Ishqorli sienitlar asosan ishqorli dala shpatlaridan: kaliyli-ortoklaz,
mikroqlin, natriyli- albit (plagioklaz) yoki kaliy - natriyli-anortoklaz, pertit
va mikropertitdan tashkil topgan. Kaliyli dala shpatlari va albit birga,
ayrim holda alohida uchrashi mumkin. Rangli minerallar ishqorli
piroksenlar (egirin, egirin-avgit, egirin-diopsid) va ishqorli shox
aldamchisidan tashkil topgan. Slyudalardan biotit va lepidomelan
uchraydi. Ishqorli sienitda aksessor minerallar sfen, sirkon, magnetitdan
tashkil topgan. Ishqorli sienitlar ayrim holda feldshpatoidli sienitlar bilan
genetik bog‘ langan bo‘lib, ularda nefelin, sodalit va kankrinit uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |