1-Labaratoriya mashg’uloti
Mavzu:Sistema bloki komponentlarini o’rganish .
Sistema blokining tarkibi:
Oziqlanish bloki,sistema platasi,operativ xotira sxemalari ,xotiraning boshqa turlari,portlar,kengaytirish slotlari,shinalar.
Kompyuterning asosiy korpusidagi qurilma va vositalarni yetarlicha energiya bilan ta’minlovchi moslama kompyuterning energiya blokidir.
Uning asosiy vazifasi aytilgan vositalarni energiya bilan ta’minlash , havo almashtirish, va protsessor ichini sovutishdir.
Personal kompyuterlarda tok manbai blokiga uchta asosiy funksiya yuklangan:
-personal kompyuterni elektr energiya bilan ta’minlash
-ichki sistemalarni sovutish
-ichki komponentlarni himoyalash
Sistema bloke ,asosan,korpus,asosiy plata,protsessor ,xotira qurilmalari va mikrosxemalar,quvvqt blokidan iborat.
Asosiy plata yaxlit asosga yig’ilgan electron sxemalar bo’lib ,unga ba’zi qurilmalar axborot almashish sistema magistrali –shinalar yordamida bog’lanadi.
Protsessor –arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi.xotira bilan bog’lanadi va barcha qurilmalar ishini boshqaradi.
Protsessor ,asosan,quyidagi qismlardan iborat:
-arifmetik mantiqiy qurilma
-ma’lumotlar va adreslar shinasi
-registrlar
-buyruq jamlagichi
-kesh,ya’ni kichik hajmli o’ta tezkor xotira-qo’zg’aluvchan vergulli sonlar matematik soprotsessori
Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan dasturdan navbatdagi buyruqni o’qish va bajarish,natijani yozib qo’yish hamda kiyingi bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat takrorlanuvchi jarayondir.
Demak protsessor berilgan dastur va zarur ma’lumotlar asosida inson aralashuvisz kompyuterning avtomatik ishlashini ta’minlovchi qurilma ekan.
Registr-ma’lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchlik saqlab turish uchun mo’ljallangan qurilma .
Tovush platasi –axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audio axborotni tovushlarga aylantirib qurilma.Qurilmaning chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich yoki karnaylarni ulash mumkin.Tovush platasi o’z mikroprotsessoriga ega bo’lib tovushni kiritishda analog-raqamli o’zgartirish va chiqarishda o’zgartirishni ta’minlaydi.
Video-plata-murakkab tasvirlar va millionlab ranglarni qayta ishlashini ta’minlab beruvchi plata.Bu plata o’z mikroprotsessori va tezkor xotirasiga ega bo’ladi.Zamonaviy video-plata hajmli va uch o’lchovli grafika bilan ishlash imkoniyatiga ega .Hozirgi kundagi Juda ko’p dasturlar va o’yinlar 64Mb yoki 128Mb sig’imli video-platalr bilangina ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |