1-Laboratoriya ishi
HTML gipermatnlar tili
Ishdan maqsad:
Sahifa hujjatlarini tahrirlashning
turli usullari bilan
tanishish. Html-sahifa yaratishni o'rganish. Sahifaning fonini belgilash va
fonga rasm qo'yish, sahifaga grafik tasvirlarni joylashtirishni o'rganish.
Laboratoriya ishiga topshiriq:
1.
Ixtiyoriy nomdagi brauzer sarlavhasini yarating(1.1-rasmga
qarang).
1.1-rasm. Brauzer sarlavhasi
2.
Quyida keltirilgan misolga o'xshash 6 xildagi sarlav-hani o'z ichiga
olgan html fayl yarating:
1-daraja sarlavhasi
3-daraja sarlavhasi, markazlashtirilgan
6-daraja sarlavhasi
3.
Matnni markazlashtirish, xatboshi (xatboshi) va qatorni ko'chirish
teglaridan foydalangan holda to'rtlik she`r yozing:
Boshni fido ayla ato qoshig'a,
Jismni qil satqa ano boshig'a.
Tun-kunga aylanur nurposh,
Birisin oy ayla, birisin quyosh.
A.Navoiy
4.
Matnlarni tahrirlash teglaridan foydalanib, yozuvni qaytaring:
Bo'rttirilgan: Sahifani ko'rsatish mumkin emas.
Kursiv: Bu sahifaga hozir kirish mumkin emas.
Chizilgan: Bu veb uzeldagi texnik muammolar
tufayli kelib chiqqan
bo'lishi mumkin.
Men tagiga chizilgan matnman.
Bir xil kenglikdagi harflar.
Log3(x)
ax
2
+bx+c
Bu matn Comic Sans MS shriftida yozilgan
.
Katta o'lchamdagi harflar.
Kichik o'lchamdagi harflar.
5.
Ranglar jadvalidan foydalangan holda, 3-topshiriqdagi to'rtlikni
bo'yang.
6.
O'zingizni rezyumengizni yozing.
7.
Rezyumengizni o'zingizni saytingizda gipermatn ko'rinishida
ifodalang. Gipermatndagi hamma familiya va sanalarni belgilang.
8.
Paint grafik redaktorida rasm
chizing va uni Html faylga
joylashtiring.
9.
Rasmni fon ko'rinishida joylashtiring.
Nazariy qism
Sarlavha strukturasi
Gipermatnli sahifa HTML tilida yoziladi va qo'sh markerlar bilan
chegaralanadi:
va
Izohlar esa izohlar markeri ichida keltiriladi
va brauzer tomonidan aks
ettirilmaydi:
Sahifa - sarlavha qismidan va -sahifa
tanasidan tashkil
topadi. Bo'sh web-sahifa dasturi quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
Sahifa sarlavhasi
TEXT= #rrggbb
LINK= #rrggbb
VLINK= #rrggbb
ALINK= #rrgbb>
5.
Sahifaga tasvir tushirish (images)
Sahifadagi matnga tasvir(rasm,surat) joylashtirish uchun
markeri
qo'llaniladi. Ushbu markerda tasvir joylashgan grafik faylga murojaat,
shuningdek tasvirning balandligi va kengligi (qo'ymasa ham bo'ladi), hamda
tasvir bo’lmagan holda yozuv matni ko'rsatiladi.
HEIGHT="balandlik"
WIDTH="kenglik"
ALIGN="LEFT|CENTER|RIGHT|MIDDLE|TOP|BOTTON"
-
matnga qarab tekislash
BORDER=n - ramka qalinligi
VSPACE="matn va rasm orasidagi vertikal masofa"
HSPACE="matn va rasm orasidagi gorizontal masofa"
ALT="yozuv matni">
Misol uchun: IMAGES katolog ostiida joylashgan hamda balandligi 38
va kengligi 30 piksel bo'lgan "yahoo" yozuvli, Gif kengaytmali “yahoo”
tasvirini yuklash quyidagicha amalga oshiriladi:
SRC="images/yahoo.gif"
HEIGHT="38"
WIDTH="30"
ALT="yahoo">
Barcha brauzerlarda tasvirlarning .GIF va .JPG/, .JPEG
standart
formatlari qo'llaniladi
Tasvirning o'lchamlarini
ko'rsatish
brauzerga
faylni
yuklashni
optimallashtirish imkonini beradi. Brauzer darhol tasvir uchun ramka
tayyorlaydi va sahifaga matnni yuklashni davom ettiradi. Grafik yuklangunga
qadar, foydalanuvchi matnni o'qiy boshlash imkoniga ega bo'ladi.
Sahifada shuningdek fon rasmini ham joylashtirish mumkin.
Buning
uchun sahifa tanasida BACKGROUND = "tasvir" atributi ishlatiladi.
Nazorat savollari:
1. HTML-hujjatning strukturasi qanday?
2. Brauzer oynasining sarlavhasi qanday yaratiladi?
3. Hujjatda matn sarlavhalar qanday usullarda aks ettiriladi?
4. Matnda yangi xatboshi qanday yaratiladi?
5. Matndagi yozuv shaklini va rangini o'zgartirishda ishlatiladigan teglar
nomlarini ayting?
6. Rang qanday beriladi?
7. Hujjatga tasvir qanday tushiriladi?
8. Tasvirni hujjat foni sifatida ishlatish mumkinmi?
9. Qaysi teg yordamida sahifada gorizontal chiziq chizish mumkin?
10.Brauzerda bo'rttirilgan, tagiga chizilgan shriftni qanday aks ettirish
mumkin?
11.Xatboshilarning qanday xossalarini bilasiz?