Maple da buyruqlar, ifodalar bilan ishlash
Ifodalarni tuzish uchun konstantalar, o‘zgaruvchilar, operatorlar (amallar) va funksiyalardan foydalaniladi.
Operatorlar quyidagi to‘rt turga bo‘linadi:
binary - binar operatorlar (ikki operandli);
unary - unar operatorlar (bir operandli);
nullary – nular operatorlar (operandsiz);
functional – funksional operatorlar.
Binar operator ikki operand ustida amal bajaradi. Ular quyidagilar:
+ qo‘shish;
- ayirish;
* ko‘paytirish;
/ bo‘lish;
^ yoki ** darajaga ko‘tarish;
mod bo‘lish qoldig‘i;
< dan kichik
<= kichik yoki teng
> katta
>= katta yoki teng
= teng
<> tengmas
-> akslantirish
$ sequence (ketma-ketlik) operatori
@ kompozitsiya (ketma-ket bajarish)
@@ takrorlangan kompozitsiya
|| bog‘lash operatori
. nokommutativ kopaytirish
.. va hokazo
, ifodalarni ajratgich
:= qiymatlash (o‘zlashtirish)
:: tiplarni e’lon qilish operatori
:- modulli a’zolarni tanlash
and mantiqiy ko‘paytirish, kon’yunksiya
or mantiqiy qo‘shish, diz’yunksiya
xor ta’qiqlovchi diz’yunksiya
implies implikatsiya
subset qismtop’lam
union to‘plamlarni birlashtirish
intersect to‘plamlarni kesishtirish
minus to‘plamlarni ayirish
& neytral operator
Unar operator bir dona operand ustida amal bajaradi:
+ plyus (operanddan oldin yoziladi)
- minus (operanddan oldin yoziladi)
! faktorial (operanddan keyin yoziladi)
not mantiqiy inkorlash (operanddan oldin yoziladi)
. o‘nli kasrni ifodalovchi nuqta (operanddan oldin yoki keyin yoziladi)
$ sequence operatori (operanddan oldin yoziladi)
&name neytral operator (operanddan oldin yoziladi)
Nular operatorlar:
% oxirgi natija
%% oxiridan ikkinchi natija
%%% oxiridan uchinchi operator
precedence so‘zi orqali operatorlarning (mantiqiy amallar bilan birgalikda) yuqori bosqichlilik darajasini aniqlash mumkin.
Funksional operator protseduraning xususiy ko‘rinishidir. U arrow operatori yordamida quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda vars – o‘zgaruvchilar ketma-ketligi (yoki bir dona o‘zgaruvchi),
result – vars ustida bajarilgan amal(lar) natijasi. Masalan,
x -> x^2 (kvadratga ko‘tarish funksiyasi);
(x,y) -> x^2 + y^3 (ikki o‘zgaruvchining funksiyasi);
x -> (2*x, 3*x^4) (bir o‘zgaruvchining ikki o‘lchamli vektor-funksiyasi);
(x,y,z) -> (x*y, y*z) (uch o‘zgaruvchining ikki o‘lchamli vektor-funksiyasi).
Ular mos ravishda quyidagi funksiyalarni anglatadi:
.
define buyrug‘i yordamida operatorning xossalarini (xususiyatlarini) aniqlash mumkin:
define(oper, rule1, rule2, ...)
definemore(oper, rule1, rule2, ...)
undefine(oper)
redefine(oper, rulelist)
bu yerda oper – aniqlanadigan operator ismi,
rule1, rule2, ... – bir yoki bir necha xossaning ismi yoki qoidani aniqlovchi tenglama,
rulelist - ro‘yxat, xossalar ro‘yxati, yoki qoida(lar)ni aniqlovchi tenglamalar ro‘yxati.
Maple da ifodalar qiymati quyidagi buyruqlar yordamida hisoblanadi:
eval - aniq (simvolik) hisoblash;
evalf - taqribiy (suzuvchi vergulli) hisoblash;
Topshiriqlar:
1. Ishchi sahifa haqida ma’lumot bering?
2. Kiritish va chiqarish sohalari deganda nimani tushunasiz?
3. Mapleda palitralar bilan ishlashni o’rganing.
4. Mapleni yuklang.
5.Mapleda quyidagi ifodalarning qiymatini aniqlang.
1) 15+3-5*2;
2 ) 3)
4 ) 5)
6 ) 7)
8) 9)
10) 11)
Do'stlaringiz bilan baham: |