3-Topshiriq.
1) Ekstremumga doir matnli masalalar seriyasini ishlab chiqing. Ular yordamida
diferensial hisob metodini qo’llash algoritmi bo’yicha ko’nikma va malakalar
shakllansin.
2) Funksiya grafigiga berilgan nuqtada o’tkaziladigan urinma tenglamasini
tuzishga o’rgatish metodikasini ishlab chiqing. Zarur algoritmning qadamlarini aniqlang.
3) Differensial hisob usulining funksiya qyimatini taqribiy hisoblashlar uchun
qo’llashnmi ko’rsatish uchun qanday misollardan foydalanish zarurligini aniqlang.
4) Fizik, texnik mazmundagi predmetlararo aloqadorlik o’rnatish uchun mumkin
bo’lgan masalalarga misollar keltiring.
Bir necha masalalar seriyasini tahlil qilish orqali fuksiyaning eng katta va eng
kichik qiymatlarini topishga doir masalalarni yechish algoritmi shakllanadi. Bunday
algoritm quyidagi qadamlardan iborat bo’ladi:
- masaladagi o’zgaruvchi va o’zgarmas miqdorlarni aniqlang, ulardan qaysi
o’zgaruvchi qidirilayotganligini aniqlang;
- masalaning matematik modelini tuzing. Ya’ni eng katta va eng kichik qyimati
topilishi lozim bo’lgan funksiyani tuzing;
- funksiya hosilasini toping;
- funksiyaning kritik nuqtalarini toping;
- berilgan oraliqqa tegishli kritik nuqtalarni tanlang;
- berilgan oraliqda yotgan va uning uchlaridagi funksiya qyimatini hisoblang;
- berilgan oraliqning ichki kritik nuqtalaridagi ekstremum turini, ekstremumning
yetarli shartidan foydalanib aniqlang;
- topilganlardan eng katta va eng kichigini aniqlang;
53
- javobni yozing.
Shuni ta’kidlash lozimki, keltirilgan algoritm o’quvchilar tomonidan to’liq va
ongli o’zlashtirilishi uchun mavzuga doir qator masalalar tizimini yechilishini ko’rib
chiqish zarur.
Ikkinchi metodik masalani samarali hal qilish uchun quyidagi algoritm asosida
masalalar yechishni ko’rib chiqish lozim:
- funksiya hosilasini topish;
- berilgan nuqtada funksiya hosilasi qiymatini hisoblash;
- hosilaning qiymatini nol bilan solishtirish;
- berilgan nuqtada funksiya qiymatini hisoblang;
- y – f(x
0
) va (x – x
0
) ∙ f(x
0
) ifodalarni tuzing;
- hosil bo’lgan ifodalardan tenglik tuzing.
Izoh: a) agar funksiyani qiymatini berilgan nuqtada hisoblash mumkin
bo’lmassa, u holda bu nuqtada urinma o’tkazish mumkin emas yoki urinma ОХ o’qiga
perpendikulyar bo’ladi;
b) agar hosilaning qiymati nol bo’lsa, u holda urinma ОХ o’qiga parallel bo’ladi;
v) agar hosila mavjud bo’lib, uning qiymati noldan farqli bo’lsa, u holda bu
nuqtadan o’tkazilgan urinma OX o’qiga og’ma bo’ladi.
Endi to’rtinchi metodik masalani hal qilish uchun fizik va texnik mazmundagi
quiydagilarga o’xshash masalalarni qarab chiqish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |