1. Ma'muriy huquqbuzarlik tog'risidagi bayonnomaning mazmuni. Ma'muriy huquqbuzarlik tog'risidagi bayonnoma tushunchasi va mohiyati


Ma'muriy huquqbuzarlik tog'risidagi bayonnomaning mazmuni



Download 13,67 Kb.
bet2/2
Sana12.06.2022
Hajmi13,67 Kb.
#659119
1   2
Bog'liq
Ma\'muriy huquqb-WPS Office

Ma'muriy huquqbuzarlik tog'risidagi bayonnomaning mazmuni.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi to'g'risidagi bayonnoma vakolatli mansabdor shaxs tomonidan tuziladi. O'zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi
kodeksining 280-moddasiga binoan, buzilishi ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan qoidalarga rioya etilishini tekshirish va nazorat qilish qonun hujjati bilan zimmasiga yuklatilgan tegishli organning vakolatli mansabdor shaxsi ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnomani tuzadi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomada: shu bayonnoma tuzilgan sana va joy, bayonnomani tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; huquqbuzarning shaxsiga oid ma’lumotlar; ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va bu huquqbuzarlikning mohiyati, ana shunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat; agar guvohlar va jabrlanuvchilar bo‘lsa, ularning familiyalari va yashash manzillari; huquqbuzarning tushuntirishi; ishni hal qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Basharti huquqbuzarlik tufayli moddiy zarar yetkazilgan bo‘lsa, bu ham bayonnomada ko‘rsatiladi.
Bayonnoma uni tuzgan shaxs va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan imzolanadi; guvohlar va jabrlanuvchilar bo‘lgan taqdirda esa — bayonnoma mazkur shaxslar tomonidan ham imzolanadi.
Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bayonnomaga bu haqda yozib qo‘yiladi. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomaning mazmuni yuzasidan bayonnomaga ilova qilinadigan tushuntirish va mulohazalarini berishga, shuningdek mazkur bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqlidir.
Bayonnomani tuzish vaqtida huquqbuzarga ushbu Kodeksning (294-moddasida nazarda tutilgan uning huquq va burchlari tushuntiriladi va bu xususda bayonnomaga yozib qo‘yiladi.
Bayonnoma boshqa hujjatlar va ish bo‘yicha ashyoviy dalillar bilan birga huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan paytdan boshlab bir sutkadan kechiktirmay ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organ (mansabdor shaxs)ga yuboriladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning ko‘chirma nusxasi;
2) ichki ishlar organlarining ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ilgari ma’muriy javobgarlikka tortilganligi fakti mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;
3) ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning tushuntirishi;
4) jabrlanuvchining, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspertning xulosasi, agar ular mavjud bo‘lsa;
5) ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi faktini tasdiqlovchi boshqa materiallar.
Ushbu Kodeksning 133 va 134-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomaga ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
1) haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning va ishonchnomaning ko‘chirma nusxasi;
2) sug‘urta polisining ko‘chirma nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda);
3) alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarilganligi belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi ta’siridan yoki o‘zgacha tarzdagi mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan taqdirda ikki xolis ishtirokida tuzilgan dalolatnoma;
4) ko‘zdan kechirish dalolatnomasi va hodisa joyining chizmasi, transport vositasining shikastlanishlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va texnika vositalari shikastlanishlarining fotosuratlari;
5) avtomototransport vositasiga yetkazilgan zararni baholash dalolatnomasi;
6) sudga qadar avtotexnika ekspertizasi tayinlanganligi haqidagi qaror va ekspertlarning xulosasi;
7) surishtiruv yakunlariga ko‘ra, manfaatdor shaxslarning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi bayonnoma.
Ushbu Kodeksning 52-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
1) jabrlanuvchining arizasi;
2) sudga qadar tibbiy ekspertiza tayinlanganligi haqidagi qaror va ekspertlarning xulosasi;
3) jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qaror.
Agar fuqaro o‘zi sodir etgan huquqbuzarlik faktiga e’tiroz bildirmasa hamda unga joyning o‘zida solinadigan jarimaning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan oshmasa, yo‘l harakati qoidalarining buzilishi to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan esa faqat ushbu Kodeks 138-moddasining (birinchi, (ikkinchi va (uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmaydi.
Jarima to‘laganligi to‘g‘risida aybdorga belgilangan shakldagi kvitansiya beriladi.
Basharti fuqaro o‘ziga solinadigan jarimaga e’tiroz bildirsa, u holda ushbu Kodeksning (279-moddasiga muvofiq bayonnoma tuziladi.
Transport vositasidan foydalanib sodir etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmaydi.
Ushbu Kodeksning (193-moddasida nazarda tutilgan deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlari buzilgan taqdirda, tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari devonlari hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari kotibiyatlari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzmasdan o‘zining arizasida huquqbuzarning shaxsi, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va bu huquqbuzarlikning mohiyati haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Ushbu Kodeksning (1971-moddasida nazarda tutilgan advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilingan taqdirda, advokat ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzmasdan o‘z arizasida huquqbuzarning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, vaqtni va bu huquqbuzarlikning mohiyatini, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Ushbu Kodeksning (1975-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda (ta’lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish), ta’lim muassasasining pedagog xodimi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzmasdan o‘z arizasida huquqbuzarning shaxsi, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi to‘g‘risida bayonnoma MJtKning 279-moddasiga muvofiq tuziladigan, huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida ma’muriy jazo qo‘llanadigan hollardan tashqari, barcha huquqbuzarliklar sodir etilganligi fakti qayd etilgan yagona hujjat hisoblanadi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma vakolatli mansabdor shaxslar tomonidan tuziladi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish huquqi MJtKning 280-moddasiga binoan tekshiruv va nazoratni amalga oshiruvchi organ (mansabdor shaxs) vazifasidan kelib chiqadi. Davlat organiga tekshirish-nazorat vazifasini amalga oshirishni yuklash (uning xodimlari) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan holatlarda bu haqda bayonnoma tuzish huquqiga ega degan ma’noni bildiradi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzishga vakolati bo‘lgan shaxslar
Yangi ishlab chiqilgan MJtKning loyihasida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzishga vakolatli organlar etib quyidagilar ko‘rsatilgan:
1) Ichki ishlar organlari;
2) Davlat bojxona xizmati organlari;
3) Davlat soliq xizmati organlari va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalarining mansabdor shaxslari tomonidan;
4) O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi;
5) Davlat sanitariya nazorati organlari;
6) Davlat yong‘in nazorati organlari;
7) Davlat veterinariya nazorati organlari;
8) Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat organlari;
9) adliya organlari;
10) xalq ta’limi organlari;
11) sport va madaniyat ishlari organlari;
12) sog‘liqni saqlash organlari;
13) temir yo‘l transporti organlari;
14) havo transporti organlari;
15) suv transporti organlari;
16) shahar va shaharlararo yo‘lovchi tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti organlari;
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomada:
– shu bayonnoma tuzilgan sana va joy;
– bayonnomani tuzgan shaxsning lavozimi;
– familiyasi, ismi, otasining ismi;
– huquqbuzarning shaxsiga oid ma’lumotlar;
– ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va bu huquqbuzarlikning mohiyati, ana shunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat;
– agar guvohlar va jabrlanuvchilar bo‘lsa, ularning familiyalari va yashash manzillari;
– huquqbuzarning tushuntirishi;
– ishni hal qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar;
– basharti huquqbuzarlik tufayli moddiy zarar yetkazilgan bo‘lsa, bu ham bayonnomada ko‘rsatiladi;
– bayonnoma uni tuzgan shaxs va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan imzolanadi;– guvohlar va jabrlanuvchilar bo‘lgan taqdirda esa bayonnoma mazkur shaxslar tomonidan ham imzolanadi;
– huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bayonnomaga bu haqda yozib qo‘yiladi.
Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomaning mazmuni yuzasidan bayonnomaga ilova qilinadigan tushuntirish va mulohazalarini berishga, shuningdek mazkur bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqlidir. Bayonnomani tuzish vaqtida huquqbuzarga MJtKning 294-moddasida nazarda tutilgan uning huquq va burchlari tushuntiriladi va bu xususda bayonnomaga yozib qo‘yiladi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma boshqa hujjatlar va ish bo‘yicha ashyoviy dalillar bilan birga huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan paytdan boshlab bir sutkadan kechiktirmay ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organ (mansabdor shaxs)ga yuboriladi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma – agar fuqaro o‘zi sodir etgan huquqbuzarlik faktiga e’tiroz bildirmasa hamda unga joyning o‘zida solinadigan jarimaning miqdori eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan oshmasa, yo‘l harakati qoidalarining buzilishi to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan esa faqat MJtKning 138-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham tuzilmaydi. Bunda jarima to‘laganligi to‘g‘risida aybdorga belgilangan shakldagi kvitansiya beriladi. Basharti fuqaro o‘ziga solinadigan jarimaga e’tiroz bildirsa, u holda MJtKning 279-moddasiga muvofiq bayonnoma tuziladi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish bayonnomasi tegishincha organ majlisidagi raislik qiluvchi va kotib tomonidan yoki ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroqma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi masalani hal etish tartibi (MJtK 3081-m). Agar organ (mansabdor shaxs) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotganda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi to‘g‘risida yoki MJtKning maxsus qismidagi moddalarning sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo chorasini qo‘llash uchun asoslar borligi haqida xulosaga kelsa, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnoma bilan sudga yuboriladi.

Xulosa.
Biz ushbu mustaqil ishda ma'muriy huquqbuzarlik tog'risidagi bayonnomaning mazmunini, ma'muriy huquqbuzarlik tog'risidagi bayonnoma tushunchasi va mohiyatini,ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzishga vakolati bo‘lgan shaxslar tizmini nazariy jihatdan tahlil qildik. Shu bilan birgalikda bayonnomaga nimalar ilova qilinishi, kim tomonidan chiqarilishi, joyi, manzili, kimga va qachon chiqarilganligi tog'risida ma'lumotlarni o'rgandik. Ushbu bayonnoma O'zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 280-moddasiga keltirib o'tilganligini va ushbu moddaga binoan, buzilishi ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan qoidalarga rioya etilishini tekshirish va nazorat qilish qonun hujjati bilan zimmasiga yuklatilgan tegishli organning vakolatli mansabdor shaxsi ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnomani tuzishini o'rgandik. Shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda qanday oqibatlar kelib chiqishini tahlil qildik, ya'nibayonnomaga bu haqda yozib qo'yilishini, huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomaning mazmuni yuzasidan bayonnomaga ilova qilinadigan tushuntirish va mulohazalarini berishga, shuningdek, mazkur bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon yetishga haqliligini o'rgandik.


Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati.

1.X.N.Odilqoriyev, N.T.Ismailov Ma'muriy huquq darslik 2010.yil
2.O'z Res fanlar akademiyasi 2004.yil
3.O'z Res milliy ensiklopediyasi
4.A.Karimov 0 ‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida. — Т.: « 0 ‘zbekiston», 1995.
5.I.A.Karimov 0 ‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy prinsiplari. — Т.: « 0 ‘zbekiston», 1996.
6.I.A.Karimov 0 ‘zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat,mafkura. Т. 1 — Т.: « 0 ‘zbekiston», 1996.
7 .A.Karimov 0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. — Т.:« 0 ‘zbekiston», 1997.
Download 13,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish