Ishni bajarish tartibi:
1. Har bir o‘quvchi stoliga 2 tadan probirka tarqatiladi.
2. Uning bittasiga 2-3 ml kraxmalning 0,5% li eritmasi quyiladi
3. Ikkinchi probirkaga 2-3 ml kraxmalning 0,5% li eritmasi uning ustiga 1 ml amilaza
ferment shirasi quyiladi. Vaqtni belgilab, probirkadagi aralashma chayqatiladi.
4. So‘ngra birinchi probirkaga bir tomchi yod tomiziladi. Bunda probirkadagi
suyuqlik ko‘k rangga kiradi - suyuqlik tarkibidagi kraxmal yod ta'sirida ko‘k rangga
kirganligini ko‘rsatadi.
5. Ikkinchi probirkaga bir tomchi yod tomizilganda amilaza fermenti shirasi
qo‘shilgan probirkada uning miqdoriga qarab binafsha, qizil, sariq rang hosil
qiladi.Bu amilaza ta'sirida kraxmalning parchalanishidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |