1.2. Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan
aloqalar sohasiga oid savollar 1. Axborot olishga doir soʻrovning qanday shakllari bor va uni koʻrib chiqish muddatlari qanday?
2. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash sohasidagi vakolatlariga nimalar kiradi?
3. Axborot sohasiga doir qonun hujjatlari bilan tanishmisiz, ularni amalda qoʻllay olasizmi?
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4366-son qarori asosida davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlarining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
5. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni haqida nimalarni bilasiz?
6. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborot deganda nimani tushunasiz?
7. Axborotdan foydalanuvchilar kimlar va ularning huquqlari haqida gapirib bering?
8. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborot manbalariga nimalar kiradi?
9. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot xizmati tushunchasini yoritib bering?
10. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash usullariga nimalar kiradi?
11. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilish (chop etish) qaysi manbalar orqali amalga oshiriladi?
12. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlari tushunchasiga taʼrif bering va unda qanday maʼlumotlar joylashtirilishi mumkin?
13. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisida axborot olishga doir soʻrov deganda nimani tushunasiz?
14. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisida axborot olishga doir soʻrovni koʻrib chiqish muddatlari va tartibini tushuntirib bering.
15. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisida axborot olishga doir soʻrovga qoʻyiladigan talablarga nimalar kiradi?
16. “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyati nimalardan iborat?
17. Ommaviy axborot vositalariga nimalar kiradi?
18. Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashini yoritib bering.
19. Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Qonunning 6-maddasiga asosan, ommaviy axborot vositalari erkinligini suiisteʼmol qilishga yoʻl qoʻyilmasligiga oid talablarga nimalar kiradi?
20. Senzura nima va mamlakatimizda unga yoʻl quyiladimi?