1-Laboratoriya ishi Matnli, grafik, audio va video axborotlar hajmini aniqlash



Download 120,65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.01.2022
Hajmi120,65 Kb.
#393494
Bog'liq
1-Laboratoriya



1-Laboratoriya ishi 

Matnli, grafik, audio va video axborotlar hajmini aniqlash 

 

Multimediy vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun tabiiy 



muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, 

kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar 

majmuidir. 

 

Multimedianing ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: 



 

-  "inson-kompyuter" interaktiv mulokotining yangi darajasi, bunda muloqot 

jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, 

mazkur xolat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon 

beradi. 

muayyan vaqtdagi ish,o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqi 

ravishda, audio va video signallar faqat vaqtning ma'lum oralig’ida ko’rib 

chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish 

uchun markaziy protsessor tez  harakatchanligi, ma'lumotlarni o’zatish shinasining 

o’tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira katta sig’imli tashqi xotira 

(ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi 

tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi; 

 

- axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), 



original (nutk, musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va 

boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya 

axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli kurilmalari: mikrofon, 

audio tizimlar, 

optik kompaktdisklar

, televizor, videomagnitafon, videokamera, 

elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida 

bajariladi; 

 

Multimedia vositalari asosidao’quvchilarni 



Multimedia vositalari asosidao’quvchilarni 

o’qitish quyidagi afzalliklarga ega: 

 

Ta'lim olishninyangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi 



 

Berilayotgan materiallarni chuqurroq, va mukammalroq o’zlashtirish 

imkoniyati 



bor

 ta'lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoni- yatiga erishish 

 

Olingan bilimlar. kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda 



 

amaliyotda qo’llash imkoni-yatiga erishiladi. 

 

Multimediali taqdimot 



Bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli 

hisoblanadi. Bu matnli ma'lumotlar, rasmlar, slayd-shou, . diktor jo‘rligidagi ovoz 

bilan boyitilgan, 

videoparcha va animatsiya

, uch o‘lchamli grafika tarzidagi 

dasturiy ta'minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma'lumot taqdim etishning 

boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va 

interfaolligidir, ya'ni belgilangan shaklda o‘zgarishga moyilligi va foydalanuvchi 

faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot. Sizning saytingiz 

kaliti ham bo‘lishi mumkin. Ya'ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lgan 

paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali taqdimotni ko‘rib, kompaniya 

saytidan eng yangi ma'lumotni olish mumkin. Multimediali texnologiya  

Multimediali texnologiya (multi – ko‘p, media – muhit) bir vaqtning o‘zida 

ma'lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: 

matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz. 

Grafik ob'yektlar bilan ishlashda faoliyatning ikki shaklini ajratib olish kerak: 

skanerlash va rasm yaratish (tahrirlash). Skanerlash deganda qog‘oz ko‘rinishidagi 

ma'lumot tashuvchilardan maxsus qurilma – skaner yordamida axborotning 

avtomatik o‘qilishi va kompyuterga kiritilishi jarayoni tushuniladi. Rasmlarni 

skanerlash uchun quyidagi dasturiy mahsulotlardan foydalaniladi. - PhotoEditor – 

Microsoft Office tarkibiga kiruvchi rasm skanerlashga yordam beruvchi hamda 

grafik material tayyorlash uchun ba'zi operatsiyalarni bajaruvchi dastur (kontrast, 

yorug‘lik, ranglilik va rasm oriyentatsiyasini o‘zgartirish). - PhotoPaint – rasmni 

skanerlash hamda materialga dastlabki ishlov berishga imkon beruvchi dastur 

(to’zatish, rang o‘zgartirish, oriyentatsiya, masshtab, gamma nurlari bilan 

to‘yinganlik va b. ni o‘zgartirish). 

Bu yerda keng tarqalgan dasturiy vositalarga qisqacha ta'rif berib o‘tamiz: -

 PhotoShop – grafik fayllarni qayta ishlashga imkon beruvchi dasturiy mahsulot. 

Ushbu tahrir dasturi ko‘pgina fayl formatlari (JPG, GIF, PSD, TIF va boshqalar) 

bilan 


ishlaydi, rasmlarni standart qayta ishlashdan tashqari ularni turli filtrlardan 

(qayirish, bo‘rtma ko‘rinish berish, donadorlik, yoritilganlik darajasi va boshqalar) 

o‘tkazishga 



imkon beradi. - Stoik ArtMen – Stoik Software dasturiy mahsulotlari safiga 

kiradi 


va turli rassomlar

 

tomonidan chizilganga o‘xshatib qayta ishlashga yordam beradi, masalan, 



akvarelda, moybo‘yoqda, o‘yma naqsh, emal va b. - Paint – rasm oriyentatsiyasini 

o‘zgartirish, tozalash, belgilangan maydonni kesib 

olishga imkon beruvchi standart grafik muharrir. Faqat BMP va PCX fayllari bilan 

ishlaydi. 

 

Videoyozuvlarni 



 

Videoyozuvlar bilan ishlash videomagnitofon yordamida yozib olingan tasvirni 

oldindan raqamli ko‘rinishga o‘tkazishni talab qiladi. 

Tasvirni raqamli shaklga

 

o‘tkazish deganda materialni analog shaklidan kompyuterga kiritish mumkin 



bo‘ladigan raqamli shaklga o‘zgartirish tushuniladi. Tasvirni raqamli shaklga 

o‘tkazish uchun kompyuter maxsus videokarta, TV-tyuner va unga hamroh 

bo‘lgan dasturiy mahsulot bilan jihozlanishi kerak. Raqamli shaklga o‘tkazilgan 

videoyozuv TV-tyuner talab qilmaydi, quyidagi dasturiy mahsulotlar bo‘lishi 

yetarli - Vstudio2 – videomagnitofondan videoyozuvni raqamliga o‘tkazish 

uchun 


ishlatiladi

; videoparchalarni turli shaklda montaj qilishga imkon beradi. - Adobe 

Premier – fragmentlarni raqamlashtirish va ular orasida ko‘plab o‘tishlar bilan 

montaj qiluvchi murakkabroq dasturiy mahsulot. Adobe Premier kadrlar 

o‘lchamini va ularning oriyentatsiyasini (aylanish, kadr harakati trayektoriyasini) 

o‘zgartirishi mumkin. - MorphMan – Stoik Software tarkibiga kiruvchi va 

videomaterial montaji hamda morfing yaratishga imkon beruvchi dastur. Morfing 

deganda bir tasvirning boshqasiga qadamba-qadam o‘zgarib o‘tishi tushuniladi. 

Ushbu dastur statik morfing bilan birga alohida videofragmentlar orasida ham 

 

 



morfing yarata oladi. Bunday qayta ishlovlar natijasida AVI kengaytmali videofayl 

yaratiladi. 



 

Download 120,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish