1-laboratoriya mashg’uloti Sudralib yuruvchilar sinfi. Ildam kaltakesakning tashqi va ichki tuzilishi



Download 2,28 Mb.
bet4/11
Sana12.07.2022
Hajmi2,28 Mb.
#780302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-laboratoriya

Yelka kamari. Sudralib yuruvchilar yelka kamarining asosiy qismini bir oz dorzal joylashgan kurak va ventral holda o’rnashgan korakoid suyaklari tashkil etadi. Bu har ikkala suyak yelka suyagi birikadigan bo’g’im kosasini vujudga keltiradi. Kurakka dorzal holda kurak usti tog’ayi, korakoidning oldida esa tog’ay prokorakoid qo’shiladi. Yaxshi taraqqiy etgan to’shga bir qancha qovurg’alar birikadi. Shunday qilib, sudralib yuruvchilar ko’krak qafasining taraqqiy etishi va o’q skeletida tayanch yelka kamarining bo’lishi bilan suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlardan farq qiladi. To’shning ventral tomoniga sudralib yuruvhcilar uchun xos bo’lgan “T” shaklli ingichka qoplag’ich suyak-to’sh usti suyagi birikadi. O’mrov hamda suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlarda uchramaydigan to’sh usti suyaklari yelka kamari o’ng va chap bo’limlarini o’zaro mustahkam biriktiradi (4-rasm).
Ilonlarda yelka kamari reduksiyalangan, toshbaqalarda esa o’mrov va to’sh usti suyaklari qorin qalqoni tarkibiga kiradi.
Chanoq kamari. Chanoq kamari o’rta chiziq bo’ylab tog’ay orqali birikadigan ikkita simmetrik palladan iborat. Har qaysi palla uchta: dorzal joylashgan yonbosh suyagi va ventral o’rin olgan quymich suyagi va qov suyaklaridan tashkil tpgan. Bu uchta suyak orqa oyoqlarining birikishi uchun quymich kosasini hosil qiladi. Sudralib yuruvhcilarda o’ng va chap quymich hamda qov suyaklari o’zaro birikkan, bunday chanoq kamari yopiq kamar deb ataladi.
Oyoqlar skeleti. quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning oyoqlari tipik bosh barmoqli sxema asosida tuzilgan. Oldingi oyoqning proksimal bo’limi-yelka bitta yelka suyagidan, ikkinchi bo’lim-bilak ikkita: tirsak suyagi bilan bilak suyagidan iborat. Bilakuzuk ikki qator bo’lib joylashgan, nisbatan mayda suyakchalardan iborat. Ularning yonboshida oltinchi barmoq qoldig’i hsoblanuvchi bitta-noksimon suyakcha bor. Kaft bir qator o’rnashgan 5 ta uzunchoq suyakdan iborat. Bularga har qaysisiga uzunasiga o’rnashgan bir nechta suyakcha besh qator barmoq falangalari birikadi. Oxirgi falangalardan tirnoqlar o’sib chiqqan. Sudralib yuruvchilarda oyoq kafti harakatini ta’minovchi bo’g’imi ikki qator bilakuzuk suyaklari orasida bo’ladi. Bu interkalpal (bilakuzuk oralig’i) deb ataladigan bo’g’imni hosil qiladi (4-rasm).
Orqa oyoqda proksimal qism-son suyagi o’zining distal uchi bilan boldir bo’limi katta boldir va kichik boldir suyaklaridan iborat bo’lib, ular tizza bo’g’imi orqali birikadi. Bu bo’g’im ustida kichkina suyakcha-tizza kosasi bor. Tovonning proksimal qismidagi suyakchalar boldir suyaklariga, distal qismdagi suyaklar esa kaft suyaklariga butunlay qo’shilib ketgan. Shuning uchun ham tovon bo’g’imi boldir bilan tovon o’rtasida emas, balki tovonning proksimal va distal qismining suyaklari orasida bo’ladi va intertarzal (tovon oralig’i) deb ataladigan bo’g’im hosil qiladi. Kaft har xil sondagi barmoq falangalari birikadigan 5 ta uzunchoq suyakdan iborat. Barmoq uchidagi oxirgi falangalarda tirnoq o’sib chiqqan.


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish