38
O’quvchilar bilimini nazorat qilish deganda quyidagilarni aytishimiz mumkin.
Nazorat bu o’quv jarayonining bir bo’lagidir, chunki o’quv jarayoni uch qismdan iborat
bo’lib unga yo’naltiruvchi qism, bajaruvchi va nazorat qiluvchi qismlar kiradi.
Nazorat mazmuniga ko’ra – bu o’quv faoliyati natijalarini aniqlab uni dastur
talabiga mosligini taqqoslab xulosa chiqarish demakdir. Boshqacha aytganda,
ko’zlangan maqsad bilan olingan natija taqqoslanishidir.
Har bir o’quvchini bilimini nazorat qilishda. Xususan shu o’quvchini o’quv
faoliyatini natijalarini baxolash nazarda tutiladi.
O’quvchilar bilim va ko’nikmalarini nazorat qilishning uch turi mavjuddir, kim
tomonidan nazorat qilinishiga qarab:
- tashqi (o’quvchi faoliyati o’qituvchi tomonidan baxolanishi);
- o’zaro (o’quvchi faoliyati o’rtog’I tomonidan baxolanadi);
- o’z-o’zini baholash (o’quvchi o’z faoliyatiga o’zi baxo beradi).
O’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini nazorat qilishdan asosiy maqsad,
o’quvchilar o’zlashtirishidagi muvafaqiyatlarini aniqlash shu bilan birga o’quv
protsesidagi kamchiliklarni aniqlash, bilimlari sayoz joylarini topib kelgusida uni
tuzatishga yordam berib o’quvchilarning faoliyatiga ta’sir ko’rsatishdir.
Maqsadni konkretlashtirsak:
- dasturdagi o’quv materiyalini o’zlashtirish sifatini aniqlash (to’liqligi,
chuqurligi, ongliligi);
- bilim va ko’nikmalardagi kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlarini ko’rish;
- o’quvchilarni o’zaro nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish uslublariga o’rgatish;
- shaxs uchun muxim bo’lgan jixatlarni tarbiyalash, ma’suliyatli va faol bo’lish.
Agarda yuqorida belgilangan maqsadlar amalga oshirilsa nazorat qilish quyidagi
funksiyalarni o’z oldiga qo’yadi:
- o’qitishni baxolash (samaradorligi);
- ta’limiy (o’zlashtirish sifatini oshirishga qaratilgan);
- rag’batlantirish (rivojlantiruvchi) o’quvchini bilish faolligini oshirishga
qaratilgan sharoitlar yaratish;
- tarbiyalovchi (har bir o’quvchining berilgan topshiriqlarga nisbatan ma’suliyat
bilan yondoshish xisini uyg’otish;
- prognostik (nazorat jarayonida tashkil etilgan o’qish jarayoni haqida
ma’lumotlar olish imkoniyati borligi nazarda tutiladi).
Bilim va ko’nikmalarni nazorat qilishda quyidagi komponentlar belgilanadi:
- ma’lum qism o’quv materiyalini maqsadini aniqlash va uni nazorat qilish
uchun aniq mazmunini belgilash;
- qo’yilgan maqsadga munosib nazorat uslub, shakl va vositalarini tanlash;
- nazorat natijasini bildirishni turli uslublari (baxo, reyting).
Do'stlaringiz bilan baham: