3. Termostat.. Petr kosachasiga yoki probirkaga oziqa muhiti solib mikroorganizmlar ekiladi. Tajribada foydalaniladigan mikroorganizmlarni parvarish qilish uchun termostatlar qo'llaniladi (4-rasm). Termostatda mikroorganizm uchun zarur bo'lgan harorat muayyan nuqtada saqlab turiladi
4-rasm. Issiq suv bilan isitiladigan termostat
Yuqoridagi asboblardan tashqari quyidagi idishlar: buyum oynasi (tekis va botiq), bakterial ilmoq, spirt lampa, filtr qog'oz, qoplag'ich oyna, kolbalarning vazifalari va tuzilishi to'grisida labaratoriya darslarida tanisha boramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |