Tasmasimon chuvalchanglar sinfi:
1. Qoramol tasmasimon chuvalchangining voyaga yetgan davri (I) va lichinkasi (II) qayerda
parazitlik qiladi.
1) odam; 2) cho’chqa; 3) qoramol.
a) yo’g’on ichak; b) jigar; c) o’pka; d) muskul;
e) ingichka ichak.
A) I-1(e); II-3(b,d) B) I-3(b,e); II-1(a)
C) I-1(e); II-2(d) D) I-3(c); II-1(b,d)
2. Bosh qismida to’rtta so’rg’ichi bo’lgan gelmintni toping.
A) jigar qurti
B) askarida
C) qoramol tasmasimon chuvalchangi
D) gijja
3. Qoramol tasmasimon chuvalchangi qanday qismlardan tashkil topgan?
A) bosh, bo’yin, dum B) bosh, bo’yin, tana
C) bosh, bo’yin, dum D) bosh, dum
4. Tasmasimon chuvalchanglar uchun xos bo’lmagan xususiyatlarni ko’rsating.
1) tipik vakili jigar qurti; 2) ayirish a’zolari mavjud; 3) hazm organlari rivojlanmagan; 4) boshida doira shaklidagi to’rtta so’rg’ichi mavjud; 5) hazm organlar rivojlangan; 6) tipik vakili qoramol tasmasimon chuvalchangi; 7) ayirish a’zolari mavjud emas; 8) og’iz va qorin so’rg’ichlari mavjud
A) 2,4,5,8 B) 2,3,4,6 C) 1,5,7,8 D) 1,2,3,8
5. Qoramol tasmasimon chuvalchangining har bir tana bo’g’imida takrorlanib turuvchi qismlarini
toping.
1) bitta tuxumdon; 2) bir juft urug’don; 3) bitta bachadon; 4) ikkita tuxumdon; 5) bitta urug’don;
6) ko’plab urug’don; 7) ikkita bachadon.
A) 1,3,5 B) 2,4,7 C) 1,3,6 D) 3,4,6
6. Tasmasimon chuvalchanglarning lichinkasi hosil qilgan suyuqlik bilan to’lgan pufakcha
qanday ataladi.
A) spora B) finna C) sista D) zigota
7. Odam organizmiga tasmasimon chuvalchangining lichinkasi qanday holatda yuqadi?
A) spora B) finna C) sista D) zigota
8. Yassi chuvalchanglar ichidagi eng qadimgi hayvonni ko’rsating.
A) kiprikli chuvalchanglar
B) suvda yashovchi erkin chuvalchanglar
C) tasmasimon chuvalchanglar
D) ichaksiz kiprikli chuvalchanglar
9. Ichki organlari orasi biriktiruvchi (g’ovak) to’qima bilan to’lgan hayvonlar qatorini belgilang.
A) oq planariya, qoramol tasmasimon chuvalchangi B) yomg’ir chuvalchangi, nereida
C) exinokokk, leyshimaniya, oq planariya
D) jigar qurti, tripanasoma, ichburug’
10. Nuqtalar o’rnini to’g’ri javoblar bilan to’ldiring.
Barcha yassi chuvalchanglarda …..
1) metamorfoz kuzatiladi; 2) ichakning keying qismi berk; 3) tanasi kutikula bilan qoplangan;
4) yopishuv organlari mavjud; 5) ayirish sistemasi rivojlangan; 6) tanasi ikki tomonlama simmetriyali
A) 4,5 B) 1,2 C) 3,4 D) 5,6
11. Hayvonlarning kelib chiqishi haqidagi noto’g’ri fikrni belgilang.
A) qadimgi koloniya bo’lib yashovchi bir hujayrali xivchinlilardan dastlab gidrasimonlar, ulardan esa
korall poliplari va meduzalar kelib chiqqan
B) erkin yashovchi qadimgi yassi chuvalchanglardan ko’ptuklilar, ulardan esa kam tuklilar kelib chiqqan
C) qadimgi ichaksiz kiprikli chuvalchanglar parazit yashashga moslashishi tufayli so’rg’ichlilar,
ulardan esa tasmasimon chuvalchanglar kelib chiqqan
D) qadimgi yassi chuvalchanglar tanasida tana bo’shlig’i va orqa chiqaruv teshigi paydo bo’lishi bilan to’garak chuvalchanglar kelib chiqqan
Do'stlaringiz bilan baham: |