Ishning borishi: Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar sonini aniqlash uchun 5
g tuproq olib, 250 ml hajmli kolbaga solinadi. SHu kolbaga 50 ml sterillangan suv
qo’shib 5 minut chayqatgandan so’ng 1-2 minut tindiriladi. So’ng buyum oynasiga
eni 1 sm va uzunligi 4 sm keladigan kvadrat chizib, unga yuqorida tayyorlangan
eritmadan 0,01 ml olib bir tekisda yuqtiriladi. Bu mazok quritilgandan so’ng absolyut
spirt eritmasi bilan yoki spirt lampa alangasida fiksasiyalanib, karbol kislota (fenol)
da eritilgan eritrozin bo’yog’i bilan bo’yaladi. 30 minutdan keyin bo’yoq yuvilib,
preparat quritiladi va bir tomchi kedr moyi tomizib immersion ob’ektiv orqali
mikroskopda kuzatiladi. Endi 1 g tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar sonini
aniqlash uchun quyidagi ishlar bajariladi.
1. Mikroskop orqali ko’ringan doiraning umumiy sathi aniqlanadi. Buning
uchun okulyar mikrometr yordamida doira radiusi aniqlanib, tubanda ko’rsatilgan
formula asosida doiraning umumiy sathi topiladi:
S = p r
2
Bunda, S-istalgan doira yuzasini:
P-3,14 (3,14159) irrasion son-doira aylanasining doira diametriga bo’lgan nisbatini
bildiradi;
r
2
-doira radiusini ifodalaydi.
Masalan, doira radiusini 0,075 yoki 0,08 nm ga teng deb olib, yuqoridagi formula
asosida doiraning umumiy sathi topiladi:
S = p r
2
;
S = 3,14 x (0,08)
2
= 3,14 x 0,0064 = 0,020094.
Demak, mikroskopda ko’ringan doiraning umumiy sathi 0,020094 yoki 0,02 mm
2
ga
teng deb olindi.
2. Mikroskop doirasida ko’ringan mikroorganizmlar soni sanaladi. Bu
ishni bajarish uchun ularning doira ichidagi soni aniqlanib daftarga yoziladi.
So’ng stolchani harakatlantiradigan vintlar yordamida preparatni siljitib, uning
boshqa joyida ko’ringan doira ichidagi mikroorganizmlar soni ham daftarga yozib
qo’yiladi. SHunday tarzda, preparatni harakatlantirib, 50-100 doiradagi
mikroorganizmlar soni aniqlangach, ularning o’rtacha soni topiladi. Faraz qilaylik,
kuzatilgan 50 doira ichida 1500 dona mikroorganizm bo’lsa, bitta doira
ichidagilarining o’rtacha soni: 1500 : 50 = 30 dona bo’ladi. Demak, olingan tajriba
dalillariga asoslanib, bitta doira ichidagi mikroorganizmlar soni 30 dona deyish
15
mumkin.
3. YUqoridagi sonlarga asoslanib, tajriba o’tkazilayotgan buyum
oynasining 4 sm yuzasiga yuqtirilgan yoki 0,01 g (ml) aralashma ichidagi
mikroorganizmlarning umumiy sonini aniqlash uchun quyidagi tenglamadan
foydalanamiz:
0.02 mm
2
– 30 bona bakteriya
4sm
2
= 400 mm
2
– x dona bakteriya x = 400 x 30 / 0,02 = 600 000 dona
1 g tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar sonini aniqlash uchun tubandagi
tenglamadan foydalanamiz (buning uchun 0,01 ml aralashmadagi tuproqning
og’irligini 0,001 g ga teng deb olamiz):
0,001g – 600000
1 g – x
x = 1 x 600 000 / 0,001 = 600 000 000 dona
Demak, tekshirilgan tuproqning bir gramida 600 000 000 dona mikroorganizm
borligi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |