1-Laboratoriya.
Mavzu:
Matlab tizimida chizikli algebraik tenglamalar sistemasini yechish
usullari.
Ishdan maqsad:
Matlab haqida malumot, matlab versiyalari va vazefalari bilan
tanishish, matlab dasturida oddiy hisolashlar.
Nazariy qism
MATLAB
— bu vaqt sinovidan o‘tgan matematik hisoblarni
avtomatlashtirish tizimlaridan biridir. U matritsaviy amallarni qo‘llashga
asoslangan. Bu narsa tizimning nomi —
MATrix LABoratory
— matritsaviy
laboratoriyada o‘z aksini topgan.
Matritsalar murakkab matematik hisoblarda jumladan chiziqli algebra
masalalarini yechishda va dinamik tizimlar hamda ob'ektlarni modellashda keng
qo‘llaniladi. Ular dinamik tizimlar va ob'ektlarning holat tenglamalarini avtomatik
ravishda tuzish va yechishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Masalan: germaniyalik
rassom
Albrecht Dürer
o’zining
Melencolia I
nomli asarida ham martisadan keng
foydalangan. Bu matrisa o’ziga hos tuzilishga ega.
MATLAB dasturi aerodinamika, gidrodinamika, akustika, radiotexnika,
elektrotexnika va boshqa ilmiy sohalarda matematik masalalarni hal etishda keng
qo‘llaniladi.
MATLAB tizimini Moler (S. V. Mou ler) ishlab chiqqan va 70-yillarda
undan katta EHM larda keng foydalanilgan. MathWorks Inc firmasining
mutaxassisi Djon Litl (John Little) 80-yillarning boshlarida IBM PC, VAX va
Macintosh klassidagi kompyuterlar uchun PC MATLAB tizimini tayyorlagan.
Keyinchalik MATLAB tizimini kengaytirish uchun matematika, dasturlash va
tabiiy fanlar bo‘yicha jahondagi eng yirik ilmiy markazlar jalb qilingan.
MATLAB dasturining versiyalarini sotuvga chiqish sanalari:
-
MATLAB 5.0 – 1996 yil dekabr
-
MATLAB 5.1 – 1997 yil may
-
MATLAB 5.3 – 1999 yil yanvar
-
MATLAB 6.0 – 2000 yil noyabr
-
MATLAB 6.1 – 2001 yil iyun
-
MATLAB 6.5 – 2002 yil iyun
-
MATLAB 6.51 – 2003 yil avgust
-
MATLAB 7.0 – 2004 yil iyun
-
MATLAB 7.9 – 2009 yil avgust
MATLAB tizimining vazifasi har xil turdagi masalalarni yechishda
foydalanuvchilarni an'anaviy dasturlash tillariga nisbatan afzalliklarga ega bo‘lgan
va imkoniyatlari keng dasturlash tili bilan ta'minlashdir. MATLAB ning
imkoniyatlari juda keng. Undan hisoblashlarni bajarish va modellash uchun fan va
texnikaning har qanday sohasida foydalanish mumkin.
MATLAB asosan quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi:
matematik hisoblashlar;
algoritmlarni yaratish;
modellash;
ma'lumotlarni tahlil qilish, tadqiq qilish va vizuallashtirish;
ilmiy va injenerlik grafikasi;
ilovalarni ishlab chiqish;
grafik ishlanmalarni yaratish va boshqalar.
MATLAB ochiq arxitekturaga ega, ya'ni mavjud funksiyalarni o‘zgartirish
va yaratilgan xususiy funksiyalarni qo‘shish mumkin.
Katta xajmdagi buyruqlar va funksiyalarni realizatsiya qilish uchun matnli
m- fayl yoki C dasturlash tilida yozilgan fayllardan foydalaniladi.
MATLAB — kengayuvchi tizim, uni har xil turdagi masalalarni yechishga
oson moslashtirish mumkin. Uning eng katta afzalligi tabiiy yo‘l bilan kengayishi
va bu kengayish m-fayllar ko‘rinishida amalga oshishidir. Boshqacha aytganda,
tizimning kengayishlari kompyuterning qattiq diskida saqlanadi va MATLABning
biriktirilgan (ichki) funksiyalari va protseduralari kabi kerakli vaqtda foydalanish
uchun chaqiriladi.
Foydalanuvchi m-fayl matnli formatga ega bo‘lganligi sababli unga har
qanday yangi buyruqni, operatorni yoki funksiyani kiritishi va keyin undan
biriktirilgan funksiya yoki operator kabi foydalanishi mumkin. Bunda Beysik, Si
yoki Paskal dasturlash tillaridan farqli ravishda yangi funksiyalarni e'lon qilish
shart emas. Bu jihatdan MATLAB Logo va Fort tillariga o‘xshash. Lekin
MATLAB da yangi ta'riflar fayl ko‘rinishida diskda saqlanishi sababli operator va
funksiyalar soni amalda chegaralanmagan.
Amaliy qism
Matlab dasturida sonlarni kiritish
Ushbu misolni Matlab dasturiga kiritib chiqamiz:
25*10+14*3-50=
Misol
7-variant
Do'stlaringiz bilan baham: |