Reklama bannerining dizayni.
Har bir banner o‘ziga xos ijodiy yondashuvni talab etadi. Siz ekranning
kichkinagina qismidan foydalanib, sanoqsiz iste’molchilarga murojaat qilasiz.
Demak, reklama banneri kishi e’tiborini tez torta oladigan, takrorlanmas, undagi
har bir so‘z va element mahsulot yoki xizmatning xususiyatlarini ochib berishga
qaratilgan, foydalanilgan barcha ranglar bir-birini to‘ldirib, umumiy uyg‘unlikka
ega bo‘lishi lozim. Bannerlar ikki xil statik va dinamik bo‘lishi mumkin. Odatda
ularni tayyorlashda Adobe Photoshop yoki Adobe Flash dasturlaridan
foydalaniladi. Adobe Flash dasturidan foydalanganda bannerda animatsiyalar
bilan birga, tasvirga hamohang musiqalarni ham joylashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |