v) Legirlangan cho’yanlar. Bu cho’yanlarda odatdagi elementlardan
tashqari ma’lum mikdrrda legirlovchi elementlar (Cr, Ni, Ti, Mo va
boshqalar) bo’ladi. Legirlovchi elementlar cho’yanlarga zarur mexanik,
fizik-kimyoviy xossalar beradi. Masalan, Sg cho’yanning qattikligi-
ni, puxtaligini orttirib eyilishga chidamli qilsa, Ni esa ishlanuv-
chanligini yaxshilaydi.
g) Maxsus cho’yanlar (ferroqotishmalar). Bu cho’yanlar odatdagi cho’yan-
lardan tarkibida Si, Mp ning miqdori ko’pligi bilan farq qiladi.
Ularni uch xilga, ya’ni yaltiroq (oyna) cho’yanlarga, ferromarganestlarga
va ferrosilistiylarga ajratiladi. Yaltiroq cho’yanlar tarkibida 10-
25% Mp va 2% Si bo’ladi. Ferromarganestlar tarkibida 70-75% Mp va
2,5% gacha Si bo’ladi. Ferrosilistiylar tarkibida 19-92% Si bo’ladi.
Domna gazi. Domnalardan ajralayotgan gazlarga domna gazi deyiladi. Bu gaz tarkibida 26-32% SO; 2-4% N2; 0,2-0,4% SN4; 8-10% SO2 va 56—63% N2 bo’ladi. Domna gazining tarkibida ko’pgina yonuvchi gazlarning borligi sababli tozalangach, ulardan yoqilgi sifatida keng foydalaniladi.
Domna shlaki. Ruda, yoqilgi tarkibidagi begona jinslarni hamda yoqilg’i kulini flyus bilan birikib ajralgan birikmasi bo’lib, undan shlak paxtasi, g’isht, shlak bloklar, stementlar va boshqa materiallar olishda foydalaniladi.
Koloshnik changi. Domna gazlariga qo’shilib chiqadigan shixta mate-riallarining changi koloshnik changi deyiladi. Ular tarkibida 40— 50% gacha temir bo’ladi. Domna gazlari maxsus gaz tozalash qurilmalarda tozalangach, ularda yigilgan changlardan aglomeratlar tayyorlanadi.Olingan Cho’yanning hajmi 80—100 t li kovsh vagonetkalarda, po’lat ishlab chiqaruvchi stexlarga yoki cho’yan quyma oluvchi mashinalarga uzatiladi. 8-rasmda cho’yan quyish mashinasining tuzilishi va ishlashi sxemasi ko’rsatilgan.
Sxemadan ko’rinadiki, suyuq cho’yan kovshdan novi orqali harakatlanuvchi lentaga o’rnatilgan metall qoliplarga birin-ketin quyib turiladi. Uning ma’lum tezlikda harakatlanishida quyma sovib qota boradi, to’la qotgach, quymalar maxsus vagonchaga yuklanadi.
Cho’yan quyish mashinasining sxemasi
Metallni qolipda tez sovishi va yopishib qolmasligining oldini olish maqsadida qolip sirtiga maxsus apparat yordamida ohak suvi purkab turiladi. Bu mashinalarda olingan har bir cho’yanning quyma og’irligi 45-50 kg bo’lib, u mashinasozlik zavodlarining quyish stexlariga yuboriladi.
Shlaklar pechda yig’ilgan sari kovsh vagonetlarga (30 t li) chiqarilib, ulardan qurilish materiallari olinadi. Asosli shlaklarda ko’pgina ohak bo’lgani uchun ulardan g’ishtlar, bloklar, stement tayyorlanadi
Ishni bajarish uchun zaruriy asbob-uskuna va materiallar.
Do'stlaringiz bilan baham: |