Teskari aloqa qabul qilish.
Ko‘pincha, marketing tadbiri uchun teskari aloqa qabul qilish muhim
bo‘ladi. Bu esa, o‘z yo‘nalishini, marketing va omma bilan aloqadorlik
strategiyasini tuzatib olish, iste’molchi uchun muhim omillarga e’tiborni
qaratishga imkon beradi. Avto ishlab chiqaruvchilar yangi modelni sotuvga
chiqarishgach, iste’molchilar uni qanday qabul qilganini bilish uchun fikrlar
monitoringini o‘tkazadilar: qanday kuchli va zaif tomonlari borligi, sotib olish
uchun ularda qanday turtki va sabablar borligi hamda boshqa ishlab
chiqaruvchilarning qaysi modellari bilan solishtirishlarini bilib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |