Pikselli reklama
Pikselli reklama (ingl. Pixel advertising) - Bu termin hali yangi bo‘lib, u
reklama e’lonlarining bir joyga, ya’ni maxsus veb saytga guruhlarga ajratilgan
holda taqdim etilishiga ishlatiladi. Pikselli reklama 2005-yilda paydo bo‘lib,
rivojlana boshlaydi. Uning asoschisi britaniyalik talaba Aleks Tyu bo‘lib, u
milliondollarhomepage.com nomli o‘z saytini yaratadi va tadbirkorlarga
reklamasini joylashtirish uchun joy taklif qiladi. Bu joylar piksellarda o‘lchanadi
va bir piksel bir dollar narxini belgilab qo‘yadi. Uning saytining birinchi sahifasi
bir million piksel bo‘lib, besh oy ichida bir million dollar foyda olib keladi.
Shundan keyin pikselli reklamaga qiziqish ortib ketdi. Hozirda dunyoning
deyarli barcha mamlakatlarida shu turdagi reklama saytlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |