Ishni bajarishdan oldin xavfsizlik texnikasi va berilgan mavzuning nazariy savollari bo‘yicha o‘qituvchi nazoratidan o‘tish kerak. Shundan so‘ng ishning eksperemental qismini bajarish uchun ruxsat olinadi.
3.1. Ishlov beriladigan zagotovka kichik diametri bilan uch mushtchali patronning torets yuzalariga tirab mahkamlansin.
3.2. Keskich ushlagichiga indikator kallakli opravka o‘rnatilsin va supportni harakatlantirish bilan indikatorning o‘lchovchi uchi 1-2mm taranglik bilan maxkamlangan zagotovkaning torets yuzasiga keltirilsin (3.1-rasm). Support maxkamlanib va indikatorning strelkasi nolga keltirilsin.
3.3. Zagotovkani bir necha marta (50 marta) mahkamlab mahkamlashning o‘q 6o‘yicha xatoligi kattaligini ko‘rsatuvchi inditkator ko‘rsatkichini yozib oling (2.1-jadval).
3.4. Mahkamlashning o‘k buylab xatoligini o‘lchash natijalari ishlab chikilsin (2.2-jadval).
3.5. Keskich ushlagichda indikatorli opravka qaytadan urnatilib va supportni harakatlantirish bilan indikatorning o‘lchovchi uchi 1-2 mm taranglik bilan mahkamlanuvchi zagatovka yon yuzasiga keltirilsin (2.2-rasm) support maxkamlanib va indikatorning strelkasi nolga keltirilsin.
3.6. Bir necha marta zagotovka (50 marta) mahkamlab mahkamlashning radial xatoligi kattaligini ko‘rsatuvchi indikator ko‘rsatgichini yozib oling (2.1-jadval).
3.7. Mahkamlashning o‘q bo‘yicha va radial xatoligini o‘lchash natijalari ishlab chiqilsin (2.2-jadval).
3.8. O‘lchash natijalari yordamida o‘q bo‘yicha va radial grafiklari qurilsin (2.3-rasm).
3.9. Ish joyi tozalansin.
XISOBOT MAZMUNI. 2-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI UCH MUSHTCHALI PATRONDA MAXKAMLASHDAGI XATOLIKLARI. Ishdan maqsad.
2.Kerakli jijozlar va asboblar.
3. Eksperimental ma’lumotlar va ular bilan ishlash:
3.1. O‘q bo‘yicha va radial xatoliklarni o‘lchash shakllarini eskizlari.
2.1-rasm. Zagotovkani uch mushtchali patronga maxkamlashdagi o‘q bo‘yicha xatoliklarni o‘lchash shakli (2.1-rasm).
2.2-rasm. Zagotovkani uch mushtchali patronga maxkamlashdagi radial xatoliklarni o‘lchash shakli (2.2-rasm).
3.2. O‘q bo‘yicha va radial xatoliklarni o‘lchashning eksperimental natijalari. 1-jadval to‘ldirilsin. (2.1-jadval).
3.3. O‘q bo‘yicha va radial siljishlar grafiklarini qurish uchun eksperimental natijalarni ishlab chiqish. 2-jadval to‘ldirilsin (2.2-jadval).
3.4 . O‘q bo‘yicha va radial siljish grafiklarini qurish (2.3-rasm).
2.3-rasm. Zagotovkani uch mushtchali patronga makkamlashdagi o‘q bo‘yicha va radial siljishlar grafigi.