1. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining yaratilishi Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining maqsad va vazifalari



Download 32,13 Kb.
bet2/2
Sana16.01.2022
Hajmi32,13 Kb.
#376982
1   2
Bog'liq
t ped

Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining milliy


asoslari: ta’lim - tarbiya muammolarini, muayyan millatning
milliy qadriyatlarini umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlar bilan boglagan hodda hal etish, har bir millatnint ma’naviy merosi va milliy qadriyatlariga tayangan holda milliy tarbiya masalalarini yosh avlod ongiga yetkazish mazmuni, usul, metod va tamoyillarini milliylashtirishdan iborat.

3. Pedagogika atamasi hamqadimiy bo’lib, “bola etaklovchi” degan ma’noni bildiruvchi grekcha “paydogogos” so’zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarning ko’rsatishicha, qadimgi Yunonistonda o’z xo’jayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan tarbiyachini, ya’ni qullarni “pedagog” (bola etaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus o’qitilgan va pedagoglikni o’ziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan.

Inson yaratilishi, paydo bo’lishi zahotiyoq ilm va tarbiyaviy sifatlar uning yashashi, hayot kechirishi uchun eng zaruriy shart va vositalar ekanligini anglab boradi. Shuning uchun insoniyat jamiyatning ilk ko’rinishlaridanoq tarbiya bilan shug’ullanuvchi mutaxassislarga ehtiyoj tug’ildi, desak biz tarbiyani faqatbir tomonini, ya’ni boshqalarni yana hamxususiylashtirib, agar yoshlarni tarbiyalash, desak tarbiya tushunchasiga juda hamtor qaralgan bo’ladi. Chunki tarbiya eng avvalo har bir insonni o’ziga qaratilgandir. Harbir kishi doimo hamaqliy, tarbiyaviy, jismonan takomillashib, shakllanib boradi. Ayrim kishilar bu fikrga qo’shilmasliklari mumkin. Chunki bunda jamiyatdagi o’rta, katta avlodning tarbiyasida kamchiliklar, etishmovchiliklar bor ekan-da, degan xulosa chiqarmasligi kerak. Chunki olamning moddiy-ma’naviy tuzilishi, qurilishi, uning rivoji, insonning moddiy - ma’naviy yashash sharoiti, imkoniyatlari, uning aqliy, axloqiy, jismoniy holati bilan uzviy bog’liq. Shuning uchun tabiatning inson yashashi, mavjudligi, baxtiyorligini ta’minlash imkoniyatlari, uning aqliy-axloqiy, jismoniy rivoji, o’sishiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir.

Tabiatdagi, jamiyatdgi muammolar insoniyatni ma’naviy-aqliy rivojlanishiga yo’naltirib unga õziningyangi-yangi xazinalarini ochib beraveradi.

Tarbiyani eng avvalo insonning o’ziga qaratilganligi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan butun dunyo hamjamiyati tan olgan, qadamba-qadam amalga oshirilayotgan “o’zbek modeli”da juda to’g’ri belgilandi. Dunyoda birinchi bor insonni diqqat-e’tibori uni o’zligini anglashga qaratildi. O’zligini anglash birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug’ siymoligini anglash va o’zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bõlisa, ikkinchidan uning o’ziga xos milliy-insoniy sifatlarini ochib beruvchi etnik, ma’naviy-insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Yuqorida sanab o’tilgan ikki sifat komil inson sifatning asosini tashkil etadi. Chunki komil inson sifatlarini tarbiya sohasidagi ilmlarni xulosalab, mujassamlashtirilsa, ular asosan uchta:

1. ezgu niyat, fikr:

2. ezgu so’z, xushmuomala:

3. ezgu ish, ezgu faoliyatdan iboratdir.

Shu yuqoridagi uch sifat o’qitishning, ta’lim-tarbiyaning bosh maqsadidan iboratdir. Bu bosh maqsad insonlarda, yoshlarda, mutaxassislarda komillik sifatlarini takomillashtirish, yoshlarni zamonaviy, axloqiy-amaliy o’quv, malaka, ko’nikmalar bilan qurollantira borish, mutaxassislarda har bir sohaga mos ilm, bilim, ko’nikmalar hosil qilishdan iborat bo’lgan pedagogika fanining zamonaviy fan asoslarini kengayganligini ko’rsatadi.

Pedagogika fanining predmeti, o’qitishning ta’lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan bo’lganligi uchun uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg’unligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi.

ÕzbekistonRespublikasining ta’lim qonunida -ta’lim davlat ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor deb belgilab qo’yilgan.

Ta’limning, o’qitishning vazifasi fuqarolar, yoshlarning eng asosiy Konstituciyaviy huquqlaridan biri bo’lgan har bir kishining aqliy-amaliy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojini ta’minlash, o’zi xohlagan kasbini tanlash, uni mukammal egallab, shu sohada baxtiyor faoliyat ko’rsatish uchun moddiy-ma’naviy, tarbiyaviy-didaktik shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Bu umumiy vazifadan ta’limning har bir bo’g’ini, turi va bosqichlarining o’ziga xos vazifalari kelib chiqadi.

Insonshunoslik fanlari tizimida pedagogikaning tutgan o’rni shu bilan belgilanadiki, u shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarbiyalash, ma’lumotli qilish va o’qitishi (ta’lim berishi) qonuniyatlari borasida tadqiqot ishlarini olib boradi. Shu sababli, rivojlantirish, shakllantirish, ta’lim va tarbiya, ma’lumot pedagogikaning asosiy kategoriyalari yoki tushunchalari deb ataladi.

Shaxs turli omillar ta’sirida shakllanadi. Tarbiya esa shaxsni shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi omillardan biridir. Katta yoshlilar turli vositalar va usullar orqali ma’lum maqsadni ko’zlagan holdao’z tarbiyalanuvchilarida ma’lum xislatlarni hosil qilish va rivojlantirishni xohlaydilar. Shunday qilib, tarbiya shaxsni muayyan yo’nalishda shakllantirish, kamol toptirish maqsadida turli odamlarning bir-biriga ta’sir ko’rsatadigan ijtimoiy munosabatdir.

Bu jarayonda shaxsning rivojlanishini harakatlantiruvchi kuchlar, omillar hamda tarbiyalanuvchilarning yoshi, shaxsiy xususiyatlari e’tiborga olinadi. Tarbiya jarayonida mikromuhitning ijobiy ta’siridan to’la foydalaniladi va salbiy ta’sirini zaiflashtirishga harakat qilinadi. Tarbiya bir joyda tarbiyalanuvchilarga ta’sir ko’rsatadigan barcha buginlar birlashib, ahillik bilan ishlashga erishiladi va har bir shaxs o’z-o’zini tarbiyalash qobiliyatiga ertaroq ega bo’ladi. Tarbiya aksariyat holatlarda keng ma’noda ishlatilib ta’lim, ma’lumot rivojlanish jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini hamanglatadi. Ularning natijalarini o’zida aks ettiradi.

Asosiy pedagogik tushunchalardan yana biri ta’lim, ya’ni o’qitish, bilim berish tushunchasidir. Ta’lim deganda, biz va insoniyatni ilmiy bilimlar hayot uchun zarur bo’lgan ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish qobiliyatlarini o’stirish, tafakkurlarini shakllantirish jarayonini tushunamiz. Ta’lim o’z darajasi va vazifasiga qarab maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’limi, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’limdan iborat bo’lib, ular uzluksiz ta’lim tizimini tashkil qiladi. Kelajakdagi ixtisosligidan qat’iy nazar, har bir kishi uchun bilim ko’nikma va malakalarni umumiy o’rta ta’lim maktablarda beradi. Kasb egallash uchun zarur bilim ko’nikma va malakalarni oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga qarashli o’quv yurtlarida oladilar. Ta’lim maxsus tayyorgarlik ko’rgan, pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega bo’lgan shaxslar rahbarligida amalga oshiriladigan bilim berish jarayonidir.

Ta’lim pedagoglarning (bilim berish) faoliyatidan va o’quvchi-talabalarning (bilim olish, o’qish) faoliyatlaridan iborat qo’shaloq jarayondir.

Birgalikdagi faoliyat orqali yoshlar ilmiy bilimlar bilan qurollanadi. Buning natijasida ularni ijodiy qobiliyatlari har tomonlama shakllanadi. Ma’lumot ta’lim-tarbiya jarayonining natijasi orqali to’plangan bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisi va shakllangan ma’naviy fazilatlar majmuidir.

Ma’lumot olishning to’g’ri va ishonchli yo’li davlat ta’lim standartlari bo’yicha bilim beradigan, aniq maqsadli rejalar, dasturlar asosida o’quv yurtlarida tashkil qilinadigan ta’lim-tarbiya jarayonidir.

Ta’lim, tarbiya, ma’lumot, rivojlanish, shakllanish uyg’unlashgan yagona jarayondir. Unda o’qituvchi-tarbiyachi rahbarlik qiladi. Pedagogika uzoq tarixiy jarayonda shakllanar ekan, hozirga kelib ilmiy bilimlarni mustaqilbir tarmog’i sifatida, fan sifatida shakllandi. O’zining ilmiy-nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini yaratdi. Natijada pedagogika fanlari tizimi, ya’ni uning tarmoqlari vujudga keldi. Yaqin vaqtgacha falsafaning bir tarmog’i hisoblangan pedagogikaning mustaqilyangi yo’nalishlari yaratildi. Jumladan, Pedagogika tarixi mustaqiltarmoq sifatida, Pedagogika fanining tarixan rivojlanishi o’zida aks ettiriladi. Bunda o’tmishdagi ilg’or pedagogik g’oyalarni paydo bõlishi, rivojlanishi, ularning bugungi kundagi ahamiyati, merosdan foydalanishning zaruriyati haqidafikr yuritiladi.

Pedagogika fanlari tizimida tarbiyalanuvchilarning yoshlariga qaratilgan tarmoq pedagogikalar mavjud. Jumladan: maktabgacha ta’lim pedagogikasi, umumiy ta’lim pedagogikasi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi pedagogikasi, oliy ta’lim pedagogikasi, ishlab chiqarish pedagogikasi, pedagogik menejment, davolash pedagogikasi, gerontopedagogika, harbiy pedagogika, yangi pedagogik texnologiyalar kabilardir. Bu tarmoq pedagogikalar maktabgacha ta’lim muassasalarida umumiy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy o’quv yurtlarida olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonining qonuniyatlarini o’rganadi.

Bulardan tashqari difektologiya deb ataluvchi maxsus pedagogika hamshakllandi va maxsus o’quv maskanlarida o’qituvchi, tarbiyachilar tayyorlashda surdopedagogika (soqov bolalarni o’qitish va tarbiyalashda), tiflopedagogika(ko’zi ojiz bolalarni o’qitish), oligofrenapedagogika (aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalarni tarbiyalash va o’qitish) logopediya (nutqi yaxshi rivojlanmagan bolalarni o’qitish) masalalari bilan shug’ullanadi. Pedagogika fanlari tizimining muhim tarmog’i sifatida aniq fanlarni o’qitish va o’rganishning qonuniyatlari o’rganuvchi uslubiyot fanining hamxizmatlari beqiyos kattadir. Harbir fanni o’qitishnig o’ziga xos yo’l-usullari mavjuddir. Ba’zan bu fanni xususiy metodika, ya’ni uslub deb atashlari hambejiz emas. Hozirgi kunda o’quv yurtlarida tarix o’qitish, matematika o’qitish, til o’qitish uslubiyoti fani o’qitilmoqda.

Keyingi yillarda, oila pedagogikasi, kasb-hunar ta’lim pedagogikasi, harbiy pedagogika, sport pedagogikasi kabilar shakllanmoqda. Pedagogika umumiy psixologiya, yoshlar psixologiyasi bilan uzviy bog’langan. Psixologiya shaxsning turli yoshdagi psixik rivojlanish qonuniyatlarini, ta’lim-tarbiya ta’sirida inson psixikasining o’zgarish mexanizmini tushuntiradi. Shunday ekan, ta’lim-tarbiya jarayonida pedagog tarbiyalanuvchilarning psixik rivojlanishini, shaxsiy sifatlarini o’rganish lozim. Shundagina samarali ta’sir ko’rsata oladi.

Õzbekistonmustaqillikka erishgandan so’ng o’z tarixini, jumladan pedagogika tarixini o’rganish uchun keng yo’l ochdi. O’tmishdagi pedagogik tafakkur daholarining shuhratini tiklash, ularning g’oyalarini hayotga tadbiq etishdek ulug’ ishlar amalga oshirilmoqda. Tarbiya tarixini o’rganar ekanmiz, u juda qadimiy jarayon ekanligini insoniyat butun hayoti davomida tarbiya bilan shug’ullanganligiga ishonch hosil qilamiz. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, tarbiya haqidagi g’oyalar eramizdan oldingi VI asrda shakllanganligi haqidama’lumotlar mavjud. Keyingi davrlarda pedagogik g’oyalarning shakllanishida zardushtiylik ta’limoti uning muqaddas kitobi “Avesto”da qimmatli fikrlar talqin etilgan. Kishilik tarixida islom ta’limotining tarbiya haqidagi g’oyalarining shakllanishida ahamiyati cheksizdir. Qur’oni Karim va hadisi Shariflarda, musulmon ahlining dunyoqarashi falsafasi, ma’naviyati, axloqi, e’tiqodi, har tomonlama barkamolligi kabi insoniy sifatlarni shakllantirish yo’llari bayon qilingan.

Mamlakatimizning yaqin o’tmishidagi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, rus va sovet imperiyasi ta’sirida o’zbek xalqi o’z tarixi, milliy urf-odatlari, an’ana, umuminsoniy qadriyatlarni bilish va o’rganish uchun kurashgan Fitrat, Munavvar Qori, elbek, Qodiriy qatl qilindi. Qolgan vatanparvar allomalarimiz qamaldi. Ammo qatag’onlik davrida hampedagogik merosni o’rganish to’xtamadi. Navoiy, Beruniy, Avloniy kabilarning ijodi o’rganildi, o’zbek xalq pedagogikasi yaratildi.

endi pedagogika ta’lim va tarbiyada hayot jarayonining hamma sohalarini, jabhalarini qamrab olmasa ham, u õziningkomil inson tarbiyasida juda katta asosiy imkoniyatlariga ega bo’lgan asosiy ijtimoiy fan mavqeini egallay olmagan bo’ladi. Shuning uchun hamyangi ta’lim qonunida va mutaxassislar tayyorlash milliy dasturida ta’lim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo’nalishi qilib belgilandi. Pedagogika fanining metodologiyasida, mazmunida, tarbiya nazariyasida, ta’limning tashkiliy shakllarida, komillik darajasi, sifatlarini aniqlashda katta islohiy o’zgarishlar bo’ldi. Bu o’zgarishlar yangi pedagogik texnologiyalarda o’z aksini topishi lozim.

Pedagogika fanida Barkomol avlodni shakllantirishdek ulug’vor vazifa har bir o’quv fanini o’qitishda “milliy ta’lim modeli”dan kelib chiqib, har bir mavzu, tushunchalarning ta’limiy, tarbiyaviy rivojlantiruvchi funkciyalarini olishning metodologik, tarbiya nazariyasi va amaliyoti, ta’lim nazariyasi va amaliyoti, ta’lim tizimini boshqarish, pedagogika tarixiga doir bo’limlarida asoslab beriladi.

Prezidentimiz tomonlaridan ma’naviyatni iqtisoddan ustuvor deb e’lon qilinishi milliy davlatchiligimizning, milliy mafkuramizning asosini tashkil qiluvchi ulug’vor milliy g’oya edi. Bu milliy g’oya chuqur ilmiy asoslarga ega bo’lib, juda to’g’ri tanlanganligini dunyoviy, diniy fanlar va hayot isbotlamoqda hamda butun dunyo hamjamiyati tan olmoqda.

Milliy g’oya, milliy mafkura har kungi hayot sharoitlaridan kelib chiqishi bilan birga har bir fuqaroning, davlatning, millatning istiqbolidan hamkelib chiqishini I.A. Karimov «Fidokor» gazetasining muxbiri bilan «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman» nomli muloqotlarida asoslab bergan edilar.

Ma’naviyat – arab tilidagi “ma’no” yoki “ma’naviyatun”, “ma’noi g’oya” so’zlaridan olingan bo’lib, “ruhiy holat” degan ma’noni anglatadi.

G’oya-insonlarning ezgu niyatlar, fikri asosidagi amalga oshirilayotgan jarayonlar, ishlar, istiqbol rejalari, tamoyillaridan iborat.

Mafkura – muayyan tuzum davrida insonlarni davlat, jamiyat o’z-o’ziga, xalqi, olamga munosabatlari va ular rivojining ma’naviy-ilmiy tizimidan iborat.

4.S.L.Rubinshteyn, O. K, Tixomirov va boshqalarning ishlari bag'ishlangan. Ikkinchidan, 

P.  Ya.  Galperin,  Ya.I.Grudenov,  Z.  I.  Kalmikov,Yu.  M.  Kolyagin,  V.  A.  Kruteskiy, 

A.M.Matyushkin,  Z.  I.  Slekan,N.  F.  Talizina,  L.  M.  Fridman  vaboshqalar 

o'zishlaridao'rganganlar. 

Psixologik,  pedagogik  tadqiqotlarni  ko'rib  chiqib  shunday  xulosa  mumkinki,  bolalarda 

matematik  tushunchalarni  shakllantirish  tarbiyachi  (pedagog)  rahbarligida,  maqsadli 

tashkil  qilingan  faoliyat  jarayonida  samarali  rivojlanadi.  Tarbiyachi  (pedagog) 

rahbarligida  ta'lim  jarayonida  umumiylashtirish,  fikrlash,  mantiqiy  bog'lash  bilimlari 

rivojlanadi va bu pedagogik jarayonda o'z aksini albatta topadi. 

Maktabgacha  ta'lim  jarayonida  bunday  sharoitlarning  yaratilishi  masalani  yechishda 

o'rganilayotgan  bilimlarni  mustahkamlash,  masalani  mustaqil  yechish  ko'nikmasini 

rivojlantirish,  muammoni  yaqindan  ko'ra  bilish va uni yecha olish,  olingan natijalardan 

masalani yechish jarayonida foydalanishni bilish uchun imkon yaratadi. 

Ushbu  masalani  yechishda  psixologlarning  birlamchiligi  shundaki,  bolada  matematik 

tushunchalarni shakllantirish maxsus psixologik qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi. 

Ammo  matematik  tushunchalar  inson  bilan  birga  tug'ilmaydi.  Bolalarda  shu 

xususiyatlarni tarbiyalashda maktabgacha ta'lim katta ahamiyat kasb etishi kerak. 

Fan-texnika va hayotning zamonaviy rivojlanish darajasi maktabgacha ta'lim oldiga o'sib 

kelayotgan  yosh  avlodlarga  ta'lim-tarbiya  berish  jarayonini  uzluksiz  takomillashtirish 

vazifasini  qo'yadi.  Psixologlar,  pedagoglar  va  metodistlar  tajribali  o'qituvchilar  bilan 

birgalikda  matonat  bilan  darsni  tashkil  etish  yo'llari,  shakllari  hamda  uslublarini 

izlashmoqda, bilim va ko'nikmalar sifatini ko'tarish sharoitlari ishlab chiqilmoqda. 

Ta'lim-tarbiya sifatini kuchaytirish talablarini qo'yayotganda yosh avlod bilan matonatli 

xizmat qilish muhimdir, maktabgacha ta'lim faqatgina aniq bilimlar hajmini belgilabgina 

qolmay,  balki  o'zlashtirilgan  bilimlar  olingan  natijalar  asosida  bolalarda  matematik 

tushunchalarni rivojlantirishdan iboratdir.  

M.  A.  Danilov,  L.  V.  Zankov  va  boshqalarning  tadqiqotlarida  bolaning  o'quv  faoliyati 

qulay  sharoitda,  ularning  aqliy  faoliyatini  rivojlantirishning  turli  fanlardan  foydalangan 

holda  kechadi.  Demak,  ta'lim  uslublari  boladagi  ijodiy  faoliyatni  rivojlantirish  uchun 

matematik  tushunchalarni  shakllantirishga  qaratilishi,  ishning  turli  uslublarini 

mujassamlashtirishi lozimdir. 

 

Bolada  matematik  tushunchalarni  shakllantirish  masalasiga  Yu.  M.Kolyagin,  Yu.  I. 



Kulyutkin,  L.M.Fridman,  psixologlar,  pedagoglar  va  slubchilar  K.  Dunker,  J.Piaje,  J. 

Poyalarningmashhur tadqiqotlari katta ahamiyatga ega. 

 

Bolalardagi  matematik  tushunchalarni  rivojlantirishning  psixologik  abiatining 



o'rganilishi,  asosiy  qismlarining  aniqlanishi,tushunchalarni  hakllantiruvchi  umumiy 

shartlarini chuqurroq o'rganishga imkon yaratadi. 

 

Psixologik,  pedagogik  tadqiqotlarni  ko'rib  chiqib  shunday  xulosa  qilish  mumkinki, 

bolalarda  matematik  tushunchalarni  shakllantirish  tarbiyachi  (pedagog)  rahbarligida, 

maqsadli tashkil qilingan faoliyat jarayonida samarali rivojlanadi. Tarbiyachi (pedagog) 

rahbarligida  ta'lim  jarayonida  umumiylashtirish,  fikrlash,  mantiqiy  bog'lash  bilimlari 

rivojlanadi va bu pedagogik jarayonda o'z aksini albatta topadi. 

Maktabgacha  ta'lim  jarayonida  bunday  sharoitlarning  yaratilishi  masalani  yechishda 

o'rganilayotgan  bilimlarni  mustahkamlash,  masalani  mustaqil  yechish  ko'nikmasini 

rivojlantirish, muammoni yaqindan ko'ra bih'sh va uni yecha olish, olingan natijalardan 

masalani yechish jarayonida foydalanishni bilish uchun imkon yaratadi. Ushbu masalani 

yechishda  psixologlarning  birlamchiligi  shun-daki,  bolada  matematik  tushunchalarni 

shakllantirish  maxsus  psixologik  qonuniyatlar  asosida  amalga  oshiriladi.  Ammo 

matematik  tushunchalar  inson  bilan  birga  tug'ilmaydi.  Bolalarda  shu  xususiyatlarni 

tarbiyalashda maktabgacha ta'lim katta ahamiyat kasb etishi kerak. 

Fan-texnika va hayotning zamonaviy rivojlanish darajasi maktabgacha ta'lim oldiga o'sib 

kelayotgan  yosh  avlodlarga  ta'lim-tarbiya  berish  jarayonini  uzluksiz  takomillashtirish 

vazifasini  qo'yadi.  Psixologlar,  pedagoglar  va  metodistlar  tajribali  o'qituvchilar  bilan 

birgalikda  matonat  bilan  darsni  tashkil  etish  yo'llari,  shakllari  hamda  uslublarini 

izlashmoqda, bilim va ko'nikmalar sifatini ko'tarish sharoitlari ishlab chiqilmoqda. 

Ta'lim-tarbiya  sifatini  kuchaytirish  talablarini  qo'yifmganda  yosh  avlod  bilan  matonatli 

xizmat qilish muhimdir, maktabgacha ta'lim faqatgina aniq bilimlar hajmini belgilabgina 

qolmay,  balki  o'zlashtirilgan  bilimlar  olingan  natijalar  asosida  bolalarda  matematik 

tushunchalarni rivojlantirishdan iboratdir. 

M.  A.  Danilov,  L.  V.  Zankov  va  boshqalarning  tadqiqotlarida  bolaning  o'quv  faoliyati 

qulay  sharoitda,  ularning  aqliy  faoliyatini  rivojlantirishning  turli  vositalardan 

foydalangan  holda  kechadi.  Demak,  ta'lim  ushiblari  boladagi  ijodiy  faoliyami 

rivojlantirish  uchun  matematik  tushunchalarni  shakllantirishga  qaratilishi,  ishning  turli 

uslublarini mujassamlashtirishi lozimdir. 

Bolada  matematik  tushunchalarni  shakllantirish  masalasiga  Yu.  M.Kolyagin,  Yu.  I. 

Kulyutkin,  L.M.Fridman,  psixologlar,  pedagoglar  va    slubchilar  K.  Dunker,  J.Piaje,  J. 

Poyalarning mashhur tadqiqotlari katta ahamiyatga ega. 

Bolalardagi  matematik  tushunchalarni  rivojlantirishning  psixologik  tabiatining 



o'rganilishi,  asosiy  qismlarining  aniqlanishi,  tushunchalarni  shakllantiruvchi  umumiy 

shartlarini chuqurroq o'rganishga imkon yaratadi. 
Download 32,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish