1.5. “Yo‘qoluvchan tolali” optik pirometr. Pirometr deb atalishiga asosiy
sabab, bu turdagi asboblar asosan yonayotgan jismning yorug‘ligi va volfram
tolaning nuri bog‘liqligiga asoslanib ishlashidir (1.5-rasm). “Yo‘qoluvchan tolali”
optik pirometrning ishlash usuli yonayotgan jismning yorugligi bilan shu asbob
ichida joylashtirilgan lampaning volfram tolasini tarqatayotgan nurining yorug‘ligi
tenglashishiga asoslangan.
1.5-rasm
Optik pirometr quyidagi elementlardan tashkil topgan:
1 – ob’ektiv; 2-okulyar; 3- qizil svetofiltr; 4-volfram tola; 5-teleskop; 6- reostat; 7-
nur yutuvchi oyna; 8-o‘lchagich asbob; 9-yoqish bloki.
Qiziyotgan jismning haroratini o‘lchash uchun asbobning teleskopini shu
muhitga qaratiladi. Reostat bilan volfram tolaning cho‘g‘lanishi moslab turiladi.
SHunda moslash davomida xuddi volfram tola yo‘qolgandek bo‘ladi, bu esa volfram
tolaning tarqatayotgan nurini yorug‘ligi yonayotgan jismning tarqatayotgan nurini
yorug‘ligi bilan tenglashib qoladi. Bu esa o‘lchanayotgan muhit haroratiga mos
keladi. SHunda reostat orqali moslashni to‘xtatib, shkaladan o‘lchanayotgan
muhitdagi jismni harorati necha gradusga tengligi yozib olinadi. Optik pirometr ikki
shkalali qilib ishlangan. Agar 1400
o
S dan yuqori haroratlarni o‘lchash kerak bo‘lsa,
u holda pirometrik lampa oldiga nur yutuvchi oyna qo‘yiladi va haroratni yuqori
shkaladan o‘lchanadi. Optik pirometr bilan muhit oralig‘i 7 m gacha bo‘lishi shart.
O‘lchash oralig‘i 800
o
S – 6000
o
S.
1.6 – rasm.
Elektron termometrning surati yuqoridagi (1.6 – rasm) da keltirilgan bo‘lib,
uning ishlash prinsipi juda oddiy va qulay xisoblanadi. U to‘g‘ridan to‘g‘ri obektga
o‘rnatilgan xolda ishlatilinadi. Ularni takomillashgan turli xillari xozirgi kungachada
insoniyatga xizmat qilib kelmoqda. Olib yurish uchun juda qulay va xatoligi 0,1
foizga teng.
1.7 – rasm.
Gazli manometrik termometrlarning ishlash prinsipi germetik berkitilgan
termotizimdagi inert gaz bosimining haroratga bog’liqligiga asoslangan.
Gazli termometrlardagi boshlang’ich bosim haroratni o’lchash chegaralariga
bog’liq bo’lib, odatda 0,98...4,9 MN/m
2
(10...50 kgk/sm
2
)ni tashkil qiladi. Bu
termometrlar — 150°C dan +1000°C gacha haroratlarni o’lchash imkonini
beradi. Gazli termometrlarning ishchi moddasi sifatida azot ishlatiladi.
Gazli termometrlarning ishi ideal gaz bosimi va harorati orasida to’g’ri
chiziqli munosabat o’rnatuvchi Sharl qonuniga asoslangan:
P
t
=P
0
[l + p(t-t
0
)] .(1)
bu yerda: P
0
va P
t
— gazning 0 va t haroratlardagi bosimi; p — gaz kengayishining
termik koeffitsiyenti; t
0
va t — °C da berilgan boshlang’ich va oxirgi haroratlar.
Termometr shkalasi tekis, bu esa uning afzalligi hisoblanadi. Haroratlar
farqi tufayli bosimning o’zgarishi quyidagi ifodadan aniqlanadi:
(11)
Gaz bilan to’ldirilgan termometr tizimidagi boshlang’ich bosim:
• .(2)
Termometr tizimidagi boshlang’ich bosim katta bo’lgani uchun atmosfera
bosimining asbob ko’rsatishiga bo’lgan ta'siri juda kam, shuning uchun uni
amalda hisobga olmasa ham bo’ladi.
Atrof-muhit haroratining +20°C dan chetga chiqishi o’lchashda xatolik paydo
bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu xatolikni quyidagi tenglamadan hisoblab chiqish
mumkin:
(3)
bu yerda: v
m
— manometrik prujinaning hajmi; v
b
— termoballonning
hajmi; t
m
— manometr atrofidagi °C da berilgan harorat; t
0
— asbob darajalangan
vaqtdagi harorat (20°C).
Do'stlaringiz bilan baham: |