1. lavozim kasb faoliyatiga bogʻliq qonunchilik sohasi


AMALIYOTDA KOʻP UCHRAYDIGAN MUAMMOLI HOLATLAR (KAZUSLAR)



Download 309,5 Kb.
bet11/12
Sana14.06.2022
Hajmi309,5 Kb.
#668517
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
savollarishakirishlotincha

3. AMALIYOTDA KOʻP UCHRAYDIGAN MUAMMOLI HOLATLAR (KAZUSLAR)

1. Fuqaro A. 2015-yilda vafot etgandan soʻng unga tegishli Toshkent shahar, Sergeli tumani, A.Z. koʻchasi, 1-uy ushbu mol-mulkka nisbatan merosxoʻrlar topilmaganligi sababli qarovsiz qolib ketgan. Tuman hokimi fuqaro A.ga tegishli boʻlgan uyni egasiz mulk deb topish hamda uni davlat hisobiga oʻtkazish haqida qaror qabul qildi.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

2. Arizachi “Alisher chorva” fermer xoʻjaligi nomidan ish yurituvchi A.O. tuman hokimining 2018-yil 27-dekabrdagi qarorini bekor qilishni soʻrab tuman maʼmuriy sudiga ariza kiritgan. Biroq, sud mazkur ariza fermer xoʻjaligi rahbari tomonidan shaxsan imzolanmaganligi sababli ish yuritishni tugatgan.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

3. Fuqaro I.E olti oy davomida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullangan. Soliq organi tomonidan bu holat aniqlangach, roʻyxatdan oʻtib oʻz faoliyatini davom ettirdi. Bir yildan soʻng soliq organi yakka tartibdagi tadbirkor I.E faoliyatini tekshirdi va kamchiliklarni aniqladi. Soliq inspektori agar I.E homiylikka va boshqa tadbirlarga jalb etib turilishiga rozi boʻlsa, ushbu kamchiliklarni rasmiylashtirmasligini bildirdi.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

4. Fuqaro S.A oʻzining ishdan boʻshatilganligini gʻayriqonuniy deb hisoblab, ishga tiklanish maqsadida sudda oʻzi oldin ishlagan tashkilotga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatdi. Xususan, fuqaro S.A. 2019-yil 5-sentyabrda tashkilot maʼmuriyatiga oʻz xohishi bilan ishdan boʻshashi haqida ariza yozgan. Biroq, fuqaro S.A. keyinchalik bu fikridan qaytib 2019-yil 10-sentyabrda arizasini qaytarib olish maqsadida tashkilot maʼmuriyatiga qayta murojaat qilganda, maʼmuriyat uning arizasini olishni rad etib, 2019-yil 9-sentyabrda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi toʻgʻrisida buyruq chiqarib yuborilganligini maʼlum qilgan.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

5. Fuqaro D.J. tuman adliya boʻlimiga murojaat qilib, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organida tuzilgan maxsus komissiya unga moddiy yordam toʻlashdan bosh tortayotganligini maʼlum qilgan. Aniqlanishicha, maxsus komissiya fuqaro D.J. oilasini oʻrtacha oylik jami daromad miqdorini aniqlashda mulkiy daromadlar, chet elda ishlaydigan yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan oila aʼzolaridan pul tushumlari summasi hamda “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida mikrokredit olingan sanadan boshlab oxirgi 12 oy mobaynida oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirishdan olingan daromadlarni ham oilaning jami daromadiga kiritgan.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

6. Fuqaro Sh.A. viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilib, chin yetim boʻlishiga qaramasdan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan fiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bepul tibbiy xizmat olish uchun order berilmayotganligini bildirdi.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

7. Tuman hokimi tomonidan “Dehqon bobo” fermer xoʻjaligi rahbari A.J.ning arizasiga asosan fuqaro I.L.ga fermer xoʻjaligining huquq va majburiyatlarini oʻtkazish boʻyicha tegishli qarori qabul qilingan. Biroq, oradan koʻp oʻtmay “Dehqon bobo” fermer xoʻjaligi rahbari A.J.ning oʻgʻli tuman adliya boʻlimiga murojaat qilib, “Dehqon bobo” fermer xoʻjaligi boʻyicha huquq va majburiyatlar fuqaro I.L.ga oʻtkazilishi noqonuniy boʻlganligi sababli, tuman hokimining qarorini bekor qilishda amaliy yordam soʻragan?


Vaziyatga huquqiy baho bering.

8. “OMAD” MCHJ oʻziga qarashli transport vositasida jamiyatning haydovchisi tomonidan sodir etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi (avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali) yuzasidan MCHJga nisbatan jarima qoʻllanilganligidan norozi boʻlib adliya organlariga murojaat qildi.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

9. Fuqarolar Raxmatov va Shermatovlar Alijon ismli qoʻshnisi tomonidan kichik ariqcha uning hovlisidan oʻtganligi sababli toʻsib qoʻyilganligi, buning natijasida xonadonlaridagi ekinlarni sugʻorish imkoni yoʻqligidan norozi boʻlib fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat qilishdi.


Fuqarolar Raxmatov va Shermatovlarning sudga kiritgan daʼvosi yuzasidan huquqiy baho bering.

10. Fuqaro “B” oʻziga dehqonchilik qilish uchun ajratilgan yer maydoniga yakka tartibdagi uy-joy qurishga hokimiyat tomonidan toʻsqinlik boʻlayotganligidan norozi boʻlib sudga murojaat qilgan.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

11. Fuqaro Yunusobod tuman maktabgacha taʼlim boʻlimida ishlovchi I.Pardayeva 2019-yil 8-dekabr kuni homiladorlik taʼtiliga chiqqan. Homiladorlik davrida ikki nafar farzand koʻrgan. Maktabgacha taʼlim mudirasi fuqaro I.Pardayevaga 56 kalendar kun muddati bilan tugʻish taʼtili bergan. Fuqaro I.Pardayeva mazkur holatdan norozi boʻlib tuman adliya boʻlimiga murojaat qilgan.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

12. Tadbirkorlik subyekti nodavlat taʼlim faoliyati xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya olish maqsadida vakolatli organga murojaat qildi. Biroq, vakolatli organning masʼul xodimi mazkur tadbirkor tomonidan hujjatlar toʻgʻri va toʻliq taqdim etilganiga qaramasdan, tadbirkor ilgari surgan gʻoya va maqsadlarni oʻrganib chiqib, litsenziya berish maqsadga muvofiq emasligini taʼkidlab litsenziya berishni rad etdi.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

13. 2019-yil oktyabr oyida fuqaro R.Rashidov saylov uchastkasiga murojaat qilib oʻzini saylovchilar roʻyxatiga kiritib qoʻyishini soʻraydi. Uchastka raisi unga aniq saylovchilar miqdori bor ekanligini, saylovchilar roʻyxatga olingan vaqtda u yashash joyida boʻlmaganligi tufayli kiritilmaganligini taʼkidlaydi. Oʻz navbatida, R.Rashidov bir kun avval Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlganligini va barcha fuqarolar kabi saylovda ishtirok etish huquqiga egaligini aytib oʻtdi. Saylov uchastkasi raisi R.Rashidov bildirgan vajlarga eʼtibor qaratmasdan, roʻyxatga olish jarayoni yakunlanganligini va roʻyxat yuqori turuvchi komissiyaga taqdim etilganligini maʼlum qildi. R.Rashidov yuzaga kelgan holat boʻyicha sudga shikoyat arizasi bilan murojaat qildi.


Vaziyatga huquqiy baho bering.
14. “Maxsud” xususiy korxonasi direktori Maxsud Amirov betobligi tufayli korxona faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlmay qoldi. Korxonani vaqtincha boshqarish vazifasini buyruq asosida korxona bosh buxgalteri Daliboyev Xusanboyga yukladi. Ammo korxona yuriskonsulti Jamshid Choriyev bu noqonuniy ekanligi, xususiy korxonani faqatgina xususiy korxona direktorining oʻzi boshqarishi lozimligini, direktorning yuqoridagi buyrugʻi bosh buxgalter Daliboyev Xusanboyning korxona direktori vazifasini vaqtinchalik bajarishi uchun asos boʻla olmasligini taʼkidladi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.

15. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishni maqsad qilgan fuqaro A.Karimov tomonidan 2019-yil yanvarda yagona taʼsischi boʻlib “FAYZ” MCHJ tashkil etdi. Olti oy muddat oʻtganidan soʻng, yaʼni 2019-yil iyulda jamiyatning ustav fondini koʻpaytirish maqsadida belgilangan tartibda yangi ikki nafar ishtirokchi jamiyatga qabul qilindi. Oradan bir yil oʻtgach jamiyatning taʼsischisi boʻlgan A.Karimov jamiyat taʼsischilar safidan chiqmoqchiligini maʼlum qildi.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

16. D.D 2014-yil yanvar oyidan elektr payvandlash korxonasida mexanik boʻlib ishlab keladi. D.D oʻtgan muddat davomida mehnat sharoitlari yetarli taʼminlanmaganligi sababli mehnat shartlarini oʻzgartirish haqidagi korxona rahbariga murojaat qildi. Uning murojaati esa “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan muddatlarda koʻrib chiqdi. D.D bundan norozi boʻlib, mehnat inspeksiyasiga murojaat qildi.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

17. Fuqaro G.G paxta tozalash zavodiga operator boʻlib ishga kirdi. Ish beruvchi bilan xodim oʻrtasida muddatli mehnat shartnomasi tuzildi. Muddatli mehnat shartnomasi tugagandan soʻng ish beruvchi mehnat munosabatlari tugallanganligi toʻgʻrisida xodimni ogohlantirmadi va mehnatga oid munosabatlar davom etaverdi. Muddatli mehnat shartnomasi tugagan kundan sakkiz kundan soʻng ish beruvchi mehnat shartnomasi tugaganligini aytdi. Bundan norozi boʻlgan G.G sudga shikoyat qildi.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

18. Fuqaro D.O oʻzining arizasiga asosan ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi va ish beruvchidan ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanishini talab qildi. Ish beruvchi esa unga nisbatan ishdan boʻshatish nafaqasi berilmasligini va amaldagi qonunchilikda nazarda tutilmaganligini aytib oʻtdi.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

19. “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” Davlat unitar korxonasi qurilish-montaj ishlari boʻlimi chilangari D.R.ga yillik asosiy taʼtil oʻn ikki kun berildi. Xodim bu muddat mehnat qonunchiligiga muvofiq emasligini bildirdi.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

20. D.V. ishga qabul qilinganligiga 6 oy boʻlmasdan turib, “ERIELL Corporation s.r.o.” kompaniyasi Qarshi mintaqaviy boshqarmasiga 5-razryadli elektrogaz payvandchi vazifasidan ish oʻrni qisqarayotganligi munosabati bilan ishdan boʻshatilishi maʼlum qilindi. Xodim D.V yillik asosiy taʼtil soʻrab murojaat qildi va murojaati birinchi ish yili uchun olti oy ishlamaganligi uchun rad etildi.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

21. Hakimova umumiy oʻrta taʼlim maktabida yuqori sinf oʻqituvchisi boʻlib ishlab kelayotgan edi. Maʼlumoti — oʻrta maxsus. Yangi 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab maktab direktori Hakimova bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishini aytdi. Direktor oʻrta maxsus maʼlumotli kadrlar maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlay olmasligini, shuning uchun ham Hakimova bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishini taʼkidladi.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

22. Xodim Anvarov oʻzi ishlab turgan korxonadan boshqa viloyatda joylashgan korxonaga xizmat safariga yuborildi. Uning plastik kartasiga korxona hisobidan 4 million soʻm xizmat safari uchun xarajatlar oldindan toʻlab berildi. Xizmat safaridan qaytgan xodim ushbu xarajatlarning 3 million soʻmini asoslovchi, samolyot bileti, mehmonxona maʼlumotnomasi kabi hujjatlarni topshirdi. Korxona buxgalteri undan xizmat safaridan qaytgach ikki oy oʻtib, uning oylik ish haqidan xodimning roziligisiz xizmat safari uchun ajratilgan mablagʻ va amaldagi xarajatlar oʻrtasidagi farqni (1 million soʻmni) ushlab qoldi. Xodimning oylik ish haqi esa, 1 million 300 ming soʻmni tashkil qiladi. Bundan norozi boʻlgan Anvarov korxona buxgalteri ustidan davlat mehnat inspektoriga murojaat qildi.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

23. Korxona bosh buxgalteri bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 6-bandi boʻyicha bekor qilindi. Bu lavozimda ishlagan J.E. oʻzi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishida kasaba uyushmasi roziligini olmay turib bekor qilishga yoʻl qoʻyilmasligini aytib, sudga shikoyat qildi.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

24. Qarzni undirib berish boʻyicha sudning hal qiluv qarori chiqarildi va MIBga ijro varaqasi joʻnatildi. Ijro varaqasi MIBga kelib tushgandan soʻng, davlat ijrochisi qarzdorga 5 kunlik ixtiyoriy ijro muddatini belgiladi. Shunda qarzdor davlat ijrochisidan norozi boʻlib, ixtiyoriy ijro muddati 15 kunligini vaj qilib sudga murojaat qildi.


MIB xodimining xatti-harakatlari qonuniymi?

25. “Alla” MCHJ rahbari B.A. tuman adliyaga murojaat qilib, uning faoliyati


2019-yil 10-dekabrda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha tuman inspeksiyasi tomonidan tekshirilganligini, biroq tekshirish tegishli ravishda kelishilganligi toʻgʻrisida maʼlumot berilmaganligi yuzasidan murojaat qildi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.

26. Bekobod shahar, B.Margʻiloniy koʻchasi, 56-uyda joylashgan Ipak yigiruv fabrikasi Davlat mulk qoʻmitasi Toshkent viloyat boshqarmasining 1994-yil 3-noyabrdagi buyrugʻi bilan davlat tasarrufidan chiqarilgan hamda ushbu mulkka nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi “Buyuk ipak yoʻli” OAJga 1994-yil 23-noyabrda 4279-sonli davlat orderi berilgan. Biroq, Bekobod shahar hokimining 2019-yil 19-sentyabrdagi 965-sonli qarori bilan avval xususiylashtirilgan mazkur mulk uzoq yillar davomida foydalanilmasdan boʻsh turganligi vaji bilan hokimlik zaxirasiga olingan.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

27. “Bobo” MCHJning kreditorlardan 18 million soʻm qarzi mavjud va bu qarzni toʻrt oydan beri toʻlamay kelmoqda. “Bobo” MCHJga nisbatan kreditorlar iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat qilishdi. Murojaatda “Bobo” MCHJni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi vajlar koʻrsatilgan edi. Iqtisodiy sud mazkur arizani koʻrib chiqib qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qildi.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

28. Fuqaro A. Toshkent davlat yuridik universitetini 2019-yilda tamomlab, Moliya vazirligiga yuriskonsult lavozimiga qabul qilingan. Oradan 6 oy oʻtib fuqaro


A. oilaviy sharoiti sababli oʻz arizasiga asosan ishdan boʻshatildi. Bundan keyin oradan
5 oy oʻtib xuddi shu tashkilotga ishga qabul qilinganda, ish beruvchi tomonidan unga
nisbatan 3 oylik sinov muddati belgilandi. Fuqaro A. ish beruvchi tomonidan dastlabki sinovni belgilash mumkin emasligini talab qilib, sudga murojaat qildi.
Mazkur holatda ish beruvchining harakatlari qonuniymi?

29. Tashkilot haydovchisi maʼmuriy sud qaroriga muvofiq 1 yil muddatga muayyan huquqdan (avtomashinani boshqarish) mahrum qilindi. Tashkilotda unga toʻgʻri keladigan boshqa ish oʻrni mavjud emas. Tashkilot rahbariyati yangi haydovchi olish uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilmoqchi.


Mazkur holatga huquqiy baho bering.

30. Tuman Davlat soliq inspeksiyada yuridik xizmat xodimi shtati ancha vaqtdan buyon vakant. Mavjud vakant ish oʻrnini toʻldirish maqsadida tuman Davlat soliq inspeksiya yonma-yon joylashgan tuman moliya boʻlimida yuriskonsult lavozimida ishlovchi fuqaro Sh.S.ni oʻrindoshlik asosida (0,5 stavkada) ishga qabul qilmoqchi. Tegishli hujjatlar hududiy adliya organiga taqdim qilindi.


Aytingchi, tuman moliya boʻlimida ishlovchi fuqaro Sh.S.ni oʻrindoshlik asosida tuman Davlat soliq inspeksiyasida yuriskonsult lavozimida ishga qabul qilinishi qonun hujjatlariga toʻgʻri keladimi?

31. “D” ismli fuqaro shikoyat bilan tuman adliya boʻlimiga murojaat qildi. Murojaatni koʻrib chiqish jarayonida “D” ismli fuqaro istiqomat qiladigan mahalla raisi uning ruhiy kasalliklar dispanserida roʻyxatda turishini tasdiqlovchi maʼlumotnomani taqdim etdi.


Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

32. Maktab direktori juma kuni maktab hududida oʻqituvchilar ishtirokida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun ixtiyoriy hashar tashkil qildi.


Hududdagi bandlikka koʻmaklashish markazi mehnat huquq inspektori mazkur holat yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 349-son qaroriga muvofiq hasharlar faqatgina Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq oʻtkazilishi lozimligini asos sifatida koʻrsatib, uni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 51-moddasi (Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mehnatga biron bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash) birinchi qismi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortish boʻyicha qaror qabul qildi.
Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

33. Fermer xoʻjaligi raisi A.K.ga nisbatan kadastr boʻlimi tomonidan 2019-yil


9-yanvar kuni yer maydonidan xoʻjasizlarcha foydalanilgani uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 65-moddasi bilan maʼmuriy jarima qoʻllanildi.
Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

34. “A” ismli fuqaro 2018-yil 20-oktyabr kuni bir martalik aksiya doirasida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish maqsadida oila aʼzolari haqida hamda yer uchastkasiga egalik qilgan muddatlari va imorat qurilgan vaqt toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma olish uchun MFYga borganida MFY raisi unga Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktyabrdagi 789-son qaroriga asosan maʼlumotnoma berilmasligini taʼkidladi.


Mazkur holat yuzasidan izoh bering.
35. “B” ismli fuqaro 2015-yilda Samarqand viloyatida mavsumiy ishchi boʻlib yurgan paytida Samarqand viloyati, Pastdorgʻam qishlogʻida oʻzboshimchalik bilan imorat qurgan. “B” ismli fuqaro Buxoro viloyati, A.Yunusov koʻchasi, 101-uyda doimiy roʻyxatda turadi. Fuqaro bir martalik aksiya doirasida Samarqand viloyati Pastdorgʻam tumani davlat xizmatlari markaziga oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratiga mulk huquqni olish uchun murojaat qildi. Biroq, davlat xizmatlari markazi xodimi fuqaroning pasportidagi yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlariga asosan unga Buxoro viloyatida joylashgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishini aytadi.
Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

36. Fuqaroligi boʻlmagan “V” ismli shaxs bir martalik aksiya doirasida


2015-yilda qurilgan oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorati joylashgan hududdagi tuman davlat xizmatlari markaziga ariza bilan murojaat qiladi. Biroq, davlat xizmatlari markazi xodimi arizani qabul qilishdan bosh tortdi.
Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

37. “G” ismli xodim 2018-yil 1-5-may kunlari ishga sababsiz kelmadi. Ish beruvchi 2018-yil 6-may kuni undan tushuntirish xati oldi. Biroq, ish beruvchi shu kuni xizmat safari bilan chet elga ketdi. Xizmat safaridan qaytgandan soʻng “G” ismli xodimning 2018-yil 6-may kungi tushuntirish xatiga asosan unga 2018-yil 1-iyul kuni “xayfsan” intizomiy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisida buyruq chiqardi.


Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

38. Kadastr boʻlimi tomonidan “Ye” ismli fuqaroga uning kam taʼminlangan oila ekanligini, oilada faqat bitta oʻzi ishlayotganligini inobatga olib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 65-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jarimadan kam miqdorda, yaʼni eng kam ish haqining yarim baravari miqdorida jarima solish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.


Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

39. “J” ismli fuqaroga tugʻma bosh miya falaji kasalligi uchun 2012-yilda II guruh nogironligi belgilangan.


Kasallikda boʻladigan oʻzgarishlar va reabilitatsiya dasturi ijrosini kuzatib borish maqsadida tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi “J” ismli fuqaroni 6 yildan buyon tibbiy koʻrikdan oʻtkazib kelmoqda.
Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

40. Kollej oʻqituvchisi “Z” ismli fuqaro ishga 3 oylik sinov muddati bilan qabul qilingan. “Z” sinov muddatini qoniqarsiz oʻtadi. Kollej kadrlar boʻlimi tomonidan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi


2-bandi (xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi yoki sogʻligʻi holatiga koʻra bajarayotgan ishiga noloyiq boʻlib qolishi) bilan bekor qilish toʻgʻrisida buyruq loyihasi tayyorlandi.
Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

41. “I” ismli fuqaro boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan 2019-yil 1-mart kuni korxona rahbariga ariza murojat qilib, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini


2-mart kunidan boshlab bekor qilishni soʻradi.
Tashkilot rahbari “I” bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ariza berilgan kundan keyin ikki xaftadan oʻtgach bekor qilishini taʼkidladi.
Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

42. Koʻp-qavatli uyda joylashgan xonadonda sovuq suv, gaz uchun hisoblagichlar oʻrnatilmagan. Kommunal idora vakillari xonadonda istiqomat qiluvchi voyaga yetmagan


2 yoshdagi bolani ham hisobga olgan holda toʻlovlarni hisoblashdi.
Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

43. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlaro sudi tomonidan tuman adliya boʻlimi tomonidan kiritilgan mehnat nizosi bilan bogʻliq arizasi Fuqarolik protsessual kodeksining 195-moddasi birinchi qismi 2-bandi (manfaatdor shaxs nomidan berilgan ariza ish yuritish vakolatiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa) ga asosan ish yurituviga qabul qilinmasdan qaytarildi.


Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

44. Fuqaro noturar joyni turar joyga oʻtkazish uchun tuman davlat xizmatlari markaziga murojaat qildi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi noturar joyni turarga oʻtkazish mumkin emasligini, balki turar joyni noturar oʻtkazish mumkinligini taʼkidladi.


Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

45. Er xotinning umumiiy mol-mulki hisoblangan xoʻjalik jamiyati ustav fondidagi ulushni boʻlish bilan bogʻliq nizo mavjud. Tarafning advokati ushbu toifadagi nizolar korporativ nizolar hisoblanishini asos sifatida koʻrsatib, hududdagi iqtisodiy sudga murojaat qildi.


Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

46. “Kommunal servis” nomli xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati joriy yilning 1-yanvaridan boshlab turar joy egalarining majburiy badal miqdorlarini oshirganligini eʼlon qildi. Bunga asos sifatida shirkat boshqaruvining majburiy badallarni oshirish toʻgʻrisidagi qarorini turar joy muldorlariga taqdim qildi.


Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

47. Shirkat “A” ismli fuqaro manziliga 3 oy davomida toʻlanmagan majburiy badallarni toʻlash lozimligi toʻgʻrisida talabnoma joʻnatdi.


“A” ismli fuqaro shirkat xatti-harakatidan norozi boʻlib hududdagi adliya boshqarmasiga murojaat qilib, 3 oy davomida xizmat safarida boʻlganligini, xonadonda hech kim istiqomat qilmaganligini taʼkidlab, asoslovchi hujjatlarni taqdim etdi.
Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

48. Fuqaro oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga mulk huquqini eʼtirof qilish uchun 1 013 650 (eng kam oylik ish haqining besh baravari) miqdorda bir martalik yigʻimni toʻladi. Tuman hokimining tegishli qarori qabul qilinganidan soʻng fuqaro kadastr idorasiga murojaat qildi. Kadastr idorasi unga kadastr yigʻmajidi uchun toʻlov amalga oshirilishi lozimligini taʼkidladi. Fuqaro eʼtiroz bildirib, eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida toʻlangan yigʻimni kvitansiyasini koʻrsatdi.


Mazkur holat yuzasidan izoh bering.
49.Hududiy adliya boshqarmasiga viloyat hokimligi tomonidan tayyorlangan hududda ichimlik suvi tarifiga 20 soʻm miqdorida ustama qoʻshish xususidagi qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazish taqdim qilindi.
Xududiy adliya boshqarmasi tomonidan ushbu qaror loyihasi qabul qilishda asos mavjud emasligi hamda hokimliklarning bu borada vakolati yoʻqligi asos sifatida keltirib, rozilik vizasi qoʻyilmagan holda qaytarildi.
Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

50. Koʻp xonadonli uy-joyning birinchi qavatida istiqomat qiluvchi fuqaro xonadon atrofidagi yer maydonini temir panjara bilan oʻrab oldi. Mazur holat yuzasidan norozi boʻlgan fuqarolar tuman (shahar) adliya boʻlimiga murojaat qilishdi.


Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

51. Fuqaro A. Turmush oʻrtogʻi nomiga elektron raqamli imzo (ERI) olish uchun Namangan shahar davlat xizmatlari markaziga murojaat etdi. Oʻzi bilan turmush oʻrtogʻini pasport nusxasi hamda nikoh guvohnomasini olib kelgan.


Shu vaziyatda turmush oʻrtogʻiga ERI olishi mumkinmi?

52. Fuqaro Oʻzining nevarasini maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashga ariza topshirish uchun davlat xizmatlari markaziga keldi. Oʻzi bilan bolaning tugʻilganlik guvohnomasi, ota onasining pasport nusxasi hamda ota onaning nikoh guvohnomasini olib kelgan.


Ushbu vaziyatda fuqaro nevarasini MTMga joylash uchun ariza joʻnata oladimi?

53. Fuqaro Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tuman davlat xizmatlari markazi orqali sudlanmaganlik toʻgʻrisida maʼlumot olish uchun ariza joʻnatgan. Ariza raqami 1603, ertasi kuni ushbu fuqaro Namangan shahar davlat xizmatlari markaziga kelib 1603 raqamli arizani markaz xodimiga aytib sudlanmaganlik toʻgʻrisidagi maʼlumot javobini olishi mumkinmi?


54. Fuqaro A.Turdiyev soliq va majburiy toʻlovlardan qarzdorligi mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼmumotnoma olish uchun tuman davlat soliq inspeksiyasiga murojaat qildi. Biroq davlat soliq inspeksiyasi masʼul xodimi V.Gʻaniyev fuqaro A.Turdiyevga ushbu maʼlumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga borish kerakligi hamda xozirda maʼlumotnomalar elektron tarzda fuqarolarga taqdim etilayotganligini bildirdi.


Ushbu holatda soliq idorasi xodimi V.Gʻaniyevning tushuntirishi toʻgʻrimi?

55. “Ixlos” MCHJ tomonidan alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyatiga litsenziya olish masalasida Pop tuman hokimligiga ariza bilan murojaat qildi. Pop tuman hokimligi MCHJning ushbu arizasiga alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyatiga litsenziya olish masalasida tuman Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishi lozimligi, xozirda ushbu sohadagi faoliyatni litsenziyalash vakolati Davlat xizmatlari markaziga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida javob xati yuborgan.


Mazkur vaziyatda Pop tuman hokimligining javob xati toʻgʻrimi?

56. Fuqaro oʻziga tegishli boʻlgan turar-joyini noturar toifasiga oʻtkazish uchun davlat xizmatlari markaziga murojaat qildi. Markaz xodimi fuqaroga murojaatingiz boʻyicha tuman (shahar) hokimining qarori chiqishi bilan sizga xabar beramiz deb fuqaroni ketkazib yubordi.


Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

57. Fuqaro A. farzandini davlat maktabgacha taʼlim muaasasasiga joylashtirmoqchi va tumandagi maktabgacha taʼlim boʻlimiga murojaat qildi. Boʻlimdagilar fuqaro A.ga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, yashash joyidan maʼlumotnoma olib kelishini va farzandiga boʻlim tomonidan yoʻllanma rasmiylashtirib berilishi aytishdi.


Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

58. Fuqaro B. Uchtepa tuman Davlat xizmatlari markaziga sudlanganlik haqida maʼlumotnoma olish uchun murojaat qildi. Markaz xodimi fuqarodan tegishli maʼlumotlarni olib, soʻrovnomani elektron ravishda toʻldirdi hamda hujjatlarini rasmiylashtirdi. Shundan soʻng, fuqaro B. davlat xizmati koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻimni bank kassasiga toʻladi.


Ertasi kuni fuqaro B. markaz xodimiga sudlanganlik haqidagi maʼlumotnomani olish uchun zaruriyat yoʻqligi, kerak boʻlmay qolgani uchun tulangan yigʻimni qaytarishini soʻrab murojaat qildi.
Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

59. Fuqaro Sobirov farzandining tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini oʻzgartirish kiritishni, yaʼni farzandiga oʻzi ismini familiya qilib berishni soʻrab, Kogon tumani FHDYO boʻlimiga murojaat qildi.


Kogon tumani FHDYO boʻlimining ogʻzaki rad javobiga asosan fuqaro Sobirov boshqa bir fuqaroning xuddi shunday tartibda oʻzgartirish kiritilgan dalolatnoma yozuvini dalil sifatida keltirgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering

60. Tayloq tumanida 1963-yilda tugʻilgan T.Zaripov Forish tuman FHDYO boʻlimiga uning nomiga takroriy guvohnoma berish masalasida murojaat qildi. Forish tuman FHDYO boʻlimi hamda viloyat FHDYO arxivida fuqaroning tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvi mavjud emasligi aniqlandi.


FHDYO boʻlimining harakatini tushuntirib bering.

61. Asadova sodir etgan jinoyati uchun 4 yil ozodlikdan mahrum qilingan eri Asadov bilan nikohdan ajratish toʻgʻrisida FHDYOga ariza beradi.


Vaziyatga toʻliq huquqiy baho bering.
FHDYO organi xodimining harakatlarini bosqichma-bosqich tushuntirib bering.

62. Fuqaro Sidorov va Boboyevalar 15 yil davomida birga yashab, psixotipi bir-biriga toʻgʻri kelmasligi sababli FHDYO organiga nikohni haqiqiy emas deb topish haqida murojaat qildi.


Vaziyatga toʻliq huquqiy baho bering.
FHDYO organi xodimi tomonidan ushbu murojaatni koʻrib chiqish boʻyicha harakatlarini bosqichma-bosqich tushuntirib bering.

63. Sudning qaroriga asosan fuqaro Alkoyev giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni suiisteʼmol qilganligi sababli dispanserga majburiy davolanish uchun joylashtirildi. Dispanserdagi fuqaro Alkoyev Soglasnova bilan nikohni qayd qilish uchun oʻzining doimiy yashash joyidagi FHDYO organiga murojaat qildi.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

64. Fuqaro Fyodorov va Andreevalar nikoh qurishadi va baxtli hayot kechirayotgan bir paytda, Andreevaning onasi FHDYO organi tomonidan qayd qilingan nikoh noqonuniy ekanligi, bunga asos sifatida Fyodorov ruhiy kasal ekanligini aytadi.


FHDYO organi xodimi fuqaroga qanday javob berishi lozim? Bu vaziyatga batafsil huquqiy tushuntirish bering.

65. Er-xotin Tojiyevlar nikoh shartnomasi tuzishdi. Nikoh shartnomasida mol-mulklarining taqsimoti va er Tojiyev xotiniga qancha taʼminot ajratishi bilan birga, bolalar tarbiyasi bilan bevosita Salimova shugʻullanishi, uy-roʻzgʻor ishlarini toʻliq zimmasiga olishi, xotinining qarindoshlari faqat bir marotaba uning tugʻilgan kuniga mehmonga kelishi xususidagi shartlarni ham kiritishdi. Shundan soʻng, mazkur nikoh shartnomasi tasdiqlandi.


Vaziyatga huquqiy baho bering. Fuqaroga qanday tushuntirish berish lozim.

66. Voyaga yetmagan fuqaro Maloxatova farzandli boʻldi va FHDYO boʻlimiga farzandiga tugʻilganlik haqida guvohnoma berishni soʻrab murojaat qildi. FHDYO boʻlimi mudirasi Maloxatovaning hali toʻla muomala layoqatiga ega emasligini inobatga olib, ota-onasidan nabiralarining tugʻilganligini qayd qilishga roziliklari hamda uni tarbiyalashda ishtirok etib, moddiy jihatdan taʼminlashlari xususida yozma rozilik berishlari kerakligini uqtirdi. Maloxatovaning ota-onasi bunga eʼtiroz bildirishdi.


FHDYO boʻlimi mudirasining talablari toʻgʻrimi? Vaziyatga toʻliq huquqiy baho bering.

67. 2008-yil may oyida Yoʻldashov va Xosilova turmush quradilar.


Ular 6 yilga yaqin muddat davomida birga yashadilar. Er Yoʻldashov tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish maqsadida chet elga ketdi. Oradan 2,5 yilga yaqin muddat oʻtsada, eridan hech qanday darak boʻlmagach Xosilova FHDYO organiga nikohdan ajratishni soʻrab murojaat qildi.
Vaziyatga huquqiy baho bering. FHDYO organi xodimi fuqaroga kanday huquqiy tushuntirish berish kerak.

68. Rajapova turmushga chiqquniga qadar ogʻir jarrohlik operatsiyasini boshidan oʻtkazadi va shifokorlarning tibbiy xulosasiga koʻra u kelajakda farzand koʻra olmasligi aniqlanadi. Kamolov Yashar bilan nikohga kirib, oʻzining farzand koʻra olmasligini yashiradi. Nikoh qayd etilgandan soʻng, Muratov xotinining farzand koʻra olmasligini bilib qoladi va xotinining kasalligi haqida ogohlantirmagan deb, FHDYO boʻlimi ustidan shikoyat qiladi.


Vaziyatga huquqiy baho bering. Ushbu nikohni haqiqiy emas deb topish uchun asos bormi?

69. Er-xotin Qosimovlar bir necha yil nikohda turishdi. Qosimov va kreditorlar oʻrtasida katta hajmdagi mulk olish boʻyicha shartnoma imzolandi. Qosimova eriga boʻlgʻusi mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisida nikoh shartnomasini tuzishni taklif qildi. Eri agar bunday shartnomani tuzsa, u yuridik kuchga ega boʻlmasligini bildirdi.


Vaziyatga huquqiy baho bering. Ularga qanday maslahat berilishi darkor?

70. Fuqaro Salimova va Otaboyevlar 2005-yilda nikoh qurishgan.


2008-yilda prokuror tomonidan ularning nikohini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Chunki Otaboyev 2002-yilda fuqaro Botirova bilan nikoh tuzganligi aniqlandi. Otaboyevning pasportida birinchi nikohga oid tegishli belgi boʻlmagan.
Vaziyatga huquqiy baho bering.

71. Fuqaro Nasimov (21 yosh) va Ibragimova (16 yosh) FHDYO organlarida sharʼiy nikoh bilan oila qurishadi. Yangi kelinchakning yoshidan xabar topgan qoʻshni Sobirov bu hakida tegishli idoralarga xabar beradi. Bundan norozi boʻlgan Ibragimova ularga nisbatan daʼvosi yoʻqligini, uni hech kim majburlamaganini, birga yashaganlik nikoh boʻlmaganligini taʼkidlaydi.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

72. Fuqaro Abdukarimov Tolipova 16 yoshda boʻlganligi sababli nikohdan oʻtmasdan birgilakda yashay boshlaydi. Biroq kuyov oradan 4 oy muddat oʻtib, Tolipova bilan yashay olomasligini aytib, kelinni ota uyiga joʻnatib yuboradi. Tolipova taʼminotga muhtoj xotin sifatida eridan aliment undirish mumkin yoki mumkin emasligi haqida tushuntirish berishni soʻrab FHDYO organiga murojaat qildi?


Vaziyatga toʻliq huquqiy baho bering.
FHDYO organi xodimi tomonidan ushbu murojaatni koʻrib chiqish boʻyicha harakatlarini bosqichma-bosqich tushuntirib bering.

73. Voyaga yetmagan fuqaro Karimovaning bobosi 2015-yilda vafot etgan. Fuqaro Karimova vasiylik va homiylik organiga borib, u voyaga yetmagan shaxs boʻlganligi sababli bobosining oʻlimini qayd qilishda amaliy yordam berishni uning nomidan FHDYO boʻlimiga murojaat qilishni soʻragan.


Fuqaroning talabi toʻgʻrimi? Vaziyatga huquqiy baho bering.

74. Toshloq tumani FHDYO boʻlimi xodimi Davlatova tugʻilganlik toʻgʻrisidagi arxiv dalolatnoma yozuvlarini elektron tizimga kiritayotganda, ikki va undan ortiq bir xil dalolatnoma yozuvlari borligi aniqlandi.


Mazkur holatda FHDYO boʻlimi xodimi Davlatova qanday yoʻl tutishi lozim?

75. Emansipatsiya holatida boʻlgan Norova fuqaro Ashurov bilan nikoh tuzishni kelishib oladi. Lekin qizning onasi Norova hali voyaga yetmaganligi vaj qilib, ularning nikohiga rozilik bermaydi. Shunday boʻlsa-da, Norova va Ashurov FHDYO organiga murojaat qilib, nikohlarini qayd ettiradi. Bunga norozi boʻlgan qizning onasi sudga murojaat qilib, qizining nikohini haqiqiy emas deb topishni soʻraydi.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

76. Ermatov va Boboyevalar FXDYO organiga nikohdan oʻtish uchun murojaat qilishadi. Bundan xabar topgan Mirobidova bir necha yildan Ermatov bilan birga yashayotganligini, ular oʻrtasida 5 yoshli oʻgʻillari borligini, lekin ular qonuniy nikohda emasliklarini bildiradi. Ermatov otasi ekanligini tan olganligini taʼkidlaydi.


Vaziyatga huquqiy baho bering. FHDYO boʻlimi mudirasi Mirobidovaga qanday tushuntirish berishi lozim?

77. Fuqaro Zoirov FHDYO boʻlimiga murojaat qilib, 2016-yil 27-avgust kuni uyi oldida oʻgʻil jinsli chaqaloq tashlab ketilganligini va kim tomonidan bola tashlab ketilganligini bilmasligini maʼlum qilib, ushbu bolaning tugʻilganligini qayd etishda amaliy yordam berishni soʻragan.


Ushbu holatda FHDYO boʻlimining harakati qanday boʻlishi lozim?

78. Ona FHDYO boʻlimiga murojaat qilib, 2018-yilda tugʻruqxonadan tashqari joyda, yaʼni uy sharoitida tugʻilgan farzandi tugʻilganligini qayd etib berishni soʻragan.


Mazkur holatda FHDYO organining harakatlarini bosqichma-bosqich tushuntirib bering.

79. Egizaklar tugʻildi. Bittasining tugʻilishi FHDYO boʻlimida qayd etildi. Ikkinchisi tugʻruqxonada davolanmoqda. Ikkinchi egizak vafot etdi va boshqa hududdagi FHDYO organi tomonidan oʻlimi qayd qilindi.


FHDYO organi amalga oshiradigan harakatni tushuntiring.

80. Fuqaro Kuramov FHDYO boʻlimiga murojaat qilib farzandining tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga kiritilgan ota haqidagi maʼlumotlarni bekor qilib berishni soʻragan.


Ushbu holatda Sizning harakatingiz. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlardagi tartibni toʻliq tushuntirib bering.

81. Fuqaro Z.Egamova FHDYO boʻlimiga murojaat qilib, uning tarbiyasida boʻlgan 2019-yilda tugʻilgan nabirasini uning familiyasiga va ona ustunida uning maʼlumotlarini koʻrsatib berishni talab qilgan.


FHDYO boʻlimining harakatlarini tushuntirib bering.

82. Moskvada shahrida 1963-yilda tugʻilgan Chudin Oʻzbekiston tuman FHDYO boʻlimiga uning nomiga takroriy guvohnoma berish masalasida murojaat qildi. FHDYO boʻlimi hamda viloyat FHDYO arxivida fuqaro nomiga tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvi mavjud emasligi aniqlandi. FHDYO organi mudiri fuqaro soʻragan hujjatni kuryer xizmati orqali Moskvadan oldirish kerakligi va bunday xizmat toʻlovli ekanligi haqida tushuntirish berdi.


FHDYO boʻlimining harakatini tushuntirib bering.

83. Axmadov voyaga yetmagan fuqaro Azizovga vasiylik tayinlashda amaliy yordam soʻrab FHDYO organiga yozma murojaat qildi. FHDYO organi mudiri fuqaroni chaqirib unga xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining qarori asosida vasiylik belgilash kerakligi haqida ogʻzaki tushuntirish berdi.


Holatga huquqiy baho bering. FHDYO organining tushuntirishi asoslimi?

84. 15 yoshga kirgan Vaxidova Sevinch FHDYO boʻlimiga ismini “Sevinch”dan “Muxabat”ga oʻzgartirish masalasida murojaat qildi. FHDYO boʻlimi mudirasi unga ota-onasi bilan murojaat qilishni tushuntirdi.


Sizning harakatingiz. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlardagi tartibni toʻliq tushuntirib bering.

85. 1967-yilda tugʻilgan fuqaro Muminov Toxir Aslidinovich FHDYO boʻlimiga familiya, ism va ota ismini “Norboyev Farrux Axmedovich”ga oʻzgartirish masalasida murojaat qildi.


Bu holatda FHDYO boʻlimi xodimining harakati qanday boʻladi? Vaziyatni toʻliq tushuntirib bering.

86. Fuqaro Boburning 2006-yilda tugʻilgan farzandining tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasida ota-onasining fuqaroligi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilmagan. Bundan norozi boʻlgan fuqaro Bobur farzandiga tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma bergan FHDYO boʻlimi ustidan shikoyat qilgan.


Bu holatda FHDYO boʻlimi xodimining harakati qanday boʻladi? Vaziyatni toʻliq tushuntirib bering.

87. Fuqaro S.ning vafot etgan qizining farzandiga nisbatan fuqaro


K. tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma olib, bolaga oʻzining familiyasini bergan. Bu holatdan norozi boʻlgan D. uning nabirasiga nisbatan fuqaro K. ning hech qanday aloqasi yoʻligini taʼkidlab, guvohnoma bergan FHDYO organi ustidan sudga shikoyat qilgan.
Bu holatda FHDYO boʻlimi xodimining harakati qanday boʻladi? Vaziyatni toʻliq tushuntirib bering.

88. Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun borgan fuqaro B. baxtsiz hodisa tufayli 2018-yilda vafot etdi. Uning oʻlimi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan amalga oshirilgan. Marhum B.ning farzandlari meros ish boʻyicha oʻlim toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma olish uchun Xorazm viloyat FHDYO arxiviga murojaat qilgan. Biroq, FHDYO arxivida fuqaro B.ning oʻlimi haqidagi dalolatnoma yozuvlari mavjud emasligi aniqlandi.


Ushbu holatda marhum B.ning farzandlariga qanday yordam berish mumkin? Aslida qanday boʻlishi kerak edi?

89. Opa-singilning bolalari A. va S. FHDYO boʻlimiga nikoh tuzish haqida murojaat qilishdi. FHDYO boʻlimi xodimi ularga nikoh ariza berilgan kundan boshlab bir oydan keyin qayd etilishini tushuntirdi va tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanma berdi. A. va S. tibbiy koʻrikdan oʻtishdan bosh tortishdi.


Ushbu holatda FHDYO organining harkatini ayting.

90. Bola tugʻilgandan soʻng unga “Alisher”ning otaligi belgilandi va tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi, lekin oradan 3-4 oydan soʻng ona bu bola “Alisher”dan emas, “Tohir”dan tugʻilganligini maʼlum qildi. Alisher va Toxir ham bunga rozi boʻlishdi. Endi ular, yaʼni ona, Tohir va Alisher bolaning otasini “Tohir” deb oʻzgartirishga rozi boʻlishdi va FHDYO organiga kelishdi.


FHDYO boʻlimi bunday holatda qanday harakat qiladi, nima hujjat talab qiladi, ularga qanday tushuntirish beradi?

91. Ota-onaning bolasi Rossiyada tugʻiladi va tugʻilishi qayd qilinmasdan ular Andijonga kelib, bir oy yashab bolaning buvisiga tashlab yana Rossiyaga ketib qolishadi. Mana bir necha yildirki, bolaning otasidan ham, onasidan ham darak yoʻq bola buvisi bilan yashaydi. Bolaning esa tugʻilishi qayd qilinmagan.


Shunday holatda bolaning tugʻilishini qayd qilish tartibi qanday boʻladi? Bunda, tashlab ketilgan bola sifatida qayd qilsa boʻladimi?

92. Nikohni qayd qilish boʻyicha ariza bergan kuyov avval nikohga kirgani va oʻsha nikoh sud qarori bilan 2014-yilda bekor qilingani maʼlum boʻldi. Ushbu sud qarori asosan FHDYO boʻlimida nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd qilinib, faqat xotin tomon guvohnoma olib ketgan. Er (hozirgi 2-nikohga kirayotgan kuyov) tomon oʻziga tegishli nikohdan ajralganlik toʻgʻrisida guvohnoma olmagan, yaʼni dalolatnoma yozuvining er tomoni ochiq turibdi.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

93. Ermatovaning tasdiqlashicha, u 2002-yil fevral oyida Toshmatov bilan aloqada boʻlgan. Bu voqeadan 2 oy oʻtgandan soʻng Toshmatov harbiy xizmatga chaqiriladi. 2002-yil dekabr oyida esa Ermatova farzandli boʻladi.


Toshmatov bolaning otasi ekanligini tan olmay, uni oʻz familiyasiga qayd etilishiga qarshi boʻladi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.

94. Fuqaro Salomov 1988-yilda Tomdi tumanida tugʻilgan va tugʻilganligi haqidagi takroriy guvohnoma olish maqsadida Oʻzbekiston tuman FHDYO boʻlimiga murojaat qilgan. FHDYO organi mudiri tomonidan FHDYO arxivida va Agentlik boshqarmasining idoraviy FHDYO arxivida tugʻilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi mavjud emasligi vaji bilan fuqaroga rad javobini bergan.


FHDYO organi xodimining harakatlarini tushuntirib bering. Ushbu tartib amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga asosan qanday boʻlishi lozim.

95. Fuqaro Baxromov agar bolasi tugʻilsa, uning tugʻilishini qayd ettirishi uchun oʻrtogʻi fuqaro Xusanovga ishonchnoma qoldirib, oʻzi xizmat safari bilan Kanada davlatiga ketdi. Fuqaro Baxromov xizmat safarida boʻlgan davrida uning farzandi Guliston tumanida tugʻildi va tugʻilishini rasmiylashtirish uchun tuman FHDYO boʻlimiga Xusanov murojaat qildi. Biroq, tuman FHDYO boʻlimi mudiri ushbu tugʻilishni qayd etish uchun ota-onaning har ikkalasi tomonidan ishonchnoma talab qilinishini aytib, tugʻilishni qayd etishni rad etdi.


FHDYO boʻlimi mudirining harakatlariga baho bering. Ushbu jarayonni toʻliq ochib bering.

96. Tomdi tumanida yashagan marhum fuqaro Xurramov va Gʻaniyevalarning oʻgʻil farzandi uyda tugʻilgan boʻlib, u hozirda 17 yoshda. Shu kunga qadar bola nazoratsiz qolganligi tufayli, ushbu bolaga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnoma berilmagan va tugʻilishi qayd etilmagan. Bolaning buvisi uning tugʻilishini qayd ettirish uchun Tomdi tuman FHDYO boʻlimiga murojaat qildi. Biroq, FHDYO boʻlimi mudiri ushbu tugʻilishni qayd etishni rad etdi va bu haqda bolaning buvisiga javob xati berdi.


Vaziyatga huquqiy baho bering. FHDYO boʻlimi mudirining harakatlari toʻgʻrimi? Siz qanday maslahat berardingiz?

97. Fazliddinov va Asilovalarning nikohi fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudi tomonidan 2019-yil 25-dekabr kuni haqiqiy emas deb topildi. Fuqaro Asilovadan 2020-yil 28-aprel kuni qiz farzand dunyoga keldi. Bolaning tugʻilishini qayd ettirish uchun bolaning togʻasi Namangan tuman FHDYO boʻlimiga murojaat qildi. FHDYO boʻlimi mudiri onaning nikohi haqiqiy emas deb topilganligini inobatga olib, bolasining tugʻilishini yolgʻiz onadan tugʻilgan bola sifatida qayd etdi.


Vaziyatga huquqiy baho bering. FHDYO boʻlimi mudirining harakatlari toʻgʻrimi?

98. Dilshod 2018-yil 14-iyunda fuqarolik ishlari boʻyicha Toyloq tumanlararo sudi tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilib, unga vasiy tayinlandi. Dilshodning 2015-yil 24-avgustda tugʻilgan oʻgʻil farzandiga hozirgi kunga qadar otalik belgilanmagan. Dilshodning vasiysi uning xotini Zumrad bilan birgalikda Toyloq tuman FHDYO boʻlimiga ushbu bolaga nisbatan otalikni belgilash haqida murojaat qildi. Biroq, FHDYO boʻlimi mudiri Zumradning shaxsini tasdiqlovchi hujjatida uning doimiy yashash joyi koʻrsatilmaganligi haqidagi vaj bilan bolaning tugʻilishini qayd etishni rad etdi.


Vaziyatga huquqiy baho bering. FHDYO boʻlimi mudirining harakatlarini tushuntirib bering?

99. Oʻzbekiston fuqarosi Sherovning Chexiya fuqarosi Stikova bilan tuzilgan nikohidan oʻgʻil farzand tugʻildi. Ular farzandining tugʻilishi qayd etish uchun Oʻzbekistonning Pragadagi konsullik muassasasiga murojaat qilishdi. Biroq, konsul Chexiyaning oila qonunchiligiga koʻra, Chexiyada tugʻilgan bolalarning tugʻilishini qayd etish faqat Chexiyaning vakolatli organlarida amalga oshirilishi belgilanganligi sababli bolaning tugʻilishini qayd eta olmasligini maʼlum qilib, bolaning tugʻilishini qayd etishni rad etdi.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

100. Fuqaro Zairov va Zairovalar 2020-yil 5-yanvardagi sudning qaroriga asosan nikohi bekor qilingan. Oradan ikki oy oʻtgach Zairov boshqa fuqaro bilan nikohi qayd qilingan.


Vaziyatga toʻliq huquqiy baho bering.
FHDYO organi xodimi nikohni qayd qilishda nimalarga eʼtibor berishi lozim. Mudiraning harakatlarini bosqichma-bosqich tushuntirib bering.

101. Saylov kuni saylov uchastkasida hozir boʻlgan xalqaro kuzatuvchi ushbu saylovlar va ularda ishtirok etayotgan nomzodlar haqida aholining fikrini oʻrganishni oʻz oldiga maqsad qilib, uchastka saylov komissiyasi binosi oldida ovoz berib chiqayotgan saylovchilarni soʻroqqa tutib, ular ushbu saylovlardan qanday natija kutayotganlari va qaysi nomzodni yoqlab ovoz berganliklari haqida soʻradi.


Xalqaro kuzatuvchining xatti-harakatlari toʻgʻrimi? Mazkur holatga huquqiy baho bering.

102. Saylov kuni uchastka saylov komissiyasiga fuqaroligi boʻlmagan shaxs kelib, ovoz berishi lozimligini aytib, komissiya aʼzosidan saylov byulletenini talab qila boshladi. Komissiya aʼzosi uni raisga murojaat qilishini aytishdi. Uchastka saylov komissiyasining raisi fuqaroligi boʻlmagan shaxsga saylovda ishtirok etish, yaʼni saylash huquqi yoʻq ekanligini tushuntirdi. Lekin fuqaroligi boʻlmagan shaxs okrug saylov komissiyasiga shikoyat qilishini aytib binoni tark etdi. Mazkur holatga huquqiy baho bering.


103. Mahalla fuqarosi P.M. 2020-yil 24-oktyabr saylov kuni uchastka saylov komissiyasiga kelib, oʻzining fuqarolik pasportini 23-oktyabr kuni kechasi oʻzi istiqomat qilayotgan xonadonda yongʻin sodir boʻlganligi bois saqlab qola olmaganligini, lekin haydovchilik guvohnomasi oʻzining shaxsiy avtomobilida ekanligini maʼlum qilgan holda saylovda ishtirok etib, saylov byulletenini olish uchun uchastka saylov komissiyasi aʼzosiga oʻz haydovchilik guvohnomasini taqdim etadi. Ammo uchastka saylov komissiyasi aʼzosi unga faqatgina fuqarolik pasporti boʻlgan taqdirdagina saylov byulletenini berishi mumkinligini bildirib, saylov byulletenini berishdan bosh tortadi.


Mazkur holatga huquqiy baho bering.

104. Fuqaro A.Salomov “Myunxen pivolari” MCHJni tashkil qilib, 2019-yil 1-dekabrda alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun ruxsat guvohnomasini oldi va A.Farobiy koʻchasida oʻz faoliyatini amalga oshirishni boshladi.


Bu orada korxona joyning keyingi koʻchasida joylashgan maktab direktori A.Baxromov maktab va pivoxona oʻrtasidagi masofa 400 mert tashkil etishini, korxona faoliyatini taʼlim muassasi faoliyatiga salbiy taʼsir qilayotganligini, bolalar tarbiyasi bu holatda katta xavf ostida qolayotganligini bildirib, korxonadan oʻz faoliyatin boshqa joyda tashkil qilishini tashkil qilishni talab qildi. A.Salomov esa korxona va maktab bitta koʻchada joylashmaganligini, oʻrtada bir qancha yana bitta koʻcha borligini, korxona maktab bilan hech qanaqasiga tutash, bir yoʻnalishda joylashmaganligini bildirdi. Maktab direktori “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasiga asosan alkogol va tamaki mahsulotlarini taʼlim, sport muassasalari va diniy muassasalardan besh yuz metrdan kam radiusda joylashgan joyda realizatsiya qilish mumkin emasligini bildirdi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.

105. Fargʻona viloyati hokimligi Dangʻara tuman Davlat xizmatlari markazi binosini qurish boʻyicha “Meʼyor Qurilish Still” MCHJ bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim imzoladi va Davlat xizmatlari markazi binosini qurish uchun korxonaga tuman markazidan 0,40 gektar hajmdagi yerni toʻgʻridan-toʻgʻri ajratish toʻgʻrisida qaror chiqardi. Bundan xabar topgan mahalliy blogerlar Fargʻona viloyati hokimligini Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1023-son qaroriga zid ravishda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalari (tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqat


“E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali berish talabini buzganlikda ayblashdi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.

106. Fuqaro D. Joʻrayev oʻziga tegishli boʻlgan honadonda poliz ekinlarini yetishtirdi (pomidor, bodring). Yetishtirilgan poliz ekinlarini fuqaro mahallalarda uyma-uy yurib sotib daromad koʻrdi. Ushbu holatdan xabar topgan soliq organi tomonidan fuqaroning uyiga olingan daromaddan soliq toʻlanishi kerakligi haqida talabnoma yuborildi.


Mazkur holatga huquqiy baho bering.

107. 2021-yil yanvar oyida tashkilotning moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijasida xodim B.ning 2019-yil dekabr oyida sodir etgan nojoʻya xatti-harakati aniqlandi va natijasi boʻyicha ish beruvchi A. xodim B.ning ushbu nojoʻya xatti-harakati uchun unga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasini qoʻlladi.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

108. Shalola MCHJ tibbiy faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya olish yuzasidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Sogʻliqni saqlash vazirligiga murojaat qildi. Sogʻliqni saqlash vazirligi litsenziatning murojaatini koʻrib chiqib, uning ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorligi mavjudligi sababli litsenziya berishni rad qildi va bu haqida litsenziatga xabarnoma yubordi. Litsenziat esa uning ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorligi mavjudligi litsenziya olishga aloqasi yoʻqligi sababli vakolatli organ hatti-harakatlaridan norozi boʻlib sudga murojaat qildi.


Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

109. Fuqaro K.Akromov 2021-yil 20-yanvar kuni “Sharq Sharobi” MCHJni tashkil qilib, alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirdi hamda shu maqsadda Olmazor tuman davlat xizmatlari markaziga murojaat qildi. Markaz xodim M.Sobirov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF–6044-son Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan boshlab mazkur faoliyatni amalga oshirishda ruxsatnoma bekor qilinib, alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma yuborish tartibi joriy qilinganligini, mazkur xabarnomani “Litsenziya” axborot tizimi orqali vakolatli organga yuborishi lozimligini maʼlum qildi. Fuqaro K.Akromov esa elektron raqamli imzo olgan holda “Litsenziya” axborot tizimi orqali vakolatli organga alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqida xabarnoma yubormoqchi boʻlganda axborot tizimi ishlamayotganligi maʼlum boʻldi. Shunda Fuqaro K.Akromov alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqida xabarnomani hududiy soliq organlariga pochta orqali xat koʻrinishida yubordi va faoliyatini amalga oshirishni boshladi. Tez orada bundan xabar topgan Olmazor tuman davlat soliq inspeksiyasi tadbirkorga belgilangan tartibda oʻz faoliyati haqida xabardor qilmaganligi sababli unga nisbatan tegishli chora koʻrilishini maʼlum qildi.


Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

110. Fuqaro A.Ilyasov 2017-yilda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Rivoj” MCHJning yagona taʼsischisi hisoblanadi. Fuqaro A.Ilyasovning oʻrtogʻi F.Begmatov 2018-yilda Davlat xizmatlari markaziga sohtalashtirilgan hujjatlarni taqdim qilgan holda, oʻzini yagona taʼsischi qilib MCHJni qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Bundan xabar topgan fuqaro A.Ilyasov huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qildi. F.Begmatovning hujjatlarni sohtalashtirganligi boʻyicha jinoyat ishi sudda koʻrilib, sud tomonidan aybdor deb topildi. Fuqaro A.Ilyasov sud hukmini Davlat xizmatlari markaziga taqdim qilgan holda, MCHJni oʻzining nomiga oʻtkazib berishni soʻradi. Biroq, Davlat xizmatlari markazi ushbu sud hukmida roʻyxatdan oʻtkazish masalasida Davlat xizmatlari markaziga topshiriq yoʻqligini sabab qilib, qayta roʻyxatdan oʻtkazishni rad qildi.


Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

111. “Rivoj” MCHJning 4 ta, yaʼni “A”, “B”, “V”, “G” taʼsischilari mavjud. Shundan “A” taʼsischi oʻzining ulushini jamiyatga sotib, taʼsischilar safidan chiqarishni soʻrab ariza yozdi. Jamiyatning qolgan taʼsischilari umumiy yigʻilish qildi va umumiy yigʻilish qarorida “A” taʼsischining arizasini eʼlon qilib, uni taʼsischilar safidan chiqarish toʻgʻrisida umumiy yigʻilish qarorini qabul qilishdi va unga uchchalasi imzo qoʻyishdi. 3 kundan soʻng, jamiyatda qolgan taʼsischilar zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, jamiyatni qayta roʻyxatdan oʻtkazib berishni soʻrab Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishdi. Davlat xizmatlari markazi barcha zarur hujjatlar borligini , biroq umumiy yigʻilish qarorida “A” taʼsischining roziligi mavjud emasligini sabab qilib, qayta roʻyxatdan oʻtkazishni rad qildi. Murojaatchilar esa, “A” taʼsischining arizasi borligini, unda uning oʻzi taʼsischilar safidan chiqarishni soʻraganligini, amalda u taʼsischi emasligini, Markaz notoʻgʻri rad qilayotganligini maʼlum qilib, sudga shikoyat qilishdi.


Mazkur holat yuzasidan izoh bering.

112. Fuqaro Sh.ning vafotidan keyin unga tegishli boʻlgan mol-mulkka nisbatan meros ochiladigan boʻldi. Sh.ning hayotligida uning xotini A. undan homilador edi. Meros mulki ochilgan paytda A. farzandli boʻldi. Biroq, meros ochilgan paytda merosxoʻrlar oʻrtasida yangi tugʻilgan chaqaloqqa meros qolish-qolmasligi xususida uzoq bahs-munozaralar ketdi. Mazkur holatda yangi tugʻilgan chaqaloq merosxoʻr boʻlishi mumkinmi?


Vaziyatga huquqiy baho bering.

113. Natija qanday boʻladi?



Download 309,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish