Yeng asos konstruksiyasi
Bichiq detallar ro’yhati
№
|
Detallar nomi
|
Detallar spetsifikatsiyasi
|
Detallar soni
|
Izoh
|
andozada
|
bichiqda
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ishni bajarishga qo’yiladigan talablar:
Talabalar laboratoriya ishini bajarish tartibiga mos holda bajaradilar.
Laboratoriya ishining yozuv qismi A4-formatli qog’ozda, chizmalar millimetrli qog’ozda 1:1 da bajariladi.
Laboratoriya ishiga 9.1,9.2,9.3,9.4-jadvallar, hamda M 1:1 da asos konstruktsiyasi (AK) chizmlar ilova qilinadi.
10-LABORATORIYA ISHI. (20-soat)
Mavzu: Bolalar kiyimi asos konstruksiyasini qurish va hisobi. Bolalar kiyimini bichish. Bolalar kiyimini tikish va texnologik tartib tuzish
Ishdan maqsad. Bolalar kiyimini loyihalashning usullari bilan tanishish va qiz bolalar ko’ylagi asos kostruktsiyasini qurishni o’rganish.
Ish mazmuni:
1. Bolalar kiyimini konstruksiyalash usullarini o’rganish va tahlil qilish.
2. Bolalar kiyimini asos konstruksiyasini xisoblash uchun dastlabki ma'lumotlarni tanlash: a) o’lcham ko’rsatkichlari, b) konstruktiv qo’shimchalar.
3. Bolalar kiyimi konstruksiyasini xisoblash va qurish
4.Bolalar kiyimini tikish va texnologik xujjatlarini rasmiylashtirish.
Qo’llanma va anjomlar: Bolalar qomati o’lchamlari, chizish anjomlari, maket gazlama tp’g’nog’ichi, qaychi, ip, igna.
Ishni bajarish tartibi:
Talabalar bolalar kiyimini konstruktsiyalash usullarini nazariy darslarda olgan bilamlari asosida umumlashtiradilar. Bolalar kiyimini konstruksiyasini qurish uchun eng zamonaviy va ko’lay usul tanlanadi. Konstruksiya qurishdan avval tanlangan usul bo’yicha xisob formulalari taxlil qilinadi, kerakli razmer o’lchamlari va konstruktiv qo’shimchalar tarkibi aniqlab olinadi; xisob formulalari tizimi (sistemasi) yozib tayyorlanadi.
Laboratoriya ishining ikkinchi qismida bolalar kiyimi asos konstruksiyasini xisoblash uchun dastlabki ma'lumotlar tanlanadi.
Bolalar kiyimi bazali konstruktsiyasi chizmasini qurish uchun dastlabki ma'lumotlar tanlangan konstruktsiyalash usulidan kelib chiqqan holda belgilnadi. Talaba zamonaviy shakldagi kiyim modellari olish uchun yuqorida ko’rsatilgan konstruktsiyalash usulidan farqli boshqa usullarini tanlashi mumkin. Msalan, MGUDT, «Myuller i sin», EMKO SEV:
a) DavST (GOST) va tarmoq standartidan (OST-325-81) dan foydalanib, bolalar kiyimi asos konstruktsiyasini qurish uchun zarur tipaviy qomatning o’lcham ko’rsatkichlari aniqlanadi. Natijalar 11.1-jadvalga yoziladi. Razmer o’lchamlari qiymati konkret figura o’lchamlariga ega mos bo’lgan tipaviy figura uchun tanlab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |