4-variant
1. Maktabgacha pedagogika fanining barkamol inson tarbiyasidagi o‘rni.
2. Maktabgacha ta’limga doir farmon, qaror va farmoishlarni sohaga keng tatbiq
etish usullari.
3. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standartini 4- bobi 1-ilovasi “Ilk
va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat
talablari” ni mazmun mohiyatini yoriting.
4. 3-savol yuzasidan taqdimot tayyorlang.
1.Inson tarbiyasi insonning о‘zp kabi qadimiy va keng qamrovlidir. Shu sababli insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bulib, ajdodlarimiz ma’rifat va madaniyatni yosh avlodga о‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yullari, qonun - qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat, insonniig ma’rifatliligi va ma’naviy komilligiga erishishi ishlari pedagogika fani yetakchiligida amalga oshiriladi.Demak, pedagogika fani kishiga har tomonlama tarbiya berish, har bir shaxsni hamma yosh davrlarida uygun rivojlantirish qonuniyatlari tо‘grisidagi fandir. Shu bois, podagogika fani insonni har tomonllma tarbiyalash haqidagi fan bulib, tarbiya sohasidagi jamiyat talablarini amalga oshirish yо‘lida xizmat qiladi.Maktabgacha perdagogika esa bola tugilganidan to yetti yoshigacha har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlariii о‘rganadi va bog‘cha sharoitida talim - tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, metodi va shakllarini ishlab chiqadi.Inson tarbiyasiga oid qonunlar dastlab xalk ogzaki ijodida: ertak, qissa pandnoma, maqol va matal kabilarda, keyinroq yozma yodgorliklarda, hadislarda asoslab berilgan.Ta’lim - tarbiya ishlarining takomillashib borishida Sharq va G‘arbniig qomusiy olim va pedagoglarining о‘rni kattadir. Markaziy Osiyolik mashhur allomalar: Muhammad al Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Furqat, Abdulla Avloniy kabi jahon tan olgan mutafakkirlar о‘zlarining qator asarlarida ta’lim - tarbiyaga katta e’tibor bilan qaraganlar.Faylasuf olim Forobiy о‘zining «Fozil shahar kishilarining qarashlari» asarida tarbiya orqali iisonga beriladigan 12 fazilatni sharhlab beradi.Abdulla Avloniy esa, tarbiya haqida g‘oyat ibratli fikrlarii bildiradi. "Pedagogika, - Abdulla Avloniyning yozishicha, - bola tarbiyasining fani, demakdir". «Dars ila tarbiya, ikkisi jon ila tan kabidir», «Dars oluvchi - biluvchi, tarbiya oluvchi - amal kiluvchidir». Bu yerda pedagogika faniga qisqa va lо‘nda ta’rif berib, ta’lim bilan tarbiyani esa jon bilan tanga о‘xshatib, ularni bir - biridan ajratib tushunish mumkin emasligini yorqin ifodalab bergan. Avloniyning ta’kidlashicha. tarbiyani yoshlikdan berish nihoyatda zarur, Bolaga avvalo kichik yoshdan boshlab, ota-ona tarbiya beradi, keyin tarbiya bilan butun jamoatchilik shugullanadi, chunki bunda , inson taqdiri hal etiladi deydi.Demak, pedagogikaning bosh masalasi tarbiya sanaladi. Tarbiya jarayonida esa bolaning ongi, his - tuygulari shakllanadi. Eng muhimi ijtimoiy hayot uchun zarur bо‘lgan va ijtimoiy munoabatlarga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil buladi.Maktabgacha ta’lim pedagogikasi bolalarning, yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularniig har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Maktabgacha tarbiya muassasalari ham bolalarni har tomonlama tarbiyalaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr bulib, xuddi mana shu davrda bolaning jismoniy, axloqiy, mehnat, estetik rivojlanishiga poydevor bо‘ladi."Maktabgacha ta’lim pedagogikasi" fani, "Podagogika" fanining bir qismi bо‘lib, о‘zining nazariy, ilmiy va amaliy asoslariga ega.Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining nazariy asoslari, yosh avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan, ta’lim - tarbiya borasida yaratilgan tajribalarga, nazariy va metodik manbalarga, Urta Osiyo va jahon tan olgan buyuk mutafakkir olimlarning asarlari va ta’lim - tarbiyaning umumiy qonuniyatlariga asoslanadi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining milliy
asoslari: ta’lim - tarbiya muammolarini, muayyan millatning
milliy qadriyatlarini umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlar bilan boglagan hodda hal etish, har bir millatnint ma’naviy merosi va milliy qadriyatlariga tayangan holda milliy tarbiya masalalarini yosh avlod ongiga yetkazish mazmuni, usul, metod va tamoyillarini milliylashtirishdan iborat.
2. PREZIDENT FARMON VA QARORLARI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori (№PQ-4312-son 08.05.2019)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori (№PQ-4273-son 09.04.2019)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori (№PQ-3955-son 30.09.2018)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2018 yilda maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash manzilli dasturi to‘g‘risida"gi qarori (№PQ-3822-son 02.07.2018)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori (№PQ-3651-son 05.04.2018)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori (№PQ-3571-son 28.02.2018)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni (№PF-5198-son 30.09.2017)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori (№PQ-3305-son 30.09.2017)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori (№PQ-3276-sоn 15.09.2017)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori (№PQ-3261-son 09.09.2017)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori (№PQ-3183-son 09.08.2017)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori (№PQ-2707-son 29.12.2016)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori (№PQ-1875-son 10.12.2012)
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PF – 5198-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish sharoitlarini yaratish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi shakllarini joriy etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida:
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
2017 — 2021-YILLARDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Quyidagilarni o‘z ichiga olgan Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017 — 2021-yillarga mo‘ljallangan dastur (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi):
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017 — 2021-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga* muvofiq;
2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning asosiy parametrlari, moliyalashtirish hajmi va manbalari 2, 3-ilovalarga* muvofiq;
2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli guruhlarni tashkil qilishning asosiy parametrlari 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Dasturning asosiy maqsadli vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish;
maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
maktabgacha ta’lim muassasalarida 5-6 yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha 6100 ta qisqa muddatli guruhni tashkil etish;
zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirish;
2200 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan qishloq joylarda maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va multimediali vositalar bilan ta’minlash.
3. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017 — 2021-yillarga mo‘ljallangan dasturning bajarilishini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Respublika komissiyasi deb yuritiladi) tarkibi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 5-ilovalar berilmaydi.
Respublika komissiyasi (A.N. Aripov) Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan mas’ul bo‘lgan vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirishni, belgilangan tadbirlarning to‘liq va sifatli bajarilishi hamda asosiy parametrlarga erishilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirsin.
Respublika komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taqdimnomasi bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli ro‘yxatiga tasdiqlangan asosiy parametrlar doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shuningdek o‘yin maydonchalari, bolalar ayvonlari qurish va ularning hududini o‘rash maqsadlari uchun — O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasidagi mablag‘lar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
maktabgacha ta’lim muassasalari hududini obodonlashtirish va ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining mablag‘lari;
maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash uchun — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va donor mamlakatlar mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining xarajatlar smetasida Dasturni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larning ta’lim sohasiga har yilgi ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida alohida satr bilan ajratilishini nazarda tutsin.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
5. Belgilansinki:
maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish namunaviy loyihalar bo‘yicha amalga oshiriladi;
maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi vazifasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi zimmasiga yuklatiladi;
maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash, mol-mulkidan samarali foydalanish hamda malakali kadrlar bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi buyurtmasi asosida “ToshuyjoyLITI” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda xorijiy tajribadan va mamlakatimizning iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, yangidan qurilishi belgilangan quvvati 70 va 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarining namunaviy loyihasini ishlab chiqsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Dastur doirasida maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
buyurtmachilar bilan pudratchilar o‘rtasidagi shartnoma majburiyatlarining bajarilishi, jumladan tasdiqlangan namunaviy loyihalarga muvofiq bajariladigan loyiha va qurilish-montaj ishlariga qo‘yiladigan talablarga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq, tasdiqlangan maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning asosiy parametrlari samarali va sifatli bajarilishini ta’minlash;
har yili O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi loyihasi va qurilishning manzilli ro‘yxatini shakllantirishda yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hamda ularni zaruriy jihoz va inventarlar bilan ta’minlashning moliyalashtirish hajmini aniqlagan holda, maktabgacha ta’lim muassasalarining aniq soni va ro‘yxatini belgilash choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari zimmasiga quyidagilarni amalga oshirishda shaxsiy mas’uliyat yuklatilsin:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash manzilli ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar bo‘yicha tanlov (tender) savdolarini o‘z vaqtida o‘tkazish;
maktabgacha ta’lim muassasalarida qurilish-montaj ishlarining bajarilishi va foydalanishga topshirilishida tasdiqlangan namunaviy loyiha, shaharsozlik normalari va qoidalariga qat’iy rioya qilish.
9. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 29-dekabr,
PQ-2707-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 1-son, 11-modda, 35-son, 923-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
3. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYANING DAVLAT STANDARTINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga samarali ta’lim-tarbiya berish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat standartining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari;
maktabgacha ta’limning namunaviy o‘quv rejasi;
davlat standartini joriy etish hamda unga rioya etilishini nazorat qilish;,
davlat standartining tarkibiy qismlari, jumladan:
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari;
maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar to‘plami, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash me’yorlari.
2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tizimdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun markazlashtirilgan holda jihozlarni xarid qilish bo‘yicha komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-dekabr,
802-son
4-bob. Davlat standartining tarkibiy qismlari
8. Davlat standartining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (1-ilova);
Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi (2-ilova);
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar to‘plami, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash me’yorlari (3-ilova).
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to‘laqonli va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishdagi gigiyenik talablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish-loyihalash ishlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qo‘yiladigan talablar tegishli qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
9. Maktabgacha ta’limning namunaviy o‘quv rejasi (keyingi o‘rinlarda — namunaviy o‘quv reja) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning nomi, eng kam (minimal) hajmi va ularning yoshi bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.
10. Namunaviy o‘quv reja maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |