1. Ma’naviyat tushunchasi, predmeti, maqsad va vazifalari. «Ma’naviyat»ning kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari


Moniylik va mazdakizm ta’limotlarida ma’naviyat masalalari



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/51
Sana20.04.2022
Hajmi1,72 Mb.
#567381
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51
Moniylik va mazdakizm ta’limotlarida ma’naviyat masalalari 
Markaziy Osiyoda quldorlik jamiyati eramizning 2-3 asrlariga kelib inqirozga yuz 
tutdi va o‘z o‘rnini feodal munosabatlariga bo‘shatib bera boshladi. Bu holat zardushtiylik 
ichida yangi oqim Moniylik ta’limotining yuzaga kelishi va kuchayishiga olib keladi. 
Ushbu oqimning asoschisi Moniy (216-276 y) bo‘lib, u tarixiy shaxsdir. Uning ta’limoti 
hukmron tabaqalar manfaatiga zid bo‘lgani uchun 276 yilda vahshiylarcha o‘ldirildi. 
Moniy boy adabiy meros yaratgan bo‘lsa ham, lekin uning ba’zi asarlaridan parchalarigina 
bizgacha yetib kelgan, xolos. Uning ma’naviy-ahloqiy qarashlari “Sir ul asror” (Siru asror 
kitobi), “Kitob-ul-xudovost-tadbir” (Rahbarlik va boshqaruv kitobi), “Shaburkan” va 
boshqalarda bayon etilgan.
Moniy ta’limoti zardushtiylikning yaxshilik va yomonlik ta’limotiga asoslangan 
bo‘lib,keng xalq ommasining manfaatiga mos kelar edi. Moniylik ta’limotida dunyo – 
ziyo (yorug‘lik) va zulmat (qorong‘ulik)ning abadiy kurash maydonidan iborat, mana shu 
kurash maydonida insonning asosiy vazifasi yovuzlikni yo‘q qilish uchun yaxshilik, 
ezgulikka ko‘maklashishdan iborat degan ma’naviy-ahloqiy ta’limot ilgari suriladi.
Moniy ta’limotiga ko‘ra, inson sof musaffolikka, o‘z gunohlaridan forig‘ bo‘lishga 
faqat tarkidunyo qilib hayot kechirishi orqaligina erishishi mumkin, deb qaraladi. 
Moniylik ahloqi dindorlardan imkoni boricha kam ovqat yeyishni, ro‘za tutishni (demak 
ro‘za tutish odati islomdan avval ham bo‘lgan), o‘z turmushi, hayoti uchun kerakligidan 
ortiqcha mol-mulkka, boylikka yo‘l qo‘ymaslikni, mo‘tadil, o‘rtacha, dabdabasiz hayot 
kechirishni targ‘ib etadi. Moniy o‘z muridlari, izdoshlarini dunyoviy ishlarda “surbet” 
bo‘lmaslikka va dunyoda ko‘p narsalarga intilmaslikka da’vat etadi. “Zero o‘limdan keyin 
hech kimsada ro‘zg‘or asboblari bilan hovli ham, uy ham qolmaydi”. Boshqacha 
aytganda, inson hayoti davomida orttirgan boyliklarini o‘zi bilan olib keta olmaydi
ularning hammasi undan keyin qolib ketadi. Moniy aytadi: “Men o‘z umrimda ko‘p 
hokimlarni ko‘rdim,ular dunyoda ahloqsizlik qilib, manmanlikka berilib yurdilar, ammo 


oxirida g‘am-alamlarga, tubanlikka duchor bo‘ldilar”. Demak, Moniyning bu so‘zlaridan 
biz ham ibrat olishimiz foydadan holi emas.


Eramizning V asr oxiri VI asr boshlarida Eronda “mazdakizm” deb atalgan boshqa 
diniy-falsafiy ta’limot yuzaga kelib, u Markaziy Osiyoda ham keng yoyildi. Mazdakizm 
feodal munosabatlarning rivoji va u bilan bog‘liq holda xalq ahvolining og‘irlashuvi va 
ikki o‘rtada ziddiyatlar va kurashning kuchayishi oqibatida yuzaga kelgan. Mazdak 
ta’limoti ham jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi kuchi bo‘lgan inson omilini 
ko‘tarishga, ma’naviyatini rivojlantirishga qaratilgan edi.
Mazdakizmning Moniylik ta’limoti bilan ko‘p o‘xshash tomonlari bor.U Moniylik 
ta’limotini to‘ldirib, uning zohidlik – noumidlik g‘oyalarini dunyoga umid bilan qarash 
g‘oyalariga almashtiradi.
Mazdak Eronning Nishopur shahrida tug‘ilgan. Dehqonlar qo‘zg‘oloniga 
yo‘lboshchilik qilganligi uchun 529 yilda Anushervon tomonidan qatl etilgan. Mazdak 
feodal mol-mulkini umumiylashtirishni, feodallar hukmronligini yo‘qotishni talab qiladi.
Moniylikdagi kabi mazdakizmda ham dunyoni tushunish negizida bir-biriga qarama-
qarshi ikki kuch: yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va zulmat kurashi yotadi deb qaraladi. 
Bu kurashda yaxshilik yomonlik ustidan, yorug‘lik zulmat ustidan g‘alaba qiladi, deb 
ishonch bildiriladi. Mazdakning aytishicha, yomonlik va zulmat kuchlari hukmronlik qilar 
ekan, kishilar ularga nisbatan befarq bo‘lishlari kerak emas, balki yaxshilik kuchlariga 
yordam berishlari kerak.
Mazdakning fikriga ko‘ra, ijtimoiy tengsizlik kishilar o‘rtasida ziqnalik, o‘g‘rilik, 
yomonlik, makkorlik, shafqatsizlik, urushlar, turli-tuman falokat va baxtsizliklar kabi 
illatlarni keltirib chiqaradi. Shu boisdan bunday yovuzliklarni keltirib chiqaruvchi 
asosning o‘zini tugatish kerak, deb hisoblaydi. Alloh hammaga mol-mulkni teng bo‘lib 
bergan, ammo boylar xudbinlik yo‘llariga o‘tib (o‘zim bo‘lay), barcha boylikni o‘ziniki 
qilib olish yo‘liga o‘tgan. Kambag‘allar ham mol-mulkka egalik qilish huquqiga ega, 
shuning uchun boy-badavlat kishilar mol-mulkining bir qismini ular o‘rtasida taqsimlab 
berish, boylar bilan qashshoqlarni tenglashtirish odilona ish bo‘ladi degan g‘oya ilgari 
suriladi. Albatta Mazdakning bunday qarashlari hukmron tabaqa manfaatlariga zid edi. 
Mana shuning uchun ham Mazdak va uning tarafdorlari ta’qib ostiga olindi va ular 
shafqatsizlarcha jazolandilar.
Mazdakizm ma’naviy-ahloqiy ta’limotida ham xuddi Zardushtiylik ta’limotidagi kabi 
hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik qilish, urish man etiladi.
Xulosa shuki, Moniylik va mazdakizm Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviy 
yuksalishida, ayniqsa ularning adolatsizlik, zulm, zo‘rlik, shafqatsizlikka qarshi 
kurashishga o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
Mavzu oxirida inson ma’naviyligi mezonlari va me’yorlari haqida “Avesto”dan 
namunalar keltirishni ma’qul ko‘rdik, zero uni o‘qigan yoshlar uchun foyda va ibratdan 
holi emas.
Mol-dunyoga hirs qo‘yma, ochko‘z bo‘lma. Dunyo(boylikka) xirs qo‘yish dunyo 
lazzatlarini bemaza, behalovat qiladi. Samoviy abadiy lazzatlardan mahrum etadi.
G‘azabdan o‘zingni asra, chunki g‘azab tufayli inson o‘z ishlarini, ezgu maqsadlarini 
unutadi... halol mehnatdan qoladi. G‘azab tufayli hayotda halovat yo‘qoladi,safo o‘ladi.
Uyquga ruju qo‘yma, savob ishdan qolasan.
Sergaplik gunohlarni ko‘paytiradi. Kamsuxanlik ezguliklarni ko‘paytiradi. Chunki 
kamsuxanlik fikrlab so‘zlashga imkon beradi.
Tirishqoq bo‘l, topganing bilan tirikchilik qil. Ortganini ehson qil, u ezgu ishlar 
orasida eng ulug‘i va zaruri.


O‘zgalar molini olma, aks holda o‘zingnikini yo‘qotasan.
Zino, o‘zgalar xotiniga qarash boyligingni,taningni, qalbing va ruhingni g‘arot qiladi.


Qasd qidiruvchi odamdan yiroq bo‘l, ochko‘z bilan hamkorlik qilma, unga ayniqsa 
hokimiyat berma.
Xotin olsang olijanob, xushodob, oqila qizga uylan.
Mast bilan hamroh bo‘lma, nokasdan qarz olma.
Ilm o‘rganish, ilohiy haqiqatlarni bilish... yo‘lida tirishqoq bo‘l, chunki bu aqlingni, 
ruhingni o‘stiradi, qalbing va ruhingni savobga doxil qilib, gunohdan asraydi.
Savob ish yaxshi niyatdan boshlanadi. Haqgo‘ylik adolat uchun zamindir. Yolg‘on 
so‘zdan adolatsizlik tug‘iladi..
Ezgu ishni boshlash uchun dadillik kerak. Dadil bo‘lish uchun ishingni haqligiga 
ishonch kerak.
Boringga qanoat va shukur lozim. Borni halol ko‘paytirish esa mehnat bilan.
O‘z ruhing bilan ziddiyatga tushmaslikning birdan-bir yo‘li foydali mehnat, 
mehnatdan ruhan qanoat olishdir.
Sog‘liq uchun muhim shart me’yorida tanovul qilish. Tanni mehnatda tutish. 
G‘amgin bo‘lmaslik uchun qanoatli bo‘lish lozim.
Oqil hukmdorning ishini quvvatlash fuqaroning farzidir. Hukmdor yaxshini 
yomondan ajrata bilishi adolat uchun muhimdir, yaxshini e’zozlash, yomonni jazolash 
adolat mezonidir.
Ezgu ishni ko‘z-ko‘z qilma. Maqtanchoqlik qilma. Yerdagi hayotingni bezashga 
urinma. Kamtarona yashash xudoga ma’quldir.
Amalu martabaga ishonma. Oxiri amalsiz, martabasiz qolasan. Yerdagi hurmat-izzat 
aldamchi. Samodagisini yaratish uchun ezgu ishlaringni ko‘paytir. Ezgu hayot kechirgan 
inson ruhi jannat bihishtga loyiqdir.1
1 Mazkur namunalar Mirsodiq Is’hoqov tomonidan “Moziydan sado” rukni ostida 
tayyorlangan “Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu amal” kitobidan olindi. Toshkent, 2001, 19-22-
betlar.
2 Qarang: Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Toshkent, 
“O‘zbekiston”, 2000. 47-bet.
Bu keltirilgan dono fikrlar bugun ham o‘zining ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ular 
barkamol insonni tarbiyalashda ma’naviyatimizni boyitishda muhim manba vazifasini 
bajaradi.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish