1-AMALIY MASHG‘ULOT
JINS YARATUVCHI MINERALLAR
JINS YARATUVCHI MINERALLARNING FIZIK
XUSUSIYATLARI.
Маqsаd: Mаvzu bo‘yichа umumiy tushunchа bеrish, jins hosil
qiluvchi minerallarning kimyoviy tarkibi, yaltiroqligi, tiniqliligi,
solishtirma og‘irligi, magnitlik xususiyati va tashqi ko‘rinishi bilаn
tаnishish, bilimlаrni kеngаytirish, mustаhkаmlаsh vа ko‘nikmаlаrni
chuqurlаshtirish.
Nazariy asoslar:
Kimyoviy elementlar yer po‘stida sof holatda deyarlik uchramaydi,
ular doimiy tarkibga ega bo‘lgan kimyoviy birikmalar hosil qiladi. Tarkibi
va tuzilishi bir xil bo‘lgan, yer po‘sti ichkarisida va yuzasida sodir
bo‘ladigan turli-tuman jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan kimyoviy
birikmalar hosil qiladi.
Yer qobig‘ining ichida va uning sirtida bo‘lib turadigan xima-xil
fizik-kimyoviy va termodinamik jarayonlar natijasida vujudga kelgan
tabiiy kimyoviy birikmalar yoki sof tug‘ma elementlar minerallar deb
yuritiladi.
Minerallar sun'iy yol bilan ham olinishi mumkin. Yer po‘stining
turli qismlarida ma ’ l u m fizik-kimyoviy sharoitlarda-bosim, harorat va
turli miqdordagi eritmalar ta'sirida va ishtirokida hosil bo‘lgan minerallar,
faqat shu sharoit uchun o‘zgarmas va barqaror hisoblanadi. Ko‘pgina
hollarda sharoit o‘zgarishi bilan ular o‘zgaradi yoki yangi sharoitga xos
bo‘lgan yangi mineral birikmalarini hosil qiladi.
Minerallar yakka kimyoviy elementdan (oltingugurt, olmos, grafit,
sof, tugma, mis) yoki qator elementlarning (kvars, slyuda, ortoklaz)
kimyoviy birikmalaridan tashkil topishi mumkin.
Hozirgi vaqtda 5000 dona mineralning nomi ma ’ l u m. Ulardan
taxminan 2500 tasi mustaqil minerallar hisoblanadi, qolganlari esa
ularning boshqa ko‘rinishlariga yoki sun'iy usul bilan olingan kimyoviy
birikmalarga kiradi. Bu minerallarning ko‘pgina qismi yer po‘stida
kamdan-kam uchraydi va faqat 50ga yaqini keng tarqalgan va tog‘
jinslarini hosil qiluvchi minerallar hisoblanadi. Tabiatdagi minerallar,
asosan qattiq holatda uchraydi, lekin simob, suv va neft kabi suyuq
minerallar ham bor. Gazsimon minerallardan esa karbonat angidridi,
vodorod sulfidi, sulfid angidrid gazi va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish
mumkin.
3
Qattiq minerallarning aksariyat ko‘pchiligi kristall holatida, ozgina
qismi esa amorf holatda uchraydi. Kristall va amorf holatlarining farqi
shundan iboratki, kristallik minerallardagi ionlar shu jism uchun ma'lum
aniq bir tartibda joylashadi va struktura panjarasini hosil qiladi. Amorf
minerallarda esa ionlarning joylashishida qonuniy tartib bo‘lmaydi.
Kristallik va amorf jismlarning ichki tuzilishidagi bunday farq ularning
fizik xossalariga (issiqlik o‘tkazuvchanligi, ulanishi, qattiqligi va
boshqalarga) ta'sir o‘tkazadi. Shuning uchun ularni anizotrop minerallar
deyiladi. Amorf minerallarda esa ularning fizik xossalari hamma
yo‘nalishlar bo‘yicha bir xil bo‘ladi. Bu minerallar izotrop deyiladi.
Minerallar uch, to‘rt, olti qirrali prizmalar yoki piramidalar,
boshqalari kublar, oktaedrlar ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Kristallning
chegaralanish yuzasi uning yonlari, yonlar kesishgan chiziqni uning
qirrasi, qirralar kesishgan nuqtani uning uchi (cho‘qqisi) deyiladi.
Minerallarning muhim fizik xossalarini aniqlashda kimyoviy, termik
va boshqa analizlar natijalaridan foydalaniladi. Ularga quyidagilar kiradi:
Morfologik xossalari - kristalli shakllari, ularning tabiiy o‘simtalari,
agregatlarining tuzilishi, konkretsiyalar, jeodalar, oolitlar.
Optik xossalari - mineral bo‘lagining rangi, izining rangi, tiniqligi,
yaltiroqligi.
Mexanik xossalari - mineralning qattiqligi (Moos shkalasi), ulanish
tekisligi, sinishi va mo‘rtligi.
Kimyoviy xossalari - xlorid kislota bilan o‘zaro reaksiyasi, erishi,
mazasi va hidi.
Boshqa xossalari - solishtirma og‘irligi va magnitlik xususiyati.
Kimyoviy tarkibi va kristall strukturasiga bog‘liq ravishda, bunday
xususiyatlar har xil minerallarda turlicha namoyon bo‘ladi. Har qanday
mineral o‘ziga xos biron bir aloxida xususiyati bilan xarakterlanadiki, ana
shu xususiyatga qarab uni doimo boshqa minerallardan ajratib olish
mumkin. Quyida biz muhim diagnostik ahamiyatga ega bo‘lgan
xususiyatlar, minerallarning qiyofasi, shaffofligi, rangi, chizig‘ining rangi
(kukunining rangi), yaltiroqligi, ulanish tekisligi, sinishi, qattiqligi,
pachoqlanuvchanligi, qayishqoqligi, solishtirma og‘irligi, magnit tortishi,
radiofaolligi va boshqa xususiyatlari to‘grisida to‘xtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |