1. Ma’naviyat tushunchasi, predmeti, maqsad va vazifalari. «Ma’naviyat»ning kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari


Ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotida o‘rnining oshib borishi



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/51
Sana20.04.2022
Hajmi1,72 Mb.
#567381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotida o‘rnining oshib borishi 
Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, «Ma’naviyat asoslari» mustaqil fan sifatida


shakllanib va takomillashib bormoqda. Uning jamiyat taraqqiyoti va komil insonni 
tarbiyalashdagi roli oshib bormoqda. Uning ko‘p qirrali imkoniyatlaridan samarali 
foydalanish davlat olib boryotgan siyosat bilan bog‘liq. To‘g‘ri, shaxs va millat 
shakllanishi yoki jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida ma’naviyatning roli va 
ahamiyatigi e’tibor berib kelingan.
Bugunga kelib ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatiga nisbatan 
munosabat tobora kuchayib bormoqda. Sobiq ittifoqdosh, bugungi mustaqil davlatlarning 
ko‘pchiligida birida oldinroq, ikkinchisida keyinroq ma’naviyat omilining roli va 
ahamiyatini oshirishga imkoniyat darajasida e’tibor berilmoqda.
Bu borada O‘zbekistoning tarixan qisqa vaqt ichida Prezident Islom Karimovning 
bevosita tashabbusi asosida ma’lum tajribalarini to‘plashga erishganligini ta’kidlash lozim 
bo‘ladi. Ma’naviyatni ko‘tarish davlat siyosatida ustivor sohaga ko‘tarildi va u o‘zining 
ijobiy natijalarini ko‘rsata boshladi.
Prezidentimiz Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy majlisning birinchi 
sesiyasida qilingan ma’ruzasida ham ma’naviyat masalasi XXI asr bo‘sag‘asida ikkinchi 
ustivor yo‘nalish deb qaraldi. Hozirda erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni 
shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifa ekanligi qayd etildi. 
Boshqacha aytganda, o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga 
tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea – hodisalarga mustaqil munosabat bilan 
yondoshadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarni mamlakat va xalq manfaatlari bilan 
uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol, sog‘lom avlodni tarbiyalashimiz 
kerak ekanligi uqdirildi.
Aslini olganda, hozirgi kunda ma’naviyatning ustivor sohaga ko‘tarilishining bir 
qator sabablari bor. Ular quydagilardan iborat:
Birinchidan, jamiyatda amalga oshiriladigan barcha vazifalarning taqdiri, unda 
yashaydigan odamlarning tafakkuri, ongi qay darajada o‘sishi bilan bog‘liqdir. Ularning 
ongi va tafakkurini amalga oshirmoqchi bo‘lgan vazifalar mohiyati va manfaati 
yo‘nalishidan kelib chiqqan holda o‘zgartirmasdan turib ko‘zlangan maqsadga erishib 
bo‘lmaydi. Ana shu ma’noda ham ma’naviyat jamiyat hayotini o‘zgartirishning muhim 
mexanizmi hisoblanadi va har qanday davlat o‘z maqsadlari va manfaatlaridan kelib 
chiqqan holda uni rivojlantirishga ustivorlik bilan qaraydi.
Ikkinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq Sovet mafkurasidan voz 
kechish bayrog‘i ostida umuman har qanday mafkuraga qarshi kurash boshlandi. Bu o‘z 
navbatida odamlarning ma’naviyatiga, shakllangan qadriyatlariga ham o‘zining salbiy 
ta’sirini o‘tkaza boshladi. Ayniqsa, matbuotlarda ba’zi olimlar, birinchi navbatda iqtisodiy 
tafakkurni shakllantirish zarur, ma’naviyat esa ana shu iqtisodiy tafakkur zaminida yuzaga 
keladi degan fikrlarni ilgari sura boshladilar. Oqibatda odamlar ruhiyatida yana bir 
tomonlama ketish turmush tarzida yetakchi o‘rinni egallay boshladi. Bu o‘z navbatida, 
milliy manfaatlar yoki vatanparvarlik haqida qanchalik gapirmaylik, u o‘zining biz 
kutayotgan natijalarini bermasdan, balki odamlarda shaxsiy manfaatlarga ustivorlik 
berishga xizmat qila boshladi. Bunday salbiy jarayonning yuzaga kelishi yangi jamiyat 
qurish uchun xatarli.
Uchinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida yuzaga kelgan iqtisodiy muammolar 
oldida odamlarning aksariyat qismi dovdirab qoldi, ko‘pchilik hollarda yoshlarning ta’lim 
olish, kasb o‘rganish, san’at va badiiy asarlarga qiziqishdan ko‘ra bozorga chiqish, pul 
topishga intilish xavfini yuzaga keltirdi. To‘g‘ri, pul topish, o‘z hayotining iqtisodiy 


imkoniyatini mustahkamlash har bir inson uchun hayotiy ehtiyoj va zarurat hisoblanadi. 
Ammo bu ehtiyoj shaxs va millat kamoloti manfaatlariga zid bo‘lmasligi, ularning 
ma’naviy qashshoqlashib ketishiga xizmat qilmasligi lozim. Ana shu yuzaga kelayotgan 
xavfli jarayonning oldini olish zarur.
To‘rtinchidan, sobiq ittifoq sharoitida fan, texnika, maorif, oliy ta’lim, bir


qator sanoat korxonalarini vujudga keltirish va rivojlantirishda ko‘pgina yutuqlar 
qo‘lga kiritilgan edi. Ammo, ular markaz va qolaversa «katta og‘a» manfaatlariga xizmat 
qilgan. Ana shu potensial sobiq Ittifoqdosh Respublikalarga turli bahonalar bilan rus 
millati vakillarini yuborish, ularni mahalliy xalqni boshqarish, ularga rus turmush tarzi, 
tili, urf-odatlarini, xarakterini singdirish hisobiga mamlakatda rus millati ma’naviyati 
ustivorligiga tayanuvchi yagona til, ma’naviyat va turmush tarzini shakllantirishga xizmat 
qilib kelgan edi. Bunday ayyorona va zo‘ravonlik siyosati oqibatida millatlarning o‘zligini 
anglashga bo‘lgan intilishiga katta zarb berildi. Bu sobiq ittifoqda umummilliy inqirozni 
yuzaga keltirdi.
Bu inqiroz millatning «yo‘q» bo‘lib ketishi xavfini vujudga keltiradi.Bunday salbiy 
jarayonning oldi olinmasdan, millatning rivojlanishiga erishib bo‘lmaydi. Uni bartaraf 
etish faqat milliy ma’naviyatni tiklash va rivojlantirish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Beshinchidan, ma’naviyatning davlat siyosatida ustivor bo‘lishiga yana bir sabab, 
millat son jihatidan kattami yoki kichikmi bundan qattiy nazar, uning real sub’ekt, ma’lum 
moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchisi, iste’molchisi, boshqalarda uchramaydigan, 
o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini va o‘zining mustaqil o‘rniga ega bo‘lishi kabi 
omillarni, ya’ni chinakam millat sifatidagi maqomini tiklash hayotiy ehtiyoj darajasiga 
ko‘tarilgan edi. Uni hal etish millat va davlatning kelajagi uchun amaliy ahamiyatga 
egadir.
Oltinchidan, o‘zbeklar jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan xalqdir. Uning 
ma’naviyat, fan, madaniyat sohasidagi erishgan yutuqlari jahon xalqlariga asrlar osha 
xizmat qilib kelmoqda. Ammo sho‘rolar tuzumi davrida ajdodlari tomonidan yaratilgan 
ana shu yutuqlarni o‘zbek xalqining ongi va qalbidan «chiqarish» borasida ham katta 
ishlar amalga oshirilgan edi. Mustaqillik sharoitida esa uni qayta tiklash, jahon 
sivilizatsiyasidagi munosib va adolatli o‘rnini tiklash zarur edi. Bunga esa faqat 
ma’naviyatni rivojlantirish orqali erishish mumkin.
Yettinchidan, ma’naviyat millatni va butun mamlakat aholisini ma’lum maqsadlar 
sari davlat atrofiga uyushtiruvchi, ularni faollashtiruvchi, yorqin kelajakka ishontiruvchi, 
inson zotini ulug‘lovchi, uning qadrini anglatuvchi ulkan «mexanizm» hamdir. Xuddi ana 
shu muhim «mexanizm»dan mustaqillikni mustahkamlash, islohotlarni amalga oshirish, 
millatimizning qaddini ko‘tarishda foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj davlatimiz, eng avvalo 
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan o‘z vaqtida anglab olindi.
Ana shu sabablar va ehtiyojlar mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan keyin 
ma’naviyatni rivojlantirish va milliy merosni qayta tiklashni davlatimiz hayotida ustivor 
siyosat darajasiga ko‘tarilishiga olshib keldi. Shu sababli Respublika Prezidenti 1994 yil 
23 aprelda «Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil qilish to‘g‘risida»; 
1999 yil 3 sentyabr’da «Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab-quvatlash 
to‘g‘risida» farmonlarini chiqardi. 1996 yil 9 sentyabr’dagi “Ma’naviyat va ma’rifat 
jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish 
to‘g‘risida” farmonda, «…ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustivor 
yo‘nalishi, deb hisoblansin»,1 deb belgilandi.
1 «Xalq so‘zi», 1996yil, 10 – sentyabr.
1998 yilning 24 iyulida Vazirlar mahkamasi «Ma’naviy – ma’rifiy islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 
qaror qabul qildi. Yuqorida qayd etganimizdek, Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq birinchi 
sessiyasida ham jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish, islohotlarni amalga oshirishda 


davlat siyosatining ustivor yo‘nalishi ekanligi yana bir bor qayd etildi. Bu sohadagi 
muhim vazifalar, oldimizda turgan muammolar va ularni


kechiktirmay hal etish zarurligiga xalqimiz e’tibori qaratildi.
Ana shu muhum hujjatlar mamlakatimizda ma’naviyatni rivojlantirishga qaratilgan 
davlat siyosatini amalga oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi. Ma’naviyatni 
rivojlantirishdagi davlat siyosati Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat- kelajak 
poydevori”; “Kuch – bilim va tafakkurda”;1 “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” degan 
konseptual ahamiyatga ega bo‘lgan fikrlariga monand ravishda amalga oshirilmoqda.
2 Karimov I.A. O‘zbekistoning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li., 28-bet.
Ma’nviyatni rivojlantirish mamlakatimiz va millatimiz taraqqiyotining hozirgi 
bosqichida ayniqsa asosiy vazifa darajasiga ko‘tarilmoqda. Bu faqat mamlakatimizning 
ichki hayoti bilangina bog‘liq bo‘libgina qolmasdan, balki uning barqaror rivojlanishga 
tahdid solishga urinayotgan tashqi turli oqimlarning mavjudligi bilan ham bog‘liqdir. 
Ularning ayniqsa hayot tajribasiga ega bo‘lmagan yoshlarimizning ongini zaharlash 
borasida olib borayotgan harakatlariga qarshi turaoladigan, erkin fikrlaydigan, fidoiy 
Vatanparvarlarni tarbiyalash ma’naviyatni yuksak darajada rivojlantirishini taqazo 
qilmoqda.
Agar ana shu vazifalardan kelib chiqiladigan bo‘lsa bugun ma’naviyatni 
rivojlantirishni quydagi yo‘nalishlarda:
Birinchidan, sobiq sovet totalitar tuzumining zo‘ravonlik va tobelik tafakkuri 
qoldiqlaridan qutilish. Buning uchun har bir insoning ichki ruhiy salohiyatini yuzaga 
chiqarish, fikr erkinligini ta’minlash, har bir shaxsning o‘z taqdiri va kelajagini o‘zi 
yaratish imkoniyatini hamda ruhiyatini shakllantirish;
Ikkinchidan, har bir shaxsda mustaqillik tafakkurini rivojlantirish, o‘zbek millatiga 
mansubligidan faxrlanish, avlod- ajdodlari tomonidan yaratilgan barcha moddiy va 
ma’naviy boyliklarni egallash va ularni mamlakat va milliy taraqqiyotiga keng jalb 
qilishda fidoiylik ko‘rsatish zarurligini anglash ruhiyatini mustahkamlash;
Uchinchidan, har bir shaxsda milliy o‘zligini anglash jarayonini rivojlantirish, Vatan 
va millat manfaatlari yo‘lida fidoyilik ko‘rsatishi, mamlakat va milliy taraqqiyotga, 
siyosiy, ijtimoiy hamda millatlararo barqarorlikka, diniy bag‘ri kenglikka putur 
yetkazuvchi har qanday harakatlarga qarshi ma’naviy – siyosiy va fuqarolik salohiyatiga 
ega bo‘lishiga erishish;
To‘rtinchidan, har bir shaxsning bilim olishga intilishiga, mamlakatimiz va jahonda 
fan, texnika, texnologiya sohasida erishilgan yutuqlardan bahramand bo‘lishiga sharoitlar 
yaratish, O‘zbekistonning jahonda nufuzining mustahkamlanib borishidan g‘ururlanish 
kabi ma’naviy-ruhiy salohiyatiga erishishdir.
Mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaroda, ayniqsa yoshlarimizda ana shunday 
salohiyatlarni shakllantirishimiz umumma’naviy yuksalish uchun asosiy mezon 
hisoblanadi.
Prezidentimiz takidlaganidek, «Bugungi kunda xalqimizga azaldan xos bo‘lgan 
hamjihatlik va bag‘rikenglik, mehr-oqibat, mehmondo‘stlik va sahovat kabi insoniy 
fazilatlar yanada yorqin namoyon bo‘lmoqda va bunday ma’naviy muhit odamlarining 
ruhiyati va kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.» 2.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish