1. Maktabgacha ta'lim tashkiloti ishining mt vazirligi va mt bo'limlari tomonidan boshqarilishi



Download 32,65 Kb.
bet1/6
Sana06.07.2022
Hajmi32,65 Kb.
#745431
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Reja


Reja:
KIRISH
ASOSIY QISM
1.Maktabgacha ta'lim tashkiloti ishining MT vazirligi va MT bo'limlari tomonidan boshqarilishi.
2.Maktabgacha ta'lim muassasasi ishining yo'lga qo'yilishi.
3.Mudira tashkilotchi, ma'muriyatchi, yuqori malakali pedagog va unga qo'yilgan talablar.
4.MTT ta'lim-tarbiya ishlariga rahbarlik qilish.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillik yillarida respublikada talim tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yonalishlari darajasiga kotarildi. Biroq otkazilgan tahlillar maktabgacha talim sohasida olib borilayotgan ishlarning yetarli darajada emasligini korsatmoqda. Davlat maktabgacha talim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati orta maxsus malumotga ega bolib, bolalarni maktab talimiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermaydi. Bundan tashqari maktabgacha talim muassasalaridagi talim jarayonining sifati va samaradorligini baholash zamon talablariga javob berma edi. Bunday muammolarni hal etish yuzasidan koplab islohotlar amalga oshirilmoqda.
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.Bugungi kunda Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ta’lim-tarbiyasi masalasi davlatimiz, hamda yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev e’tiborida turgan dolzarb masalalaridan bir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017yil 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan edi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-sentabrdagi“Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli Qarori, 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi –faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli Qarori imzolangan. Mazkur sohani takomillashtirish maqsadida qabul qilingan dasturda maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini sifatida, bu jarayonda maktabgacha ta’lim muassasalarining bolalar huquqiy savodxonligini shakllantirishdagi o‘rni hamda, respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamolavlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi ekanligi ta’kidlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29-dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli Qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, bola huquqlariga oid meyoriy-huquqiy hujjatlar asosida ta’lim sohasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2017-yilda “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5198-sonli farmonida ham maktabgacha ta’lim muassasalarida yosh bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarni yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish kabi fikrlar ilgari surilgan.
Maktabgacha ta’lim muassasasi - murakkab tarmoq bo'lib, mudiraning undagi roli, faoliyati ko'p qirralidir. Mudira - maktabgacha ta’lim muassasasining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to'laqonli hal etishga qaratilgan. U maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur lozim-sharoitlarni ta’minlaydi. O'z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudira o'z ishida davlatimiz va Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o'z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi.Yuksakonglilik va siyosiy yetuklik, tamoyillilik, o'ziga va qo'l ostidagilarga talabchanlik - bu mudiraga qo'yiladigan asosiy talablardir.
Maktabgacha ta’lim muassasasiga bevosita rahbarhk qilish mudir tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha taiim muassasasi mudirini ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 0 ‘zbekiston Respublikasi Xalq a’limi vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari belgilangan tartibda 0‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarda uzluksiz ta'lim tizimining birinchi bosqichi, maktabgacha ta'lim Davlat jamoat tizimining asosiy bo'g'ini, jamiyatning eng muhim ijtimoiy bo'limidir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishda, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi rol o'ynaydi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkaziladi.Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari bo'lishi mumkin. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari ham Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir tomonidan amalga oshiriladi.Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo'yiladigan malaka talablari O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri: davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Yuqorida qayd etilayotgan bizning kurs ishimizda mudira- maktabgacha ta’lim muassasasasi rahbari maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiradigan vazifalari to’g’risidagi masalasini tadqiqot obyekti qilib o‘rganishdan iborat.


Download 32,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish