1- LABORATORIYA ISHI GIDRAVLIK IDISHNI MODELLASHTIRISH I. Kirish Kimyo texnologiyasida eng ko’p ishlatiladigan ob‟ektlardan biri idishdir. Odatda bu idishlarda texnologik zaruratlar uchun ma‟lum bir miqdorda hom-ashyo saqlanishi mumkin, mahsulotni isitish jarayoni yoki har xil kimyoviy jarayonlar ketishi mumkin. II. Ishning maqsadi. Gidravlik idishni modellashtirish va bu idishning dinamik xarakteristikasini olish. III. Masalaning qo’yilishi va nazariy asoslari. Agar gidravlik idishning geometrik o’lchamlari ma‟lum bo’lsa va bu idishga berilayotgan modda sarfi berilgan bo’lsa, unda matematik modellashtirish usulida idishdagi modda miqdorining o’zgarish qonuniyatlarini va idishdan chiqib ketayotgan modda sarfini aniqlash mumkin. Texnologik zarurat uchun ma‟lum miqdorda moddani saqlashga mo’ljallangan gidravlik idishni ko’raylik (3.1 - rasm).