Nazorat uchun savollar.
Internetga ulanishning qanday usullari mavjud?
TCP/IP qaydnomalari nima?
Shlyuz, Trafik, DNS server, Proxy, Mirror server mazmunini tushuntirib bering.
WWW nimani anglatadi?
Protokol, Web sayt nima?
20-mavzu. Elektron pochta. E-mail
Reja:
Kirish.
Elektron pochta xizmati afzalliklari va yutuqlari va nomi kengaytmalari izoxi.
Elektron pochta registratsiyasi.
Elektron pochtadan foydalanish.
1. Kirish.
Internetning eng ko’p qo’llaniladigan xizmatlaridan biri elektron pochtadir. Odatda har bir foydalanuvchi Internetdan foydalanish jarayonida elektron pochtadan ko’p marotaba foydalanadi. Bu esa har bir foydalanuvchining o’z elektron pochta manzili (e-mail) bo’lishini taqozo etadi. Odatda elektron pochtalar biror bir qidiruv sistemalarida qayd (registratsiya) qilinadi. Har bir elektron pochta uchun Internet provayderlarining imkoniyatiga qarab bir necha Mgb joy ajratiladi. Masalan, Mail elektron pochtalarida 100 Mgb joy ajratiladi. Elektron pochta abonentga yetib borishi uchun u xalqaro andozalar talabi asosida va elektron pochtaning andozasi shaklida jo’natilishi lozim.
Elektron pochta orqali faqat matnlarni emas, balki rasm, grafik, video, tovushlardan tashkil topagan ma’lumotlarni ham jo’natish va qabul qilish imkoniyati paydo bo’ldi.
Elektron pochta orqali olingan fayllarni disketalarga yozib olish, vinchester disklarida saqlash va u bilan boshqa fayllar ustida bajariladigan amallarni: taxrirlash, nusxa olish va boshqalarni bemalol amalga oshirish mumkin. Agar ingliz tilida yozilgan adabiyot va jurnallarni o’qimoqchi bo’lsangiz va ingliz tilini bilmasangiz, sizga yordamchi tarjimon dasturlardan foydalanishni maslaxat beramiz. Buning uchun avvalo, faylni kompyuterning qattiq diskiga yoki disketaga ko’chirib olish va so’ng Styles, Socrat, Promt 98 yoki boshqa tarjimon dasturlar yordamida rus tiliga (xozircha) tarjima qilishingiz mumkin. Keyinchalik o’zbek tiliga tarjima qiladigan dasturlar ham albatta paydo bo’ladi.
Elektron pochtaning ajoyib xususiyatlaridan biri – u masofa tanlamaydi va uzoq, yaqin masofalar ham har doim yaqin masofadek tuyulaveradi. Hozirda har kuni dunyoning ko’p burchaklaridan Elektron pochta orqali ko’proq, u yoki bu konferensiyalarda qatnashishga takliflar yoki konferensiyalarga tezislar ma’ruzalar matnini jo’natish formalari xaqida ma’lumotlar olib turish mumkin. Xozirda bu ko’plab foydalanuvchilarning kundalik ish rejasiga kirib qolgan. Agar xozirgi zamon turli soxalaridagi yangiliklarni bilmoqchi bo’lsangiz, bunday ish zarurat ekanligini sezasiz.
Elektron pochta-universal aloqa vositasi. Elektron pochtaning bir xil buyruqlar orqali matn, har xil formatdagi xujjatlarni, faks, telekslarni, umuman ixtiyoriy fayllarni jo’natish va qabul qilib olish mumkinligi uning universal aloqa vositasi ekanligini bildiradi.
Elektron pochtani yetkazish tezligi. Elektron pochta jo’natilgandan so’ng bir zumda (1-5 minut ichida yoki bir soat, ba’zan undan ham ko’p ko’proq vaqt orasida) uni oluvchiga yetib boradi. Bundan ko’rinadiki, u hatto ekspress pochta, hatto HDL pochta deb ataluvchi pochtalardan ham kerakli manzilga yetib boradi. Uning manzilga yetib borishi uchun ba’zan ko’plab aloqa bo’limini o’tib borishiga to’g’ri keladi. Misol uchun siz xatni Nyu Yorkka jo’natsangiz, u bir qancha aloqa bo’limlaridan Toshkent, Angliya, Germaniya yoki boshqa mamlakatlar orqali yetib borishi mumkin. Uni qanday yo’llardan yetib borishi mumkin. U shlyuz deb ataluvchi kompyuterlardan ham o’tishi mumkin. Uni qanday yo’llardan o’tib kelganligi xatning bosh qismida o’z aksini topgpn bo’ladi.
Elektron pochta tez muxokama vositasi: Biror loyixani uzoqdagi o’z hamkorlaringiz bilan yoki bir gurux shaxslar bilan muxokama qilmoqchi bo’lsangiz, uni tez muxokama qilish imkoniyati mavjud. Bu esa xizmatning butunlay yangi turidir. Xozir shu tarzda turli grantlarga talabnoma yuborish va ular bilan loyixaning ikir-chikirlarini muxokama qilish orqali amalga oshiriladi.
Qog’ozsiz ishlashga o’tish. Turli idoralarga kuniga kelib tushadigan xatlar ro’yxati va unga javob berish uchun qanchadan-qancha qog’ozlar talab qilinadi, qog’ozlarni sotib olish va olib kelish uchun esa katta miqdordagi harajatlar talab qilinadi. Buning o’rniga kelagan xatlar nusxasi va uning javoblari disketlarda saqlansa, xatlarni ma’lum vaqtdan so’ng oson qidirib topishdan tashqari, qancha-qancha iqtisod borligini sezish qiyin emas.
Inson sog’ligi uchun foydaligi. Elektron pochta inson sog’ligini ximoya qilish uchun ham katta omildir. Chunki, agar qog’oz orqali ishni davom ettirilsa, qanchadan -qancha o’rmonlar kesiladi, natijada ekologiya buziladi. Kutubxonalarda kitob saqlash ko’rinishlari o’zgaradi. (kitob va jurnallarni ekololgik toza disketlarda saqlashga o’tish)bu esa kutubxona xodimlari orasida mavjud bo’lgan professional kasalliklardan qutulishga olib keladi. Maxfiy deb xisoblanadigan ba’zi bir qog’ozlarni yo’q qilish uchun sotib olinadigan qurilmalar tejaladi va xokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |