uning asarlari: «Arifmetika ilmi haqida risola», «Mantiq risolasi», «Astronomiyaga oid risola» va boshhalardir.
Ali Qushchi «Astronomiyaga oid risola»sida Oy va quyosh tutilishi qonuniyatlarini ilmiy asoslab berdi. Olim tabiat sirlari va uning qonuniyatlarini o’rgandi, jismlar harakati va ularning oddiydan murakkabga o'tishi to’g`risida o'z fikrini ilgari surdi.
Umuman shuni ta'kidlash lozimki, Ulug’bek va u asos solgan astronomiya maktabi koinotdagi hodisalarni o'rganishda muhim rol o’ynadi, o'sha vaqtgacha fanga ma'lum bo'lmagan hodisalarni idrok qilib, inson aql-zakovatining bilish imkoniyatlarini kengaytirdi, keyingi davrlarda yashagan olimlarga samarali ta'sir ko'rsatdi. Ulug’bekning astronomiya sohosidagi g’oyalarini Yevropada XVI asrdan boshlab Kopernik, Galiley va boshhalar rivojlantirdilar.
Temuriylardan Husayn Boyqaro hukmronligi davrida bu erda ilm-fan, adabiyot sohasida yuksalish yuz berdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi Jahonga mashhur mutafakkirlar yetishib chiqdi.
O'rta asr mumtoz adabiyotining vakili, Ulug’ shoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiydir. Jomiyni Navoiy ustoz deb hisoblar edi. Uning qalamiga mansub asarlar «Nafaqot ul-uns» «Hujjat ul-asror», «Musiqa haqida risola», «Naqshi fusus; «Vohid atamasi haqida risola», «Haj qilish yo'llari haqid risola», «Bahoriston» va boshhalardir.
Jomiyning eng yirik asari «Haft avrang» bo'lib, ung «Tuhfat ul-ahror», «Suhbat ul-abror», «Yusuf va Zulayho» «Suhbat ul-asror», «Layli va Majnun», «Salamon va Absol» «Hiradnomayi iskandariy» dostonlari kiradi.
Barcha musulmon mutafakkirlari kabi Jomiy ham Xudo abadiy, mutloq va dunyodagi hamma narsalarning sababchisidir, Xudo mavjud bo'lganda, borliq yo'q edi, dunyo o'zining boshlang`ichini Ollohdan olgan, demak, Xudo hamma narsaning yaratuvchisidir, deb hisoblaydi. Jomiyning falsafiy qarashlar uning insonparvarlik g’oyalari bilan chambarchas boqlanib ketadi. Mutafakkirning ko'pgina asarlarida inson, adolat, muhabbat, ezgulik g’oyalari tasvirlanadi.
Jomiy Naqshbandiylik ta'limotiga e'tiqod qilib, uning nazariy va amaliy jihatlarini rivojlantiradi. Sufiy, uningcha, halol va pok bo'lishi, biror kasb-hunarni egallashi, qanoatli va oliyjanob bo'lishi, tamagirlikdan uzoq, yurishi, nafsini jilovlashi lozim. Jomiy Xudoni «go'zal ma'shuqa» sifatida tasvirlab insonning maqsadi uning vasliga yetishdir, deydi.
Jahon madaniyati ravnaqiga o'lkan hissa qo'shgan siymolardan biri, Ulug’ o'zbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin Mir Alisher Navoiydir (1441-1501).
Navoiy ijodi boy bo'lib, asarlari turli mavzularga bag`ishlangan. «Hamsa» ya'ni «Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab'ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari hamda «Lison ut - tayr», «Majolisun nafois», «Mahbubul qulub», «Xoloti Pahlavon Muhammad», «Mezon ul-avzon», «Muhokamat ul-lugatayn» va boshhalar. Bulardan tashqari, Navoiy «Hazoyinul maoniy» («Ma'nolar hazinasi») nomli she'riy to'plam yaratgan bo'lib, u 45 ming misraga yaqin gazal, ruboiy, qit'a va fardlardan tashkil toptan.
Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy bo'lib, unda jamiyat va inson munosabati, insonning baht-saodati, komil inson va fozil jamoa, ta'lim-tarbiya haqidagi fikr-uylari o'z ifodasini toptan.
Shoir ijtimoiy-falsafiy qarashlarining muhim xususiyati shundan iboratki, unda falsafiy fikrlar majoziy tarzda, badiiy o’xshatish va ramziy iboralar yordamida, zoxiriy va botiniy ma'nolarda bayon qilinadi.
Navoiyning ijodiy merosida insonparvarlik va komil inson g’oyasi muhim o'rinni egallaydi - shoirning «Xamsa»siga kirgan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Saddi Iskandariy» kabi dostonlarining asosiy qahramonlari Iskandar, Farhod, Shirin, Layli, Majnun va boshqalar komil inson sifatida talqin qilinadi. Ular mehnatsevar, o'z kasbini ustasi, doimo o'zgalarga yordam beruvchi, shijoatkor va jasur, aqlli va bilimdon, sahovatli, to’gri so'z, sofdil, kamtar, o'zida hulq,-odob, adolat, sabr-toqat, nafsni tiyish, olijanoblik kabi fazilatlarni mujassamlashtirgan shahslardir.
Navoiy xalq orasida insonparvarlik g’oyalarini tarqatdi, turli millat va elatlar o'rtasidagi do'stlikni ulug’ladi. Xalqni farovonlikka, baht-saodatga eltuvchi, hamma teng, zulm-istibdoddan holi bo'lgan davlat tuzumini orzu qildi. U ilm-fan egallashni afzal bildi, mol-mulkka, boylikka hirs qo'yishni, tamagarlikni qoraladi. Navoiyning yaxsxilik, ezgulik, muhabbat, do'stlik, adolat, tinchlik, osoyishtalik va boshqa go'zal fazilatlar, ma'naviy axloqiy qadriyatlar to’g`risidagi qimmatli fikrlari, nasihatomo'z so'zlari respublikamiz mustaqillikka erishgandan ham barkamol insonni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
XV asrning oxiridan boshlab Temuriylar davlati sekin-asta inqirozga yuz tuta boshladi.
Temur avlodidan bo'lgan Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) o'sha davrning eng ma'rifatli podsholaridan biri edi.
Ichki kelishmovchiliklar natijasida o'z yurtini tashlab ketishga majbur bo'lgan Bobur avval Qobulda, so'ngra esa 1526 yilgi Panipat jangida Ibrohim Ludi ustidan g`alabaa qozonib Hindistonda o'z hukmronligini o'rnatdi. «Boburiylar sulolasi Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qilib, temuriylar davlati va madaniyatiniig davomchisi sifatida mashhur bo'ldi.
Bobirning hizmati shundaki, u Hindistonni markazlashgan davlatga aylantirdi, mamlakatda tinchlik o'rnatdi, obodonlashtirish va ko'rilish ishlarini rivojlantirdi, karvonsaroylar, me'moriy yodgorliklar, bog’chalar, kutubhonalar barpo qildi, madaniyat, san'at, adabiyot va ilm-fanni yuksaltirdi.
Boburiylarning ko’pchiligi ma'rifatchilik bilan mashg’ul bo'ldilar, olimu fuzalolar bilan maslahatlashib turdilar. Ularning yana bir hizmati islom va budda diniga e'tiqod qiluvchi musulmon va hindularni kelishtirishga, axil yashashga chaqarishda bo'ldi.
Boburning mashhur tarixiy asari «Boburnoma» dir. Bulardan tashqari, u huquqshunoslikka oid «Mubayyin», aro'z ilmiga oid «Mufassal», musiqa bo'yicha «Musikiy», Harbiy ishlarga oid «Harb ishi» risolalarini yozgan. «Boburnoma» o'sha davrdagi Markaziy Osiyo, Hindiston, Afgoniston, Eronning siyosiy, ijtimoiy hayotini, savdo munosabatlari, geografiyasi, hayvonot va nabotot olamini, iqlimi, kabila va elatlarning urf-odatlari, marosimlari, turmush tarzini va marosimlarini aks ettirgan asardir.
Bobur o'zining lirik she'rlarida ishq, muhabbat, Vatan sog’inchi mehr, vafo, insoniylik, do'stlik, yaxsilik va mehr-oqibatni kuyladi.
Shunday qilib, X1Y-XV asarlarda Movarounnahr va Xurosonda madaniy yuksalish yuz berdi. Buni olimlar Renessans davri ham deb atamoqdalar. XIV-XV asrlar moddiy va ma'naviy yuksalishining muhim xususiyati yana shundan iboratki, inson aql- zakovati va uning eng yaxshi fazilatlarga e'tibor kuchaydi, ilm-fan va san'at rivoj topdi, qomusiy olimlar yetishib chiqdi, madaniy merosni o'rganishga qiziqish ortdi. Temur va temuriylar davridagi madaniy yuksalish hozir ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Ular mustaqil davlatimizni mustahkamlashda, madaniy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda, milliy g’oya va mafkurani shakllantirishda ma'naviy ozuqa vazifasini o'tamoqda.
Download 25,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish