Galenit - PbS. Nomi yunoncha "Galena" qo‘rg‘oshin ma`dani so‘zidan
kelib chiqqan. U kubik singoniyada kristallanadi. Rangi qo‘rg‘oshindek
kulrang, metall kabi yaltiraydi. Qattiqligi 2-3, u ancha mo‘rt mineral,
ulanish tekisligi kub bo‘yicha mukammal. Solishtirma og‘irligi 7,4-7,6. U
kuchsiz elektr o‘tkazadi.
Galenit asosan gidrotermal jarayonda vujudga keladi. Nurash
jarayonida oksidlanib serussitga – PbCO
3
va anglezitga – PbSO
4
aylanadi. Galenit qo‘rg‘oshin olishda muhim asosiy manba hisoblanadi.
Respublikamizda polimetall deb ataluvchi gidrotermal konlar yetarli
darajada, ular Uchkulach (Sh.Nurota) va Olmaliq konlaridir.
Nazorat savollari:
1. Sof tug‘ma elementlarga misollar keltiring.
2. Sulfidlarga misol keltiring.
3. Sulfidlarni ta'riflab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |