Kichik ma’ruza: Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq muassasa shaklida tashkil etiladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari bo‘lishi mumkin. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Muassasa o‘z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi tomonidan belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning muassasada bo‘lish vaqti muassasa ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning ovqatlanishi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari asosida amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam ko‘rsatish shtatdagi yoki sog‘liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziyalanadi.
Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida ta’lim turlari bo‘yicha litsenziya olish uchun litsenziya da’vogari quyidagi hujjatlarni davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga yuboradi:
-litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza (unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi, pochta manzili, ta’lim faoliyatini amalga oshirish joyining manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi to‘g‘risidagi roziligi va elektron manzili ko‘rsatiladi);
-yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiena normalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalari;
-pedagog kadrlar haqida ma’lumot (chet tillarini o‘rgatish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 352-son qaroriga muvofiq sertifikat talab qilinadi);
-o‘quv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari;
-ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya da’vogari tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Quyidagilar nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
-O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonun va qonunosti hujjatlariga majburiy rioya qilish;
-ta’lim-tarbiya jarayonini davlat ta’lim standartlariga (davlat talablariga), o‘quv rejalariga va ta’lim dasturlariga muvofiq tashkil etish;
-litsenziya da’vogarida litsenziyalanayotgan faoliyatni bajarish uchun mo‘ljallangan, unga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, belgilangan talablarga muvofiq binolarning (xonalarning) mavjud bo‘lishi;
-auditoriyalarni, o‘quv xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya;
-asbob-uskunalari, o‘qitishning texnik vositalari va anjomlar bilan jihozlash;
-ta’lim dasturlarining belgilangan darajasini amalga oshirish uchun o‘quv binolarini zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta’minlash;
-ta’lim dasturlarini umumiy o‘rta, kasb-hunar va oliy ta’lim davlat ta’lim standartlariga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;
-ta’limning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda bo‘lishi, ta’lim jarayonida urushni, zo‘ravonlikni targ‘ib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va ma’naviy asoslari, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risida noto‘g‘ri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlari buzib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
-iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash orqali ta’lim-tarbiyaning yuqori sifatini ta’minlaydigan qulay shart-sharoitlar yaratish;
-ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olib, o‘qitishning innovatsion shakllari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida ta’lim sohasidagi samaradorlik va natijadorlikni oshirish;
-ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami tarbiyalanuvchilar, o‘quvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda bepul o‘qishga qabul qilish;
-bitiruvchilarga belgilangan tartibda ta’lim to‘g‘risida hujjat berish.
1-toshiriq. Oilaviy va xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarining farqi va o‘xshash jihatlarini ven diagrammasi orqali ifodalang.
VEN DIAGRAMMASI
Do'stlaringiz bilan baham: |