Axborot ishonchligini ta’minlash
Axborotni konfidensiyalligini ta’minlashdan tashqari, gohida axborot
ishonchligini ta’minlash ham talab etiladi. Ya’ni, obyektning ishonchlik
darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning ishonchligi shunchalik yuqori va
sub’yektning xavfsizlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, u tizimga yanada
ishonchli ma’lumotni kiritishi mumkin. Mazkur model uchun yuqorida
keltirilgan qoidalarni quyidagicha o‘zgartirish kerak:
• agar sub’yektning xavfsizlik darajasida ob’yektning xavfsizlik darajasi
mavjud bo‘lsa, u holda yozish uchun ruxsat beriladi.
• agar sub’yektning xavfsizlik darajasi o’byektning xavfsizlik darajasida
bo‘lsa, u holda o‘qishga ruxsat beriladi.
2.Ma’lumot ishonchligini ta’minlash uchun axborot oqimini
boshqarish
Foydalanishni boshqarishning rolli modeli (RBAC)
RBAC usulida foydalanishni boshqarishning asosiy g‘oyasi tizimning
ishlash logikasini tashkilotda kadrlar vazifasini haqiqiy ajratilishiga
maksimal darajada yaqinlashtirilgan. RBAC usuli foydalanuvchini
axborotga ruxsatini boshqarishda uning tizimdagi harakat xiliga asoslanadi.
Ushbu usuldan foydalanish tizimdagi rollarni aniqlashni nazarda tutadi. Ro‘l
tushunchasini muayyan faoliyat turi bilan bog‘liq harakatlar va majburiyatlar
to‘plami sifatida belgilanishi mumkin. Shunday qilib, har bir ob’yekt uchun
har bir foydalanuvchini foydalanish ruxsatini belgilash o‘rniga, rol uchun
ob’yektlardan foydalanish ruxsatini ko‘rsatish yetarli.
Bunda foydalanuvchilar o‘z navbatida o‘zlarining rollarini ko‘rsatishadi. Biror rolni bajaruvchi foydalanuvchi rol uchun belgilangan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.
RBAC usulining asosiy afzalliklari quyidagilar:
1. Ma’murlashning osonligi.Foydalanishlarni boshqarishning klassik modellarida ob’yekt bo‘yicha muayyan amallarni bajarish huquqlari har bir foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhi uchun ro‘yxatga olingan bo‘ladi. Rolli modelda rol va foydalanuvchi tushunchalarini ajratish vazifani ikki qismga ajratish imkonini beradi: foydalanuvchi rolini aniqlash va rol uchun ob’yektga ruxsatini aniqlash. Ushbu yondashuv boshqaruv jarayonini sezilarli darajada
osonlashtiradi. Chunki, foydalanuvchini javobgarlik sohasini o‘zgartirganda
undan eski rolni olib tashlash va unga yangi vazifasiga mos kelidagan rolni
berishning o‘zi kifoya qiladi. Agar foydalanish huquqi bevosita
foydalanuvchi va ob’yektlar o‘rtasida aniqlansa, shu prosedura yangi
foydalanuvchi huquqlarini qayta tayinlash uchun ko‘p harakatlarni talab qiladi.
2. Rollar iyerarxiyasi.
Rollarning haqiqiy iyerarxiyasini yaratish orqali haqiqiy biznes
jarayonlarini aks ettiruvchi rollar tizimini yaratish mumkin. Har bir rol o‘z
imtiyozlari bilan bir qatorda boshqa rollarning imtiyozlariga ega bo‘lishi
mumkin. Ushbu yondashuv tizimni boshqarishni sezilarli darajada
osonlashtiradi.
3. Eng kam imtiyoz prinsipi.
Eng kam imtiyoz prinsipi tizimdagi ma’lumotlarning ishonchligini
ta’minlash uchun juda muhimdir. Bu foydalanuvchiga imkoniyatlari
orasidan faqat muayan vazifani bajarishi uchun kerak bo‘lganini berilishini
talab etadi. Buning uchun vazifa maqsadini aniqlash, uni bajarish uchun
zarur bo‘lgan imtiyozlarni to‘plash va bu asosida foydalanuvchini
imtiyozlari cheklash talab etiladi. Joriy vazifani bajarish uchun talab
qilinmaydigan foydalanuvchi imtiyozlarini rad etish tizimning xavfsizlik
siyosatini buzilishidan saqlaydi.
4. Majburiyatlarni ajratish. Tizimda foydalanishlarni boshqarishning yana bir muhim prinsiplaridan biri bu vazifalarni taqsimlashdir. Firibgarlikni oldini olish uchun bir shaxs tomonidan ko‘plab vazifalarni bajarib bo‘lmaydigan holatlar
amalda yetarli mavjud. To‘lovni yaratish va uni tasdiqlash bunga misoldir.
Shubhasiz bu amallarni bir shaxs bajara olmaydi. Rollarga asoslangan usul
esa ushbu muammoni maksimal darajada osonlik bilan hal qilishga yordam beradi.
ABAC modeli
Attributlarga asoslangan foydalanishlarni boshqarish usuli (ABAC) –
ob’yektlar va sub’yektlarning atributlari, ular bilan mumkin bo‘lgan amallar
va so‘rovlarga mos keladigan muhit uchun qoidalarni tahlil qilish asosida
foydalanishlarni boshqaradi. Qoidada har qanday turdagi attributlardan
(foydalanuvchi attributlari, resurs attributlari, obyekt va muhit attributlari va
hak.) foydalanish mumkin. Ushbu model so‘rovni, resursni va harakatni kim
bajarayotgani to‘g‘risidagi holatlar “AGAR, U HOLDA” dan tashkil topgan
qoidalarga asoslanadi. Masalan, AGAR talabgor boshqaruvchi bo‘lsa, U
HOLDA maxfiy ma’lumotni o‘qish/ yozish huquqi berilsin.
Attributlarga asoslangan foydalanishni boshqarishdagi asosiy standartlardan biri bu XACML (eXtensible Access Control Markup Language) bo‘lib, 2001 yilda ishlab OASIS (Organization for the Advancement of Structured Information Standards) chiqilgan.
XACML standartida asosiy tushunchalar bular: qoida (rules), siyosat
(policy), qoida va siyosatni mujassamlashtirgan algoritmlar (rule-combing
algorithms), attributlar (attributes) (subyekt, obyekt, harakat va muhit
shartlari), majburiyatlar (obligations) va maslahatlar (advices). Qoida
markaziy element bo‘lib, o‘zida maqsad, ta’sir, shart, majburiyat va
maslahatlarni o‘z ichiga oladi. Maqsad – bu sub’yekt ob’yekt ustida nima
harakat qilishidir (o‘qish, yozish, o‘chirish va hak.). Ta’sir mantiqiy
ifodalarga asoslangan bo‘ladi va tizim foydalanish uchun ruxsat, taqiq,
mumkin emas, aniqlanmagan holatlaridan biri bo‘lgan ruxsatni berishi
mumkin. Mumkin emas buyrug‘i mantiqiy shart noto‘g‘ri bo‘lganda
qaytarilsa, ifodani hisoblash vaqtida yuzaga kelgan xatoliklar uchun
aniqlanmagan ta’sirini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |