1 - Laboratoriya ishi
TO‘G‘RI O‘TKAZGICHNING VA CHO‘LG‘AMLI O‘TKAZGICHNING MAGNIT MAYDON INDUKSIYASINI O‘LCHASH
Ishning maqsadi: magnit maydonining o‘qli va yassi komponentlarining son qiymatini chulg‘am o‘qi bo‘ylab koordinatalarga bog‘liq holda hamda tokli chulg‘amning tekisligida aniqlash.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Magnit maydoni materiyaning o‘ziga xos turi bo‘lib, magnit strelkaga, tokli ramkaga va harakatlanuvchi zaryadga ko‘rsatadigan ta’sirida namoyon bo‘ladi. Magnit maydonini tokli o‘tkazgich, harakatlanuvchi zaryadlar, magnitlangan jismlar, shuningdek o‘zgaruvchan elektr maydoni yuzaga keltiradi.
Magnit induksiya vektori magnit maydonining kuch xarakteristikasi hisoblanadi. Statsionar magnit maydonlarini yaqqol namoyish qilish uchun kuchi chiziqlaridan foydalaniladi. Maydonning har bir nuqtasida egri chiziqqa o‘tkazilgan urinmalar shu nuqtada vektorning yo‘nalishi bilan mos tushadigan egri chiziqlar magnit maydonining kuch chiziqlari deyiladi. Bunday egri chiziqlar uzluksizdir. Kuch chiziqlari musbat zaryaddan boshlanib, manfiy zaryadda tugaydigan potensial elektr maydonlaridan farqli o‘laroq, magnit maydoni uyurmaviydir: uning kuch chiziqlari har doim yopiq va bir-biri bilan kesishmaydi. Boshqacha aytganda, magnit maydonini yuzaga keltiruvchi magnit zaryadlari tabiatda mavjud emas.
Elektr maydonidan farqli ravishda magnit maydonining kuch xarakteristikasini tarixiy sabablarga ko‘ra kuchlanganlik deb emas, balki induksiya deb ataladi. Magnit maydon induksiyasi – vektor kattalikdir.
XB sistemasida magnit induksiya birligi tesla (Tl) sifatida 1 m uzunlikdagi 1 A tok o‘tuvchi o‘tkazgichga 1 N kuch bilan ta’sir qiladigan magnit maydon induksiyasi qabul qilingan.
(1)
SGS sistemasida magnit induksiyasining birligi qilib Gauss (Gs) qabul qilingan. 1 Tl = 104 Gs.
Elektr maydoni holidagi kabi magnit kuch chiziqlarini “ko‘rinadigan” qilish mumkin. Buning uchun temir kukunidan foydalaniladi. Temir kukunining zarralari magnit maydonida magnitlanadilar va juda mayda magnit strelkalari kabi kuch chiziqlari bo‘ylab yo‘naladilar. 1-rasmda shunday yo‘l bilan olinadigan magnit maydon manzaralari keltirilgan: a) doimiy magnit maydoni; b) aylanma tok maydoni va v) uzun g‘altak – solenoidning maydoni.
1-rasm. Magnit maydoni ko‘rinishiga misollar:
a – doimiy magnit maydoni, b – tokli chulg‘am maydoni, v – solenoidning maydoni.
Berilgan toklar yuzaga keltiradigan magnit maydonlarini hisoblash uchun o‘tkazgichdan o‘tayotgan tok yuzaga keltiradigan magnit maydon induksiyasi o‘tkazgichning barcha alohida qismlarining birgalikdagi ta’siri bilan aniqlanishini hisobga olish kerak. Magnit maydoni superpozitsiya prinsipiga, ya’ni magnit induksiyasining vektor xarakterini hisobga oluvchi mustaqil maydonlarning mustaqil ta’siri prinsipiga bo‘ysunadi:
(2)
bu erda – tokli o‘tkazgichning elementi yuzaga keltirgan magnit maydon o‘tkazgichi (2-rasm).
2-rasm. tok o‘tayotgan o‘tkazgichning elementi o‘tkazgichdan masofada joylashgan nuqtada induksiyali magnit maydonini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |