Parazit chuvalchanglarning xilma – xilligi:
1. Exinokokkning asosiy (1) va oraliq (2) xo’jayinini ko’rsating.
a) ot; b) bo’ri; c) odam; d) it
A) 1-b,c; 2-a,d B) 1-a,b; 2-c,d
C) 1-b,d; 2-a,c D) 1-a,c; 2-b,d
2. Yassi chuvalchanglar tipining kiprikli chuvalchanglar sinfi (1), so’rg’ichli chuvalchanglar sinfi (2), tasmasimon chuvalchanglar sinfi (3) hamda to’garak chuvalchanglar tipi (4) ga mansub
bo’lgan hayvonlarni ko’rsating.
a) exinokokk; b) planariya; c) bolalar gijjasi;
d) jigar qurti
A) 1-b; 2-d; 3-a; 4-c B) 1-d; 2-e; 3-b; 4-c
C) 1-b; 2-a; 3-c; 4-d D) 1-c; 2-a; 3-d; 4-b
3. Cho’chqa tasmasimon chuvalchangining lichinkasi qayerda parazitlik qiladi.
A) odamning ichagida B) cho’chqaning ichagida
C) itning jigarida D) cho’chqaning muskulida
4. Cho’chqa tasmasimon chuvalchangi voyaga yetgan (1) hamda lichinkalik (2) davrida qayerda
parazitlik qiladi?
a) odamning jigarida; b) cho’chqaning muskulida;
c) odam ichagida; d) cho’chqa ichagida
A) 1-d; 2-c B) 1-b; 2-a C) 1-a; 2-d D) 1-c; 2-b
5. Odamning terisiga tuxum qo’yuvchi gelmintni toping.
A) bolalar gijjasi
B) askarida
C) cho’chqa tasmasimon chuvalchangi
D) exinokokk
6. Bo’rtma nematoda ituzumdoshlar oilasining qaysi vakillarida parazitlik qiladi.
A) kartoshka, ituzum B) kanop, g’o’za
C) pomidor, kartoshka D) qovun, bodring
7. Bo’rtma nematoda gulxayridoshlar (1), ituzumdoshlar (2), qovoqdoshlar (3) oilasining qaysi
vakillarida parazitlik qiladi.
a) kartoshka; b) bodring; c) kanop; d) g’o’za;
e) gulxayri; f) ituzum; g) qovun; h) pomidor; i) qovoq
A) 1-h; 2-c,b; 3-a,d B) 1-d,e; 2-a,f; 3-b
C) 1-c,d; 2-a,h; 3-b,g D) 1-c,e; 2-f,g; 3-h,i
8. Lichinkalik davrida ham ko’paya oluvchi gelmintlarni aniqlang.
A) jigar qurti, askarida
B) exinokokk, planariya
C) exinokokk, jigar qurti
D) bo’rtma nematoda
9. Parazit chuvalchanglarning parazit hayot kechirishga moslashish belgilari berilgan qatorni
toping.
1) so’rg’ichlari rivojlangan; 2) kam nasl beradi;
3) hazm sistemasi yo’qolgan; 4) jinsiy sistemasi
kuchli rivojlangan; 5) hazm sistemasi kuchli rivojlangan; 6) ko’p nasl beradi; 7) tanasi uzun
A) 1,5,6,7 B) 2,4,5,7 C) 1,3,4,6 D) 3,4,6,7
10. Parazit chuvalchanglarni o’rganuvchi fanni toping.
A) parazitologiya B) mikologiya
C) sitologiya D) gelmintologiya
11. Gelmintlarni o’rganish va ularga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqish ustida
birinchilardan bo’lib ish olib borgan olimni ko’rsating.
A) A.T.To’laganov B) K.I.Skryabin
C) I.I.Mechnikov D) E.X.Ergashev
12. Qaysi asarda dorivor giyohlar yordamida odam ichagidan parazit chuvalchanglarni haydab
chiqarish haqida ma’lumotlar berilgan?
A) “Saydana” B) “Tib qonunlari”
C) “Al - Kimyo” D) “Kitob ush – shifo”
13. O’zbekistonda o’simlik gelmintlarini o’rgangan olimni toping.
A) K.I.Skryabin B) A.T.To’laganov
C) E.X.Ergashev D) M.A.Sultonov
14. O’zbekistonda yovvoyi va uy hayvonlari gelmintlarini o’rgangan olimni ko’rsating.
A) J.A.Azimov B) A.T.To’laganov
C) S.N.Alimuhammedov D) L.M.Isayev
15. Rishtaga xos bo’lmagan belgilarni ko’rsating.
1) yassi chuvalchanglarga mansub;
2) Uzoq Sharqda uchraydi; 3) uzunligi 32-100 sm;
4) to’garak chuvalchanglarga mansub; 5) uzunligi
5-10 mm; 6) epiteliy to’qimada yashaydi; 7) Tropik va subtropik o‘lkalarda uchraydi; 8) biriktiruvchi to’qimada yashaydi; 9) tirik tug’adi; 10) yaraga tuxum qo’yib ko’payadi
A) 3, 4, 7, 8, 10 B) 1, 2, 3, 6, 9
C) 1, 2, 5, 6, 10 D) 3, 7, 9
16. Jigar qurti (1), qoramol tasmasimon chuvalchangi (2), exinokokk (3), askarida (4) qaysi holatda odamga yuqadi?
a) sista; b) finna; c) tuxum; d) olti ilmoqli lichinka; e) dumli lichinka; f) kiprikli lichinka
A) 1-a; 2-b; 3-c; 4-c B) 1-b; 2-f; 3-d; 4-c
C) 1-c; 2-b; 3-d; 4-a D) 1-d; 2-e; 3-c; 4-b
17. O’simlik (1) va hayvonlarning (2) parazit gelmintlarini o’rgangan olimlarni belgilang.
a) G.To’laganov; b) M.A.Sultonov; c) E.X.Ergashev; d) J.A.Azimov
A) 1-a; 2-b,c,d B) 1-b; 2-a,c,d
C) 1-b,d; 2-a,c D) 1-d, 2-b
18. O’pkasi (a), traxeyasi (b), o’pka va traxeyasi (c) yordamida nafas oluvchi organizmlarni aniqlang.
1) chayon; 2) chivin; 3) butli o’rgimchak; 4) qandala; 5) biy; 6) suv shillig’i
A) a-1,2; b-3,4; c-5,6 B) a-2,6; b-3,4; c-1,5
C) a-2,3; b-1,4; c-3,5 D) a-1,6; b-2,4; c-3,5
19. Qanotsiz hasharotlarni ko’rsating.
A) bit, burga, to’shak qandalasi
B) qandala, suvarak, burga
C) bit, burga, tillako’z
D) kapalak, burga, pashsha
20. Parazit chuvalchanglarning hayotini, ko’payishini, tarqalishini qaysi fan o’rganadi?
A) ornitologiya B) gelmintologiya
C) parazitologiya D) virusologiya
21. Ko’katlarni yaxshi yuvmasdan iste’mol qilinsa, qaysi parazitni yuqtirish mumkin.
A) exinokokk
B) askarida
C) qoramol tasmasimon chuvalchangi
D) jigar qurti
22. Cho’chqa qaysi parazit organizm uchun oraliq (1) va asosiy (2) xo’jayini hisoblanadi.
A) 1-jigar qurti, cho’chqa tasmasimon chuvalchangi;
2-exinokokk
B) 1-cho’chqa tasmasimon chuvalchangi;
2-jigar qurti
C) 1-cho’chqa tasmasimon chuvalchangi;
2-qoramol tasmasimon chuvalchangi
D) 1-exinokokk; 2-jigar qurti, cho’chqa tasmasimon
chuvalchangi
23. Exinokokkning barcha yassi chuvalchanglar tipi vakillariga xos bo’lgan umumiy xususiyatini
ko’rsating.
A) parazit hayot kechirishga moslashganligi
B) tanasining qalin kutikula bilan qoplanganligi
C) shoxlangan ichak sistemasiga ega ekanligi
D) ikkita yirik nerv tugunidan nerv stvollarining
chiqishi
24. Rishta qaysi tipga mansub hayvon sanaladi.
A) to’garak B) yassi
C) halqali D) parazit
25. Qarovsiz qolgan itni silagan odam nima bilan zararlanishi mumkin?
A) askarida tuxumlari bilan
B) mushuk ikki so’rg’ichlisi lichinkasi bilan
C) qoramol tasmasimonining finnasi
D) exinokokk tuxumi
26. Nuqtalar o’rnini to’g’ri javoblar bilan to’ldiring.
Barcha parazit chuvalchanglar . . .
1) germafrodit; 2) asosiy va oraliq xo’jayini almashtiradi; 3) yopishuv organlariga ega; 4) tanasi
kutikula bilan qoplangan; 5) ayirish sistemasiga ega; 6) tanasi ikki tomonlama simmetriyali
A) 4, 6 B) 1, 2 C) 2, 5 D) 3, 4
Do'stlaringiz bilan baham: |