1. Madaniy-ma`rifiy muassasalar faoliyati. Badiiy-ommaviy tadbirlarning afzalligi negizi



Download 29,27 Kb.
bet2/5
Sana15.02.2022
Hajmi29,27 Kb.
#449818
1   2   3   4   5
Bog'liq
Muxlisa

Ommaviylik va ixtiyoriylik printsipi. Madaniy-ma`rifiy muassasalarda tashkil qilingan tadbirlarga kelish ixtiyoriydir. Tadbirlarga hech kimni majbur qilib qatnashtirib bo`lmaydi. Mehnatkashlar ko`ngliga yoqqan tadbirlarni tanlashlari va ularning qatnashchilari bo`lishi mumkin. Tadbirlar ommabop va hamma uchun qiziqarli bo`lmog`i shart. Bunga erishish uchun tashkil qilinadigan tadbirlar yuqori saviyada hamda aholinnng asosiy ma`naviy ehtiyojlari va talablariga javob beradigan bo`lmog`i lozim.

  • Jamoatchilikning tashabbuskorligi va havaskorligi printsipi. Tadbirlar faqat mahalliy aholi uchun va ularning ishtiroki bilan tashkil qilinadi. Professional kollektivlarda tomoshalar professional ijrochilar – aktyorlar, solistlar, raqqosalar bilan tayyorlansa, madaniy-ma`rifiy muassasalarda tadbirlarning qatnashchilari, a`zolari, asosan, jamoatchilik tashabbuskorlari va havaskorlardan tashkil topadi. SHuning uchun ham tadbirni uyushtirishda halq orasidan chiqqan tashabbuskor kishilarni hamda badiiy havaskorlik kollektivlarining a`zolarini keng jalb qilmoq va ularning faoliyatidan samarali foydalanmoq kerak.

  • SHaxsning ma`naviy qiyofasini boyitish va o`stirish printsipi. Ma`lumki, kishi asosiy ish jarayonida va undan tashqari vaqtda o`zining ehtiyojini har tomonlama qondira olmaydi. Bu borada madaniy-ma`rifiy muassasalar, jumladan, ularda o`tkaziladigan rang-barang tadbirlar ham yordam berishi mumkin. Buning uchun aholining asosiy ishdan tashqari bo`sh vaqtlarida qaysi faoliyat bilan shug`ullanishi, qanday sohalarga qiziqishi va nimalarga ehtiyoji borligini aniqlab, muayyan talablar asosida, maxsus tadbirlar tashkil qilish lozim.

  • Axborot va badiiylikni (informatsion mantiq va emotsional obrazlilikni) uyg`unlashtirish printsipi. Madaniy-ommaviy tadbirlarda ommaga ma`lum darajada axborot va bilim beriladi. Ular aholini ko`proq qiziqtirish uchun tushunarli, badiiy barkamol va ta`sirchan bo`lishi kerak. Buning uchun tadbirda axborotni ko`proq badiiy-emotsional obrazli shaklda, ta`sirchan vositalardan keng foydalangan holda ommaga etkazish lozim.

  • Dam olish jarayoni mazmunini go`zallashtirish printsipi. Tadbirlar, asosan, mehnatkashlarning asosiy ishidan holi vaqtida tashkil qilinadi hamda ularga maxsus dam olish shakllari havola etiladi. Mehnatkashlarning yaxshi hordiq chiqarishi uchun tadbirlarni estetik boyitish, go`zallik qonunlari asosida uyushtirish lozim. Tadbir o`tkaziladigan joyni ham, uyushtirilayotgan tadbir shaklining o`zini ham, undagi mazmun, harakat va so`zlarni hyam ko`rkam, go`zal, badiiy-estetik bezash katta samara beradi.

    YUqorida qayd etilgan umumideologik va madaniy-ma`rifiy ishlarning o`ziga xos printsiplarini ijodiy o`zlashtirish badiiy-ommaviy tadbirlar tashkilotchilari uchun bosh ilmiy qurol bo`lib xizmat qiladi.
    Badiiy-ommaviy tadbirlarning asosiy funktsiyalari ularning umumiy va o`ziga xos printsiplari asosida vujudga keladi.
    «Funktsiya» deganda, biron muassasaning, kimsaning yoki narsaning faoliyat doirasida bajariladigan vazifalarini tushunamiz.
    Har bir davlat muassasaning o`ziga xos bajaradigan ish doirasi mavjud bo`lganidek, madaniy-ma`rifiy mussasalarning ham o`ziga xos shug`ullanadigan faoliyati va vazifalari bor. Badiiy-ommaviy tadbirlar madaniy-ma`rifiy muassasalarning asosiy sohalaridan biri bo`lgani uchun, eng, avvalo, ularning funktsiyalari o`ziga xos tartibda ijodiy yondashilgan holda bajarilmog`i lozim.
    Madaniy-ma`rifiy muassasalar o`z ish faoliyatida quyidagi asosiy funktsiyalarni (vazifalar) bajaradi:

    • Ommaga uzluksiz ta`lim berish, ularning bilimini doimiy va muntazam oshirish.

    • Ommani havaskorlik ijodiga jalb qilish, ularning madaniy ijtimoiy aktivligini va tashabbuskorligini oshirish.

    • Mehnatkashlarning dam olishini mazmunli uyushtirish.

    Bu funktsiyalar madaniy-ma`rifiy muassasalarning barcha faoliyatlari va sohalari uchun umumiydir. Lekin uning har bir faoliyatida bu funktsiyalardan o`ziga xos tarzda foydalaniladi. Ba`zi bir faoliyatda masalan, xalq universiteti faoliyatida lektsiyani og`zaki agitatsiya va propaganda ishlarini uyushtirishda birinchi funktsiya boshqa xil faoliyatda (masalan, havaskorlik ijodini rivojlantirishda), ikkinchi funktsiya, yana ba`zi birlarida, jumladan, badiiy-ommaviy tadbirlarni tashkil qilishda uchinchi funktsiya muhim o`rin tutadi.
    Bu funktsiyadan badiiy-ommaviy tadbirlarda, uning mohiyatidan kelib chiqib, o`ziga xos tartibda foydalaniladi. Ular quyidagicha:

    1. Mehnatkashlarning dam olishini tashkil qilish funktsiyasi. Ma`lumki, mehnatkashlar ommaviy tadbirlarga ko`pincha ishdan keyin charchagan holda kelishadi. SHu sababli barcha tadbirlar ular uchun mazmunli dam olish vazifasini o`tashi kerak. Agar barcha tadbirlar ommaning dam olishi, badiiy-estetik zavq olishi uchun sharoit yaratib bersa, maqsadga muvofiq ish qilindi, deb aytish mumkin.

    Madaniy-ma`rifiy muassasalarning boshqa funktsiyalari, ya`ni ommaga bilim berish hamda havaskorlik ijodini tashkil qilish kabi ommaviy tadbirlarda mehnatkashlarning dam olishiga bevosita bog`liq holda olib boriladi.

    1. Ommaga axborot va bilim berish funktsiyasi. Bu o`ziga xos funktsiya madaniy-ma`rifiy muassasalarning faoliyatiga xos birinchi funktsiyaning ommaviy tadbirlarga moslab o`zgartirilgan ko`rinishidir. Badiiy-ommaviy tadbirlarda uzluksiz sistemali ta`lim va bilim berish murakkab jarayondir.

    Uzluksiz ta`lim berish jarayonini og`zaki agitatsiya va propagandaga xos shakllar, jumladan, xalq universiteti mashg`ulotlari, lektoriylar, tematik o`qishlar vositasida bajarish mumkin. Bu vazifani badiiy-ommaviy tadbirlarning shakllaridan biri – og`zaki jurnallar ham bajarishi mumkin, qolgan barcha madaniy-ommaviy tadbirlarda mavzuga xos axborot va bilim berish mumkin. Badiiy-ommaviy tadbirlarda axborot va bilim berish jarayonining eng asosiy talabi shundaki, unda siyqasi chiqqan, hammaga ma`lum bo`lgan bilimlardan qochib, yangi va original axborotlardan foydalanish kerak. Bunday ma`lumotlardan foydalanish uchun maxsus spravochniklar, entsiklopediyalar hamda muassasa, kolxoz-sovxoz va shaxsiy arxiv materiallariga murojaat qilib, ular asosida tadbir tayyorlanishi yaxshi samara beradi.

    Download 29,27 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish