3-misol. “Svetofor” dan foydalanish algoritmi.
1) svetofor chirog`iga qaralsin;
2) qizil chiroq yongan bo`lsa, to`xtalsin;
3) sariq chiroq yongan bo`lsa, yurishga yoki to`xtashga tayyorlansin;
4) yashil chiroq yongan bo`lsa, yurilsin.
4-misol. Koptok v0 = 29,5 m/c tezlik bilan tepaga tik tepilgan. U qancha balandlik
(h) ga ko`tariladi. Harakat qonuni h=v0t-gt2/2 formula bilan ifodalaniladi, bu yerda
t-ko`tarilish vaqti: t=, g=9,8m/c-erkin tushish tezlanishi. Bu misolni quyidagi
algoritm asosida yechish mumkin.
1) EHM xotirasiga Vo va g o`zgaruvchilarning sonli qiymatlari kiritilsin;
2) t ning qiymati t=Vo/g formula bilan hisoblansin;
3) h ning qiymati h=Vot-gt2/2 formula bilan hisoblansin;
4) t va h o`zgaruvchilarning sonli qiymatlari ekranga yoki qog`ozga chiqarilsin;
5) hisoblash to`xtatilsin.
Masalaning qo`yilishida koptok 29,5 m/sek bilan tepilsa, degan shart bor edi.
Ya'ni, Vo=29,5 va g =9,81 bo`lsa, t va h qancha bo`ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |