4.3. G’ishtning sovuqqa bardoshliligini aniqlash
Sopol g’isht va pardozbop sopol koshinlarning sovuqqa bardoshliligini aniqlash uchun butun holdagi beshta namunadan foydalaniladi. Sinash oldidan namunalarning yoriqlari va boshqa nuqsonlari yuvilib ketmaydigan bo’yoq bilan qirralariga va burchaklariga yaqinroq joydan belgilab qo’yiladi. Katta nuqsonlari bo’lgan namunalar sinash uchun yaroqsiz hisoblanadi. Sinaladigan namunalar to massasi o’zgarmaydigan bo’lguncha quritiladi, tarozida tortiladi, so’ngra yuqorida aytib o’tilgan g’ishtlar kabi suvga to’yintiriladi.
Ularni muzlatish uchun maxsus muzxona − kameradan, eritish uchun esa po’lat o’zak yoki po’lat tasmalardan payvandlab yasalgan konteynerlardan foydalaniladi. Namunalarni konteynerlarga joylaganda oralarida kamida 20 mm farq qoldirilishi kerak, shunda ularga sovuq havo bemalol tegib turadi. Namunalarni muzlatishda muzxonani faqat yarmigacha (hajmining ko’pi bilan 50%gacha) g’isht bilan to’ldirish lozim. Muzxonaning qopqog’i berkitilgandan keyin ichidagi harorat – 150C – 200С atrofida saqlanishi kerak. Muzxona – kameradagi harorat – 150C gacha pasaytirilgan payutdan namunalar muzlay boshlagan hisoblanadi. Namunalarni - 150C da bir marta muzlatish vaqti 4 soat davom etishi lozim.
Shu muddat o’tgandan keyin muzlagan namunalar konteynerlardagi suvli idishga solib qo’yiladi.
Namunani eritish davrida suvning xarorati 15÷200С atrofida saqlanishi zarur. Ular kamida 2 soat davomida eritilishi (eritish vaqti muzlatish vaqtining kamida yarmiga teng bolishi) lozim.
G’ishtning sovuqqa bardoshlilik darajasiga baho berishda navbatma-navbat muzlatish va eritish natijasida uning qanchalik yemirilganligi hisobga olinadi; buning uchun g’ishtni muzlatish va eritish bir necha marta takrorlangandan keyin, ya'ni bir necha sikldan keyin g’isht ko’zdan kechiriladi; masalan, sikllar soni 15 va 25 bo’lganda uni har 5 sikldan so’ng, sikllar soni 35 va 50 bo’lganda esa 10 sikldan so’ng ko’zdan kechiriladi. Talab qilingan miqdorda muzlatib - eritilgan q’isht mutlaqo shikastlanmasa yoki uning sirtida ko’z bilan ilg’anadigan nuqsonlar paydo bo’lmasa, u sinovdan muvoffaqiyatli o’tgan hisoblanadi. Shikastlanish belgilari (qatlamlanish, sho’ralash, o’ta yorilish, uvalanish va hokazo) shu materiallar va buyumlarga oid standartlarga muvofiq aniqlanadi.
Namuna g’ishtning sovuqqa bardoshliligi uning sinash paytida (ya'ni belgilangan muzlatish - eritish sikllari mobaynida) yo’qotgan massasiga qarab baho beriladi; buning uchun tabiiy toshdan va sopoldan tayyorlangan namunalar 105 – 1100C haroratda, to massasi o’zgarmaydigan bo’lguncha quritiladi, boshqa materiallardan tayyorlangan namunalar esa suvga to’yintirilgan holida tarozida tortiladi. Bunda yo’l qo’yilgan xatolik 0,2% dan oshmasligi lozim.
G’isht – namunalarning yo’qolgan massasi quyidagi formula bo’yicha hisoblab chiqariladi, %:
;
bu yerda: m1 − suvga to’yingan namunaning sinovdan oldingi massasi, g;
m2 − namunaning sinovdan keyingi massasi, g.
Namunalarning sinov vaqtida yo’qotgan massasi beshta namunani sinash natijalarining o’rtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanib chiqiladi.
Navbatma-navbat muzlatish eritish natijasida yoqotilgan massaning meyoriy qo’yiladigan chegarasi mazkur materiallarga oid standartlar bilan aniqlanadi. Masalan, sopol g’isht uchun bu chegara 2 %dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |